Xususiyati–yoadashtiribolibketardi,yoog‘iz-burunni
qiyshaytirib,jinniqilibqo‘yardi”.
(100-bet)
Bu sariq qizcha – ajina, jin yoki yana boshqa nomlar
bilan atalgan. Miflarning paydo bo‘lishida kishilarning
xayoliy o‘ylari ustunlik qilgan. Ibtidoiy muhit, jamiyat,
turmush tarzi bunday qarashlarning paydo bo‘lishi va
shakllanishiga turtki bo‘lgan.
“Otamga nimadir bo‘ldi” hikoyasida yana bir mifologik
obraz qalamga olingan.
“Ha, u yoqlarda dev nima
qilsin?Devo‘zimizningtomonlardabo‘ladi.Ishlamaydi,
bahaybat gavdasini lo‘killatib, qorni ochganida g‘ordan
chiqib keladi, tevarakdagi qishloqlarning odamlarini
qo‘rqitib, qornini to‘yg‘izadi. Devning kiyimi ham yo‘q,
belida lungi boylab, yalangoyoq yuradi. Xotini ham,
bolalari ham bo‘lmaydi. Buning ustiga anchayin ahmoq
bo‘ladi”.
Turkiy xalqlar mifologiyasining shakllanish ildizi
“Avesto”ga borib taqaladi. “Avetso”dagi Axuramazda
va Ahriman dev obrazlari, Axuramazda yonidagi
Mitra, uning yordamchilari Asha, Sroashalar mifologik
obrazlar sirasiga kiradi.
Manbalardan shu narsa aniq bo‘ladiki, miflar ezgulik
va yomonlik negizida shakllangan. Mifologik obrazlarni,
masalan, Dev obrazini ham ezgulikka xizmat qiluvchi va
yovuzlikka xizmat qiluvchi obrazlarga bo‘lish mumkin.
“Rustamxon” dostonida Momogul maston Qizil devdan
Rustamni o‘ldirishini so‘raydi, ammo dev Momogul
mastonning yovuzligini bilib, Rustamni o‘ldirmasdan,
Momogul mastonni o‘ldiradi.
4
Nasriy asarga bu obrazni kiritish bilan ijodkor bola
ruhiyatini, undagi otasi uchun qalbida kechayotgan
qo‘rquvni, xavotirni aks ettirib beradi. Hikoyadagi
qahramon ertaklarda devni qanday tasavvur qilib
o‘qigan bo‘lsa, hayotida ham xuddi shunday tasavvur
qiladi.
Adibning “Bog‘i Eram” hikoyasida ham mifologik
obrazlar uchraydi. Hikoya nomining o‘ziyoq mifologiyaga
daxldorligini ko‘rsatib turibdi. Bog‘i Eramni, rivoyatlarga
ko‘ra, xudolikni da’vo qilgan Shaddod ismli podsho
qurgan. Shayx Alouddin Mansur ma’lumotiga ko‘ra,
bu afsonaviy bog‘ 300 yil davomida qurilgan. Bu
bog‘ni qurdirgan podshoning o‘zi ham uni ko‘rmagan.
U qo‘shin to‘plab, bog‘ni ko‘rishga ketayotgan paytda
Alloh bo‘roniga duch keladi va yo‘lda vafot etadi.
Hikoyada umr daraxti haqida so‘z boradi. Umr
daraxtining har bir bargi – bir kishining hayoti. U to‘kilib
ketsa, inson umri ham yakun topadi. Asardagi qahramon
bir lahza hushini yo‘qotgan paytda Bog‘i Eramda paydo
bo‘ladi hamda undagi umr daraxtini ko‘radi.
I.Sulton bu hikoyasi orqali kitobxonga inson umri
o‘tkinchi ekanini, uni behuda sarflamaslik lozimligini
ta’kidlaydi.
Hikoyada yana bir mifologik obrazga duch
kelamiz. Bu – Semurg‘ obrazi. Semurg‘ qushi haqida
ertaklarda ko‘p o‘qiganmiz. U qush ezgu niyatli ertak
qahramonlariga yordam beradi. Hikoyada adib jannatni
tasvirlar ekan, Semurg‘ qushi ham ezgulik ulashuvchi
qush sifatida qahramonimiz ko‘ziga ko‘rinadi.
“Qahramon” ertagida Semurg‘ Qahramonni yetti
zulmatdan o‘tkazib qo‘yadi. Ayrim ertaklarda yer
ostida yashaydi, ayrimlarida esa yer ustida. Bundan
ko‘rinadiki, bu qush ikki olamni bog‘lab turuvchi qush
ekan. Semurg‘ qushi ertaklarda oq rangda tasvirlanadi.
Rus adabiyotshunosi K.V.Treverning yozishicha,
Ermitajda saqlanayotgan Sosoniylar davriga doir
ko‘zada Semurg‘ yarim tuya, yarim qush qiyofasida
tasvirlanadi. Shuningdek, uni uch oyoqli eshak
qiyofasida tasvirlovchi miflar ham bor ekan.
5
O‘zbek
adabiyotida ham Semurg‘ tinchlik, baxt-omad olib
keluvchi qush sifatida tasvirlanadi. Shuning uchun ham
ijodkorlarimiz bu obrazdan samarali foydalanadi.
Folklordagi bunday mifologik obrazlar
ajdodlarimizning orzu-intilishlari, hayoti, tasavvurlari,
e’tiqodlari aks etgan qimmatli xazinadir. Shuning
uchun ham bu obrazlar oradan qancha vaqt o‘tsa
ham o‘zgarmasdan, yozma adabiyotimizda ma’lum bir
vazifani bajarmoqda. Yozuvchi I.Sulton hikoyalarida
ham folklorning hamma unsurlarini uchratish mumkin.
Ijodkor bu unsurlardan o‘rinli foydalangan. Folklor
motivlariga ijodkor tomonidan g‘oya saqlangan, shakl
o‘zgargan tarzda yondashilgan.
Xulosa shuki, ijodkorning poetik mahorati o‘sishida
ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy merosning o‘rni
beqiyos. Bunga I. Sulton hikoyalari yorqin misol bo‘la
oladi.
1
I.Sulton. Hikoyalar. I jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom NIMU, 2017. 42-bet. (Ushbu manbadan olingan keyingi iqtiboslar
sahifasi qavs ichida ko‘rsatiladi.)
2
Jumaniyozov Bahromboy. O‘zbek xalq eposida yalmog‘iz obrazi. Fil.fan.nom. …diss.avtoref. – Toshkent, 1996.
21-bet.
3
Снесарев Г.П.
P
еликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. – Москва, 1969. –
C. 115.
4
“Rustamxon” dostoni. – Toshkent: Cho`lpon, 2016. 107-bet.
5
Bu haqida qarang: G‘.Akromov. Totemistik miflar // O`zbek tili va adabiyoti. 1978. 3-son. 41-bet.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
35
Tadqiqotlar
Xorijiy tilni o‘qitish metodikasida yozuvga to‘rtinchi
nutq faoliyati turi sifatida juda kam e’tibor berilgan. G‘arbiy
Yevropada dastlab yozuv nutq faoliyat turining psixologik
xususiyatlari tadqiq etilgan. Aslida bu nutq faoliyat turi
nafaqat yozuvga o‘rgatish, balki matnlarni tuzish, ya’ni fikrni
yozma bayon etishni nazarda tutadi. Mazkur maqolada
chet tili mashg‘ulotlarida ta’lim oluvchilarning matn tuzish
malakalarini rivojlantirish maqsad qilib olingan.
Metodist olimlarning fikriga ko‘ra, “Yozma nutq murakkab
analitik-sintaktik faoliyatni ifodalashi bilan birga ulkan
tarbiyaviy-rivojlantiruvchi omil sifatida ham qaraladi. Afsuski,
bu nutq faoliyatining turi chet tilini o‘qitish amaliyotida
hanuzgacha yetarli darajada qo‘llanilmayapti”[2].
Yozuv eng murakkab nutq faoliyat turlaridan biri
hisoblanib, “ilmiy adabiyotlarda u fikrni grafik shaklda
ifodalashni ta’minlovchi produktiv nutq faoliyat turi sifatida
tavsiflanadi (1:197). Shuningdek, deyarli barcha ilmiy
manbalarda yozuvga ta’lim vositasi sifatida qaralib, og‘zaki
nutq va o‘qishni egallashda yordamchi vazifasini o‘tab
kelgan. Yozuvning maqsad va vazifasi borasida G‘arb chet
til o‘qitish metodikasida quyidagilar aytib o‘tilgan: “Yozuv
mashg‘ulotda ham vosita, ham maqsad bo‘lib kelishi
mumkin. Yozuv nutq faoliyat turi mashg‘ulotlarida yordamchi
vazifasini bajarishida barcha yozma mashqlar ya’ni, gap
tuzish, diktant yozish, rolli o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish,
dialog tuzish va boshqalarda kuzatish mumkin. Yozuv ta’lim
oluvchilar tomonidan yozma tarzda matnlarni tuzish, yozish
uchun real sabab, ya’ni ma’lum mavzu yuzasidan shaxsiy
fikrni aytish yoki yozuv o‘rnida qo‘llanuvchi holatlar bo‘lishi
talab etiladi” (6: 249).
E.N.Sovolovaning fikriga ko‘ra, “Yozuvga o‘rgatishning
mazmuni turli bosqichlarda turfa bo‘ladi, lekin doimo
ketma-ketlikka asoslangan holda oddiydan murakkabga
qarab boriladi. Aynan shuning uchun ham maktab
ta’limining boshlang‘ich va o‘rta bosqichlarida yozma nutqni
shakllantirish ta’lim maqsadi deb qaralmaydi. Yozuv mustaqil
nutq faoliyati turi sifatida faqat yuqori va yakuniy bosqichda
qo‘llaniladi. Lekin yozma nutqqa bo‘lgan yo‘l ancha uzoq
va murakkab. Yakuniy bosqichning muvafaqqiyati tayanch
ko‘nikmalarning qay tarzda shakllanganligi bilan bog‘liq
bo‘ladi” (3: 191).
Do'stlaringiz bilan baham: |