Go’sht va uning tovarliligi. Go’sht ishlarning taomida katta ahamiyatga ega. Go’shtning tarkibida odam organizmi uchun zarur bo’lgan oqsil, yog’, mineral moddalar, vitaminlar, uglevodlar va boshqalar bor. O’zbekistonda go’sht uchun asosan qoramol, qo’y-echkilar hamda har xil yoshdagi va zotli cho’chqalar so’yiladi. Go’sht balansida parranda, ot, qo’tos, bug’u va quyon go’shtlari ham ma’lum o’rinni egallaydi. Tovarlilik nuqtai nazaridan gapirilganda, go’sht uchun so’yiladigan hayvonlarning hamma qismlari, ya’ni yaxlit tanasi va ovqat uchun ishlatiladigan ichki organlari va boshqa qismlari nazarda tutiladi. Go’sht sanoatida terisi ishlangan, ichki organlari, bosh va oyoqlari kesib tashlangan hayvonning butun tanasi go’sht deyiladi. Ba’zan go’sht deb faqatgina muskul to’qimasi tushuniladi, bu noto’g’ri, chunki go’sht har xil to’qimalardan hamda muskul to’qimasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |