17
kompetensiyalar rivojlantirilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir mavzu doirasida
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabaning kasbiy tayyorgarligi hamda ma’na
-
viy-axloqiy sifatlari takomillashtirilib boriladi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o‘qitishda talabalar quyidagilar bilan tanishtiriladi:
1) fanning maqsad va vazifalari;
2) milliy
tarbiyaning mazmun-mohiyati;
3) tarbiya usullari va shakllari;
4) tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari;
5) sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boradigan ishlari;
6) maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida
sinf rahbarining faoliyati;
7) sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari;
8) sinf tarbiyaviy soatlari mazmuni;
9) sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash, o‘quvchilar jamoasini shakllantirish
usullari;
10) tarbiyaviy jarayon va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va h.k.
Mazkur mavzularni o‘zlashtirish mobaynida talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlar
ham rivojlantirilib, ularni kelgusi pedagogik faoliyatida tarbiyaviy ishlar tizimini samarali
tashkil etishga tayyorlab boriladi. Yosh avlodni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash uch-
un bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy fan-texnika yutuqlarini keng qo‘llashga, axbo
-
rot-kommunikatsion texnologiyalardan hamda tarbiyaning natijasini usul va vositala
-
ridan foydalanishga, suhbat, uchrashuv va bahs-munozaralar uyushtirishga, tanlovlar
va tarbiyaviy tadbirlar tashkil etishga o‘rgatish ijobiy samarasini beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash orqali yoshlarda
ma’naviy-axloqiy sifatlar rivojlanishi kafolatlanadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasa
-
lari o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokidagi umumiy pedagogika fanida ta’lim
qoidalaridan eng asosiysi – ta’limning tarbiyalovchilik qoidasidir. Chunki,
kelajakda
yosh avlodni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda ularda xulq-odob me’yorlariga mos
keluvchi ijobiy fazilatlarni yuksaltirish muhim sanaladi. Bu o‘rinda, avvalo, talabalarni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini hisobga olgan holda ish yuritish maqsadga
muvofiq.
Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qi
-
ladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatanparvar, xalqsevar, mard, har tomonlama
sog‘lom, intellektual salohiyatli, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy-kasbiy yetuk, kasbiy
kompetentlikka ega mutaxassislarni tayyorlash davr talabidir. Bu ishni amalga oshirish
barcha pedagoglarning Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.
Talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogikaning umumiy metod va
vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya talabaga
o‘quv materialining mazmunini, vazifa yoki topshiriqlarni, fa oliyat usullari hamda us
-
lublarini tanlash imtiyozini beradi. Tanlash imkoniyati talabani qaror qabul qilish, mus
-
taqil izlanish va javobgarlikni his qilishga undaydi. Shu bois o‘quv faoliyatining muqobil
modellarini ishlab chiqish va ularni talabaga taklif etish maqsadga muvofiq. “Axloqiy
tarbiya usul va metodlarining asosiy vazifasi – ta’lim oluvchilarda ijtimoiy xulq-atvor va
munosabatlar tajribasini hosil qilishdan iborat. Ushbu usul va metodlar sirasiga ijtimoiy
xulq-atvor shakllarini o‘rgatish, mashqlantirish, o‘quvchilarning turli-tuman faoliyatlarini
tashkil etish, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish kabilar kiradi”.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash
shakllari quyidagicha tasniflanadi: