Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Ключевые слова. 
Коммуникация, среда, проект, образование, компонент, верту
-
альная лаборатория, процесс.
In the article the possibility of the introduction of electronic educational resources in 
educational process, as well as design development online contest "The best lesson". The 
authors describe components of information and communications technologies recommended 
for implementation in the educational process. 
Key words.
Communication, environment, project, education, component, virtual 
laboratory, process.
Sharibboy ERGASHEV, 
texnika fanlari nomzodi, dotsent
Aron KOLANTAROV, 
T.N.qori Niyoziy nomli O‘zPFiTi katta ilmiy xodimi 
xALq TA’LiMi TiZiMidA 
AxBOrOT-kOMMUNikATSiON MUHiTNi 
YArATiSH: ASOSiY MAqSAd vA vAZiFALAr


100
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
Axborot-kommunikatsiya muhitini shakllantirishning muhim shartlaridan va vositala
-
ridan biri sifatida xalq ta’limi tizimida ilk bora joriy yilda “eng yaxshi dars ishlanmasi” on
-
layn tanlovi loyihasiga start berildi. Bu, avvalo, ta’lim muassasalariaro hamda ularda fa
-
oliyat yuritayotgan pedagoglar o‘rtasida o‘z kasbiy mahoratlarini rivojlantirishda sog‘lom 
raqobat muhitini yaratish, o‘z fani yo‘nalishidagi innovatsion pedagogik texnologiyalar 
bo‘yicha tezkor axborot almashish, masofadan malaka oshirish hamda muntazam o‘z 
ustida ishlashi uchun imkoniyatlar yaratadi. 
Mazkur loyiha dastlabki kundan boshlab tashkil qilingan targ‘ibot-tashviqot ishlari 
natijasida tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan 75 ming nafarga yaqin pedagoglarni o‘ziga jalb 
qildi. Unda 19 ta fan yo‘nalishida dars ishlanmalari kelib tushdi. Agar tanlovda har bir 
o‘qituvchi bitta dars ishlanmasi bilan qatnashishi mumkinligi belgilab qo‘yilganligini ino
-
batga olsak, tanlovda har besh nafar pedagogdan bittasi, 20 foizga yaqin o‘qituvchining 
ishtirok etganligi uning qamrovi kengligini ko‘rsatadi.
Tanlov natijasiga ko‘ra 19 ta fan yo‘nalishida har bir viloyatdan 5 nafardan eng yuqori 
ball to‘plagan 95 nafar, respublika bo‘yicha 1330 nafardan ortiq pedagoglarning dars ish
-
lanmalari ajratib olinib, hakamlar hay’ati tomonidan har bir fan bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinlarni 
egallagan 57 nafar pedagoglar xalq ta’limi vazirligining diplomlari bilan taqdirlanadilar. 
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan dars ishlanmalari xalq ta’limi vazirligining axbo
-
rot-ta’lim portali (www.eduportal.uz), rasmiy veb-sayti (www.uzedu.uz), Ziyonet axbo
-
rot-ta’lim tarmog‘i (www.ziyonet.uz) hamda respublika ta’lim markazining saytidagi 
(www.rtm.uz) dars ishlanmalari bankiga joylashtiriladi. 
Bu esa xalq ta’limi tizimida axborot-kommunikatsiya muhitini rivojlantirish, uning 
turli dars ishlanmalar, shu jumladan, elektron axborot-ta’lim resurs (eATr)lar majmua
-
lar bankini boyitish va shu orqali ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga 
xizmat qiladi. 
kelgusi yillarda tanlovning davom etishi va ulardagi dars ishlanmalarining o‘quv-us
-
lubiy materiallar bankiga muntazam qo‘shilib borishini nazarda tutsak, bu loyihaning 
ta’lim muassasalari va pedagoglarimiz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini tasavvur 
qilish qiyin emas. Mazkur materiallardan, shuningdek, davlat pedagogika institutlari, 
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, ilmiy 
tadqiqot institutlari, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan mustaqil izlanuvchilar hamda 
manfaatdor muassasa, tashkilotlar ham birdek o‘z faoliyatlarida foydalanishlari, tajriba 
almashishlari va tatqiq qilishlariga keng imkoniyatlar ochiladi.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimidagi amaldagi axborot-kommunikatsiya muhitining 
alohida komponentlari bo‘lgan axborot tizimlari, ma’lumot banklari, muassasa, tashki
-
lot, pedagog va o‘quvchilarning veb-saytlari, axborot resurs markazlari, elektron ax
-
borot-ta’lim resurslari, virtual laboratoriyalar, media va videodarslar, elektron hujjatlar 
almashinuv tizimi, videokonferensiya aloqalari, internet tarmog‘idagi onlayn tanlovlar 
tizimdagi barcha ishtirokchilarni faol foydalanuvchilarga aylanishiga, axborot-kommuni
-
katsiya texnologiyalarini o‘quv tarbiya jarayoniga keng joriy etilishiga xizmat qilmoqda. 
Axborot-kommunikatsiya muhitini shakllantirish borasidagi tizimda amalga oshiril
-
gan ishlarning orasida axborot-ta’lim portali (www.eduportal.uz)ning salmoqli o‘rni bor. 
“Axborot muhiti” bo‘limida portal haqidagi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, xalq ta’limi tizimi
-
ning asosiy ko‘rsatkichlari, tasdiqlangan darslik va qo‘llanmalar, yilning eng yaxshi o‘qi
-
tuvchilari, maktab saytlari, hayot xavfsizlik asoslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakl
-
lantirilgan bo‘lib, unda xalq ta’limi vazirligining yagona axborot ta’lim muhitiga: 
– o‘quvchilarning ta’lim vositalari hamda masofaviy ta’lim shaklini ta’minlash; 
– o‘quvchilarni o‘quv-metodik materiallardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish; 
– axborot resurslaridan qulay foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratish; 


101
– boshqa vazirliklar, tashkilot, idora va muassasalar saytlari bilan integratsiyalash 
talablari qo‘yilgan.
Shuningdek, “Ta’lim muhiti” bo‘limida davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va das
-
turlar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, elektron darsliklar, ma’ruza matnlari, xorijiy tillarni o‘r
-
ganish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, attestatsiyadan o‘tish, 
elektron interfaol doskadan foydalanish bo‘yicha axborotlar jamlangan.
Bundan tashqari, portal multimediali mahsulotlar, virtual laboratoriyalar, elektron ku
-
tubxona, masofaviy ta’lim, psixologik yordam, maktablar, bog‘chalar to‘g‘risidagi ma’lu
-
motlar bazasini o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda qayta aloqa tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ammo axborot-kommunikatsion muhiti (AkM)ning mazkur komponentlardan, re
-
surslardan foydalanish samaradorligi talab darajasida emas, buning sabablari:
birinchidan, ular tarqoq joylashgan;
ikkinchidan, komponentlar o‘zaro bog‘lanmagan, tarqoq holda ishlaydi; 
uchinchidan, targ‘ibot tashviqot ishlari yetarli emas;
to‘rtinchidan, joylarda uzluksiz elektr ta’minoti va internet tarmog‘iga ulanganlik da
-
rajasi past;
beshinchidan, tizimdagi rahbar va pedagog xodimlarning axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari bo‘yicha savodxonliklari bugungi kun talabi darajasiga yetgani yo‘q;
oltinchidan, mazkur komponentlarning barchasining ham mazmunan boyitilishi, foy
-
dalanuvchilar uchun interfaol xizmatlar ko‘rsatish orqali ularni o‘ziga jalb etishi yetarli emas;
yettinchidan, tashkilot va muassasalarning birinchi rahbarlarining axborot-kommu
-
nikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetentligi hamda shaxsiy mas’uliyatlarini 
his etish darajasi
talabga javob bermaydi;
sakkizinchidan, tizimdagi barcha axborot-kommunikatsiya muhitining komponentla
-
rini yagona markazlashgan tizimga birlashtirish ishlari yakuniga yetmagan hamda ular
-
ning umummilliy axborot muhitiga ulanishini ta’minlash ishlari sust ketmoqda;
to‘qqizinchidan, ta’lim muassasalari, tashkilotlar ma’muriyati, professor-o‘qituvchi
-
lar, pedagog xodimlar, talaba-o‘quvchilar orasida, keng aholi o‘rtasida tushuntirish va 
targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkillashtirish yetarli emas;
o‘ninchidan, xalq ta’limi tizimidagi axborot-kommunikatsiya muhiti komponentlari 
boshqa xalq xo‘jaligi sohalarida mavjud bo‘lgan axborot tizimlari bilan yagona umum
-
milliy axborot tizimiga ulanish va yaqin aloqada ishlashidan manfaatdorlik shakllantiril
-
magan.
Ta’lim muassasasining axborot-kommunikatsion muhiti ta’lim tizimini yanada rivoj
-
lantirishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonining boshqaruv bo‘g‘inlari va ishtirokchilari o‘rta
-
sida tezkor axborot almashinuvini shakllantirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb 
etmoqda.
Buning uchun avvalo,
– boshqaruv organlari va ular tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida;
boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari va pedagog xodimlar o‘rtasida; 
– boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari va ota-onalar o‘rtasida; 
– bevosita ta’lim muassasalari o‘rtasida; 
– ta’lim muassasalari va o‘quvchilar o‘rtasida;
– ta’lim muassasalari va aholi o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini yaratish orqali 
ta’lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya muhiti shakllanadi. 
Ta’lim muassasasining axborot-kommunikatsiya muhiti – bu kompyuter texnikasi 
va dasturiy-telekommunikatsiya vositalaridan foydalanishga asoslangan, o‘quvchilar, 
pedagoglar, ota-onalar, ta’lim muassasasi ma’muriyati va jamoatchilikning ehtiyojlari
-
ning sifatli axborot ta’minotini yaratishga mo‘ljallangan tizim (muhit).


102

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish