veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
39
Matn shunchalik o‘ziga
xos va murakkab hodisaki, uni yaxlit
bir butunlik sifatida barcha xususiyatlari bilan idrok eta bilmoq
uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Tilshunoslik tarixining deyarli bar-
cha pallalarida tovush, so‘z va, nihoyat, gap o‘rganilib kelindi.
Uzoq zamonlar tilning fi kr ifodalaydigan asosiy birligi sifatida
faqat gap tadqiq etildi, hatto gap tugagan joyda tilshunoslikning
ham tugashi haqidagi hukmlar aytildi. Ammo o‘tgan
asrning ik-
kinchi yarimlaridan boshlab tildagi eng yirik, oliy kommunika-
tiv birlik matn ekanligi haqidagi fi krlar barqarorlasha boshladi,
kishilar gaplar vositasida emas, balki matnlar vositasida bir-bir-
lari bilan aloqa qilishi oydinlashdi. Zotan, tamoman tugallan-
gan fi kr, mazmun, axborot gapda emas,
balki faqat matnda
ifodalana olishini isbotlash uchun hech bir ehtiyoj va zaruriyat
yo‘q. Dunyoning turli o‘lkalaridagi til ilmlarida matn tilshunos-
ligi yo‘nalishi yuzaga keldi. Bugun o‘zbek tilshunosligida ham
matn tilshunosligi doirasida anchayin jiddiy tadqiqotlar amalga
oshirildi. Matn tilshunosligi muammolari tilshunoslikdagi eng
dolzarb masalalar o‘laroq kun tartibiga qo‘yildi.
Tarkibiy bog‘langanlik va mazmuniy-mantiqiy yaxlitlik
matn mohiyatidagi asosiy va fundamental sifatlardan sanala-
di, ular til vositalarining butun matn maydonidagi harakati va
munosabatlarini yaxlit o‘zanga solib turadi. Ma’lumki, matn-
ning rus tilidagi muqobili bo‘lmish “tekst” termini lotin tilidagi
“textus” so‘zidan olingan bo‘lib, bu so‘zning asl ma’nosi “to‘qi-
ma mato, to‘qish, birikish, qo‘shilish”dan iborat (“tekstil” so‘zi-
ni eslang), bu ma’no matn tarkibidagi birliklarning bir-birlari
bilan o‘rilganday behad birikib, qo‘shilib ketganligini ta’kidlay
oladi. Bu o‘rinda nemis tilshunosi K.Boostning
matn tarkibida-
gi birliklarning o‘zaro munosabati haqidagi quyidagi mulo-
hazalari alohida diqqatga sazovor: “Bir gapdan boshqasiga
tortilgan iplar shu qadar ko‘p va shunday pishiq to‘rni hosil
qiladiki, gaplarning chatishishi, ularning yagona to‘r sifatida
o‘rib to‘qilganligi haqida gapirish mumkin, chunki har bir alohi-
da gap boshqalari bilan chambarchas bog‘langan”
1
.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, matnday yaxlit “to‘qima
mato”, “pishiq to‘qilgan to‘r”ni to‘g‘ri va to‘liq idrok etmoq, un-
dagi mazmuniy-tarkibiy unsurlar munosabatlaridagi qonuni-
yatlarni
inkishof qilmoq, uni yaratish va tushunish bilan bog‘liq
lisoniy-ruhiy mexanizmlarni butun ko‘lami bilan tadqiq etmoq
unchalik ham oson yumush emas. Ayni paytda matndagi ver-
bal ifodalanmagan mazmunlarni tasavvur qilmoq, muallifning
estetik didini ilg‘amoq, matndagi turli ishoralarni yetarli daraja-
da fahmlay bilmoq uchun muayyan bilimlarga ham suyanish,
xususan, presuppozitsiyalardan
2
ham xabardorlik zarur bo‘la-
di. Aks holda matn muallifi ning maqsadidan to‘liq voqif bo‘lish
imkoniyati boy beriladi.
Matnlarni tadqiq etishda tilshunoslikda ularning, avvalo,
bir-biriga zidlanadigan ikki tipini farqlash urfga kirgan: 1) ba-
diiy matn; 2) nobadiiy matn. Matnlarning
ikki oppozitiv tipini
Do'stlaringiz bilan baham: