Jurnalistikaga


  PR qaysi negizda paydo bo ‘Idi?



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

3.  PR qaysi negizda paydo bo ‘Idi?
4.  Q anday jam iyatda и haqiqiy fao liya t yurita oladi?
5.  X X a sr so ‘nggi о ‘n yilligigacha PR kimga xizm at qilgan?
6.  PR xodim lariga nega salbiy munosabat saqlanib qolgan?
7.  D ag  N ’yusom,  Alan  Skott,  Jadi  Turkning  “RR  bu:  jam oatchilik 
bilan aloqalam in g sam aradorligi
 ” 
kitobidagi fikrlarni sharhlab  bering.
129


4-BOB. JURNALISTIK T A ’LIM VA KADR 
TAYYORLASH SIYOSATI
4.1. 0 ‘zbek jurnalistikasi ta’lim ining yuzaga  kelishi va rivojlanishi
“Jumalistikaning  b a’zi  nazariy  savollariga  javob  berishdan  oldin, 
uning  ijtimoiy  rivojlanish  va  taraqqiyot  majmuini  aks  ettirishini  inobatga 
olib jurnalistik m a’lumot tarixiga nazar tashlash o ‘rinli boladi.
Chunki  bu  sohaga  qiziqqan,  shu  sohada  o ‘qiyotganlar  uchun  bu 
muhimdir.  O ‘zbekistonda jurnalist kadrlar tayyorlash zarurati  bormi?  Axir 
bugungi  kunda ham,  o ‘tgan vaqtlarda  ham tahririyatlarda maxsus jurnalist 
m aium otiga  ega  bolm agan  qanchadan  -   qancha  xodimlar  ishlagan  edi, 
hozir  ham  ishlaydi.  Shunday  b o ‘lsa,  maxsus  m a’lumotlar  berishning 
zarurati yo‘q-ku degan fikrlilar va bu fikrga qarshilar ham hayotda mavjud. 
Jurnalist  kadrlar  tayyorlash  kimningdir  istak  -   xohishi  bilan  emas,  balki 
hayot taqozosi bilan paydo b o id i. Buni e ’tirof etish kerak.
Ommaviy  axborot  vositalari  paydo  b o iish i  va  rivojlanishi  natijasida 
tahririyatlarga  umumiy  saviyasi  va  kasbiy  mahorati  yuksak  jurnalist 
kadrlar  kerakligini  hayot  ko ‘rsatib  qo‘ydi.  Ana  shu  ehtiyoj  taqozosi  turli 
mamlakatlarda jumladan, 0 ‘zbekistonda ham maxsus jurnalistika taiim ini 
yuzaga  keltirdi.  Aniqroq  qilib  aytsak,  jurnalistika  tizimining  shakllanish 
jarayoni  0 ‘zbekistonda  birinchi  bosma  nashr  b o ig an   va  1870-yilda 
oikadagi  mustamlakachi  hukmronlar  tashkil  etgan  “Туркестанские 
ведомости”  va  “Turkiston  viloyatining  gazeti”  nashr  qilina  boshlagan 
davrdan boshlangan  boisa-da, jadidchilik harakati  davomida u  shakllandi 
va ancha rivojlandi.
Ammo,  maxsus  jurnalist  kadrlar  tayyorlash  1949-yilda  0 ‘rta  Osiyo 
davlat  universiteti  (hozirgi  0 ‘zbekiston  milliy  universiteti)  rung filologiya 
fakulteti  qoshida  oliy  m aium otli  jurnalistlar  tayyorlaydigan  maxsus 
b o iim   tashkil  etilgani  bilan  boshlandi.  Bu  b o iim   1967-yilda  mustaqil 
fakultetga aylantirildi.  Jumalistlami Nukus  davlat universiteti, 0 ‘zbekiston 
Jahon  tillari  universiteti,  1993-yildan  boshlab  Toshkent  davlat  san’at
130


instituti  (hozirgi  0 ‘zbekiston  davlat  san’at  instituti),  1997-  yildan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  huzuridagi Davlat va jam iyat qurilishi 
akademiyasi ham tayyorlay boshladi.
Jadidlar  (arabchada.  “yangi”  degan  m a’noni  anglatadi)  matbuotida 
o‘sha davming erkin ruhdagi  ziyolilari jumladan,  M ahmudxo‘ja  Behbudiy, 
Abduqodir  Shukuriy,  Ismoil  G ‘aspirinskiy,  lsmoil  Obidov,  Munavvarqori 
Abdurashidxonov,  Abdulla  Avloniy, 
H.Niyoziy, 
Cho‘lpon, 
Fitrat, 
Ubaydulla  X o‘jaev,  Obidjon  Mahmudov  va  boshqalar  bor  edi.  Lekin 
bunday kadrlar  o‘ta kam, talab esa katta edi.  1905-1906-yillardan boshlab 
jadidlarning  Toshkentda  “Taraqqiy”,  “Xurshid”,  “Shuhrat”,  “Tujjor”, 
“Sadoi  Turkiston”,  “Kengash”,  “Turon”,  “Ulug‘  Turkiston”,  “Najot”, 
“Turk  so‘zi”,  “Turk  eli”,  Samarqandda  “Hurriyat”,  “Samarqand”, 
Q o‘qonda  “Tirik  so‘z”,  “El  bayrog‘i”,  “Sadoi  Farg'ona”,  Buxoroda 
“Buxoroi  s h a rif  ,  “Turon”,  gazetalari  bilan  bir  qatorda  Samarqandda 
“Oyina”,  Toshkentda “A1 -  isloh”,  Qo‘qonda “Kengash”,  “Yurt” jurnallari 
chop  etilgan.  Bu  gazeta  va  jurnallarda  faoliyat  ko‘rsatadigan  jurnalist 
kadrlar zarurligi o ‘z -  o ‘zidan ko‘rinib turardi.
Jurnalist 
kadrlarni 
tayyorlashga 
1918-yilda 
tashkil 
etilgan 
“0 ‘zbekiston  matbuoti”  jurnali  ham  o ‘z  munosib  hissasini  qo‘shdi  va 
qo‘shib kelmoqda.
1999-yil 
26-fevralda 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining  “Jurnalist  kadrlar  tayyorlash va  qayta  tayyorlash tizimini 
takomillashtirish  to ‘g ‘risida”  gi  qarori  jumalistikaning  rivojlanishiga 
chinakam turtki bo‘ldi.
Bundan  tashqari,  jurnalist  kadrlar  tayyorlashda  tahririyatlardagi 
shtatsiz  muxbirlar  faoliyati  ham  diqqatga  sazovor.  B o ‘lajak  jurnalist 
kurslari,  maktablari,  to ‘garaklarining  ishlarini  sanab  o ‘tsa  bo‘ladi.  Uzoq 
yillardan  beri  “Toshkent  oqshomi”  -  “Вечерний  Ташкент”  gazetasi 
qoshida  jamoatchi  tahririyat  ish  olib  borayotgani  e ’tiborga  molikdir. 
Bunday  ishlar  boshqa  tahririyatlarda,  xususan  “O czbek  adabiyoti  va 
san’ati”  va  boshqa  gazeta-jurnallarda  ham  olib  boriladi  Keyingi  yillarda 
“0 ‘zbekiston  adabiyoti  va  san’ati”,  “M a’rifat”,  “Zarafshon”  kabi 
gazetalarda mahorat maktablari faoliyat yuritmoqda.
131


Jurnalist  boim oqchi  bo‘lgan  har  bir  talabani  bugungi  kunda 
jumalistikaning  ilmiy -   nazariy,  amaliy  va  texnik  asosi  qiziqtirishi  tabiiy, 
chunki  o‘qitish  uslubiyati,  darsliklar  mavjudligi  oliy  o ‘quv  yurtlarinmg 
jurnalist  mutaxassislarni  tayyorlashdagi  zarur  texnika  vositalariga  egaligi 
muhim rol o ‘ynaydi.
Ammo jurnalistika ta’limida bugungi kunda hali ham hal  etilmagan va 
hal etilishi zarur b o ig a n  muammolar yetarlicha.
Haligacha  jumalistikaga  oid  adabiyotlardan,  ular  juda  kam, 
jurnalistika  ta’limi  tushunchasining  tahlil  etilganini  topa  olmaymiz. 
Jurnalist,  ayniqsa,  san’atshunos  jurnalistlar  tayyorlayotgan  oliy  o ‘quv 
yurtida  ham  yaxlit  tartibga  tushirilgan,  o ‘qitish  uslubi  (metodikasi)  to ‘la 
ishlanmagan.  Qaysi  qoidalar  asosida  o ‘qitilishi  kerak,  talabalaming 
o ‘zlashtirishini  qaysi  y o ‘sinda  tekshirib  ko ‘rish  mumkin,  talabalar  qaysi 
mavzulami  qabul  qilishini  o ‘rganish,  uni  tahlil  qilish kabi  ko‘rsatkichlami 
aniqlash  tartiblari  ilmiy  asosda  hali  to ‘la  shakllangani  y o ‘q.  Institut 
talabalari  uchun  o ‘zbek  tilida  o ‘quv  adabiyoti  deyarli  yo ‘q.  T o‘g ‘ri, 
bilimlarini  tekshirish  mexanizmi  sifatida  test  savollari  ishlab  chiqilgan, 
kurs ishlari yozdiriladi.
Hozir ommaviy  axborot vositalarini, yanada kengroq  aytsak,  umuman 
jurnalistikani  demokratlashtirish  jarayoni  davom  etmoqda.  Bu  jarayon 
nimalarda o ‘z aksini topgan:
Birinchidan, jurnalistik  faoliyatga  oid  qabul  qilingan  huquqiy  asoslar 
mavjud  bo ‘lib,  bu  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasi  hamda  qonunlarida  o ‘z 
ifodasini topgan;
Ikkinchidan, jurnalistika ijtimoiy  fikrni  shakllantirish,  shaxs huquqlari 
va  erkinliklarini  to‘la  amalga  oshirishga  ta ’sir  ko ‘rsatayotganini  e’tirof 
etish zarur;
Uchinchidan,  kadrlar yetishtirishga ta ’sir o ‘tkazayotganini aytib o ‘tish
joiz.
Shu  andozalar  asosida  qaralsa,  jurnalistikani  demokratlashtirish 
jarayonida talaygina dolzarb  muammolar  mavjud  ekanligi  m aium   b o lad i
-   deb  yozadi  taniqli  jurnalist  Sa’dulla  Hakimov.  M uallif  jurnalistlar 
“Hayot  qozonida  qaynashlari”  zarurligini  va  voqealarga  munosabatda  bir 
yoqlamalik,  ommaviy  axborot vositalarida bir  xillik  borligini  e ’tirof etadi.
132


Jurnalist  kadrlar  tayyorlash ya'ni jurnalistik ta’lim  bobida jumalistlaming 
ixtisoslashuvi  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Lekin  shu  yo‘lda  o ‘zbek 
tilida tahliliy yaxlit naraunaviy dastur afsuski hali y o ‘q.
Jurnalistika  ta ’limiga  oid  rus  tilida  hamda  o ‘zbek  tilida  chop  etilgan 
ba’zi quyidagi adabiyotlar mavjudligini aytib o‘tish o ‘rinli bo‘lsa kerak:
Ворошилов В.В.  Журналистика.  СПб., 2001.
Корконосенко С.Г. Основы теории журналистики. СПб.,  1995.
Корконосенко С.Г.  Основы журналистики.  М., 2001.
Прохоров Е.П.  Введение в теорию журналистики.  М., 2000.
F.M o‘mmov.A.Nurmatov.  Jahon  jurnalistikasi  tarixi.(darslik)  Т., 
2005.
M o‘mmov  F A.  Jurnalistika  ijtimoiy  institut  sifatida.  Т.:  Universitet, 
1998.
Abduazimova N. A.Milliy jurnalistika tarixi.Т.:  Sharq, 2009.
Xudoyqulov M.  Matbuot va jamiyat. Т. .  0 ‘zbekiston,  1976.
Pidaev T. Matbuot -  Millat chirog‘i Т.,  1999.
Sulaymonov I. M en-jurnalistm an. Т., 2001.
Matbuot  fidoyilari  (3  jildli;  tuzuvchi  va  nashrga  tayyorlovchi  Z. 
Esenboev)  1-2-jildlar.  T„  1991.  1993.
Нестеренко  Ф.П.,  Миралимов  Ш.А.  Журналистика  профессия 
ответственная.  Т., 2003.
T o‘lqin Qozoqboev.  Jurnalistika asoslari.  T; Musiqa nashriyoti, 2007.
F.P.Nesterenko,  Sh.A.  Miralimov Ijtimoiy -  iqtisodiy  muammolar va 
matbuot.  Т.,  1990.
Lug‘at.  M a’lumotnoma.  Jurnalistika.  Reklama.  Pablik rileyshnz.  1700 
ta atama (Mualliflar hay’ati:) Т., 2003.
Bundan 
tashqari 
taniqli 
olimlarimiz 
Q.Ernazarov, 
X.N.Do‘stmuhamedov, 
T.Pidaev, 
A.Meliboev, 
Ya.M.Mamatova, 
S.Suyarov,  B.A.Do‘stqoraev,  S.U.Umirov,  A.Karimov,  D.Rashidova,  R. 
Abdusattorov,  Yu.Hamdamov,  T o‘lqin Eshbek va boshqalaming  kitoblari, 
maqolalari ham borligini unutmasligimiz kerak.
“0 ‘zbekiston  matbuoti” jurnalida  ham  jurnalistika  nazariyasiga  doir 
maqolalar chop etiladi.
133


Lekin  bugungacha kasbiy jurnalistikaga  doir o ‘quv  darsligi  karn  chop 
etilganini  yuqorida  aytdik.  Lekin  bu  yetishmovchilik  bobida  ish  olib 
boriimoqda.  Q o‘Iingizdagi  darslikni  yutuq  va  kamchiliklari  bilan  o ‘zbek 
tilida  ilk  marta  yaratilgan  qo‘llanma  deb  qabul  qilinishiga  va  kelajakda 
mukammallashishi  uchun  har  bir  o‘quvchi  o,‘z  fikr  -   mulohazalarini 
bildiradi, deb umid qilamiz.
Talabada  sinchkovlik,  fikrlash  qobiliyatini  shakllantirilgandan  so ‘ng 
matn  tuzishga  o ‘rgatish  kerakligiga  faoliyatimiz  davrida  ishonch  hosil 
qildik.
Shu  o ‘rinda  yana  bir  muammo,  u  ham  bo‘Isa,  jurnalistika  ta’limida 
jurnalistika  faoliyatini  tahliliy  tanqid  qila  oladigan  kadrlar  yetishmasligi 
bo ‘lib, ularni tayyorlash ham juda muhim.  Yana jurnalistshunos tayyorlash 
bugungi kun talabiga aylanib qoldi.  Bu masalalarni  talabalar o ‘rtasida dars 
vaqtida hamda mustaqil muhokama qilish, yuqorida aytilgan muammolarni 
tezroq hal etilishiga zamin tayyorlaydi, deb hisoblaymiz.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish