Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/112
Sana12.04.2022
Hajmi2,05 Mb.
#546342
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
limi 5 Tayyor Шахобиддин

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
I. Suhbatlar. Auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ma’naviy-ax
-
loqiy mavzudagi suhbatlar tashkil etish talabalarning erkin, mustaqil fikrlashini yuk
-
saltiradi, tafakkurini boyitadi, o‘qituvchi bilan hamkorligini mustahkamlaydi. Tarbiyaviy 
ishlarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatlar tashkil etish mumkin. 
Suhbatlar qiziqarli va jonli o‘tishi uchun uni tashkil qilishdan bir necha kun oldin 
mavzu talabalarga e’lon qilinadi. Tadqiqot doirasida suhbatlar oliy ta’lim muassasalari
-
da tashkil etiladigan murabbiylik soatlari hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar davo
-
mida guruh rahbarlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda 
amalga oshiriladi. Suhbatlar davomida mavzuni yorituvchi multimedia vositalaridan 
foydalaniladi. Mazmun-mohiyati va maqsad-vazifalaridan kelib chiqib ularni quyidagi
-
cha tasniflash mumkin:
1. Vatanparvarlik tarbiyasi: “Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish 
– dolzarb vazifa”, “Vatan tuyg‘usi – muqaddas tuyg‘u”, “Mustaqillik nashidalari”, “Va
-
tan qahramonlari va ularning jasoratlari”, “Mustaqil O‘zbekiston jahon nigohida”, “O‘z
-
bekistonning tashqi siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari”, “Fidokor yoshlar qanday 
bo‘lishi kerak?” va boshqalar.
2. Ma’naviy-axloqiy sifatlarni yuksaltirish tarbiyasi: “Talabaning muomala mada
-
niyati”, “Talabaning ma’naviy-axloqiy qiyofasiga qo‘yiladigan talablar”, “Shaxs ma’na
-
viyatini shakllantirish omillari”, “Talabaning tashqi ko‘rinishi va uning ichki dunyosi”, 
“Kitoblar – bilim va ma’naviyat manbai”, “Talabalar o‘rtasida ijobiy munosabatlarni 
shakllantirish” va boshqalar. 
3. Milliy merosimizni ulug‘lash tarbiyasi: “Ajdodlar merosi – ma’naviyatimiz sar- 
chashmalari”, “Amir Temur yoshlar kamoloti haqida”, “Yuksak madaniyat va ma’na
-
viyat – jamiyat taraqqiyotining poydevori”, “Tarix – millat ma’naviyatining negizi” va 
boshqalar.
4. Oila tarbiyasi: “Oilada farzand tarbiyasi”, “Oilada ota-onaning o‘rni”, “Farzand
-
ning ota-ona oldidagi burchlari”, “Vatan ostonadan boshlanadi”, “Bir bolaga yetti ma
-
halla ota-ona” va boshqalar.
5. Aqliy tarbiya: “Yoshlar intellektual salohiyati – kelajak muvaffaqiyati”, “Zamona
-
viy ilm-fan yutuqlari”, “XXI asr ilm-fani: muammolar va yechimlar”, “Innovatsion g‘oya 
– taraqqiyot kaliti” va boshqalar. 
II. Uchrashuvlar. Talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda jamiyatda o‘z o‘rniga 
ega bo‘lgan yoshi ulug‘ shaxslar, o‘z kasbining yetuk mutaxassislari, tajribali pedagog
-
lar bilan uchrashuvlar tashkil etish ham ijobiy samaralar beradi. “14 yanvar – Vatan 
himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” mavzusida 
O‘zbekiston qurolli kuchlarining yetuk mutaxassislari bilan uchrashuvlar, “1 mart – gi
-
yohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kurash kuni”, “15 may – 
Xalqaro oila kuni”, “1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”, “21 oktabr – o‘zbek tiliga 
davlat tili maqomi berilgan kun”, “4 noyabr – YUNESCO tashkil topgan kun”, “10 noyabr 
– Xalqaro yoshlar kuni”, “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni”, “17 noyabr – Xalqaro 
talabalar kuni”, “1 dekabr – Xalqaro OITS (SPID)ga qarshi kurash kuni”, “8 dekabr – 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” kabi muhim sanalar va bayramlarga oid 
soha mutaxassislari hamda tajribali pedagog va faxriylar bilan uchrash uvlar tashkil 
etish maqsadga muvofiq. Uchrashuvlarni o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rilib, tala
-
balar tomonidan mavzu bo‘yicha sohani yorituvchi slaydlar, videoroliklar tayyorlanadi.
III. Bahs-munozaralar uyushtirish. Talaba-yoshlar ma’naviy-axloqiy kamolotini 
ta’minlashda munozaralar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy mav
-


19
zulardagi munozaralar talabalarda muayyan holat, hodisalarga nisbatan to‘g‘ri baho 
berishga, bu borada fikr yuritishga o‘rgatish hamda e’tiqodini mustahkamlashga xiz
-
mat qiladi. Munozara o‘y-fikrlarni tartibga soladi, mustaqil fikrlashga, bahs yuritishga, 
suhbatdoshini tinglashga, o‘z fikrini ilgari surish va uni obrazli tarzda hikoya qilishga, 
ayni chog‘da, o‘z xatolarini tan olishga o‘rgatadi. Talabalar o‘rtasida “Ma’naviy-axloqiy 
tarbiyada ommaviy axborot vosita larining o‘rni va roli”, “Mustaqillik va ta’lim-tarbiya”, 
“Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi”, “Yoshlarning kitobxonlikka munosabati”, “Za
-
monaviy urf-odatlarda madaniyat va ma’naviyat”, “Tabiat va inson”, “Sharq mutafakkir
-
lari axloqiy qarashlarining bugungi kundagi ahamiyati” mavzularida bahs-munozaralar 
olib boriladi.
IV. Tarbiyaviy tadbirlar. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada tarbiyaviy tadbirlarni to‘g‘ri tash- 
kil etish katta ahamiyatga ega. Bunda tarixiy shaxslarning tavallud kunlari, bayramlar 
va muhim sanalarga bag‘ishlab “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Ona tili – millat 
ruhi”, “Biz OITSga qarshimiz!”, “Navro‘z – yasharish bayrami”, “Nazm gulshanidagi 
yog‘du”, “Ona – ulug‘ zot”, “Xotira muqaddas”, “Mustaqil yurtimning millat otasi”, “Meh
-
nati elda aziz ustozim”, “Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim”, “Fidoying bo‘lgaymiz 
seni – O‘zbekiston!” mavzularida tarbiyaviy tadbirlar tashkil etish maqsadga muvofiq. 
Ushbu tadbirlarda pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokchi sifatida 
qatnashib, o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqaradilar. Bu orqali ularning ma’naviyatini yuksal
-
tirish hamda ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
V. Ijodiy ishlar tanlovi. Talabalar o‘rtasida “Bo‘lajak o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy 
qiyofasi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi. Mazkur tanlov Prezidentimiz to
-
monidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning birinchisi – yoshlarning musiqa, 
rassomlik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatlarini 
namoyon qilishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilib, unda talabalar o‘zlarining 
ijod namunalari (rasm, devoriy gazeta, she’r, qo‘shiq, insho) bilan tasavvurlaridagi 
ideal o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy qiyofasini gavdalantirib berardilar.
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan auditoriya va auditoriyadan tashqari mash- 
g‘ulotlar jarayonida foydalanilgan metodlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Ma’ruza mashg‘ulotlarida: trening, muzokara, muammoli ta’lim, BBB, “Aqliy hu
-
jum”, “Insert”, “Venn diagrammasi” va boshqalar.
2. Seminar mashg‘ulotlarida: “Assesment”, “FSMU”, “SWOT – tahlil”, “Qarorlar 
shajarasi”, “Gugurt donachalari”, “Nilufar guli”, “Keys-stadi”, “Qadam-baqadam”, “Pa
-
norama”, “Kontakt” – jamoaviy hikoya tuzish treninglari.
3. Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda: trening metodi, rolli o‘yinlar, suhbat, 
munozara, muzokara, uchrashuv hamda tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish va boshqalar.
4. O‘quv amaliyotlari jarayonida: tarbiyaviy tadbirlar uyushtirish va boshqalar.
Talabalar ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirishda ta’lim mazmuni alohida 
ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirish, 
odob-axloqi, ijtimoiy hayotga va mehnatga bo‘lgan munosabatini ongli ravishda tarkib 
toptirish jarayoni mohiyatini ham o‘zida mujassamlashtiradi. “Tarbiyaviy ishlar metodi
-
kasi” fani mazmuni, mavzularni o‘rganishga doir yondashuvlar talabalarda shakllanti
-
riladigan muayyan kompetensiyalar asosida ma'naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishga 
xizmat qiladi. 
Bu o‘rinda o‘qituvchidan kasbiy-pedagogik sifatlar, o‘qitilayotgan fan bo‘yicha 
chuqur bilim egallash, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va samarali metodlarini 
o‘zlashtirish hamda axborot madaniyati yuqori bo‘lish talab etiladi. Pedagogika oliy 


20

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish