Xongul( Buxoro buĝusi)
Бухарский Олень
Cervus elaphus Linnaeus, 1758
ssp.bactrianus Lydekker ,1900
Maqomi. 1(ЕN): Yòq bòlib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil ròyxatiga kiritilgan. [LS].
Tarqalishi. Òtmishda- Sirdaryo va Amudaryo xavzalalarining barcha tòqayzorlarida keng tarqalgan. Hozirda aborigen populyatsiyalari va introduksiya va reintroduksiya yòli bilan yuzaga kelgan sun'iy guruhlari mavjud. Birinchilariga Amudaryo vodiysining yuqori( Surxondaryo vil.) va òrta( Buxoro vil. Qizilqum qòriqxonasi) oqimida yashovchi populyatsiyalari kirishi mumkin. Ikkinchilariga- Baday-Tòqay va Zarafshon qòriqxonalari populyatsiyalari, hamda Zarafshon daryosining yuqorisida Òzbekiston va Tojikiston chegarasidagi guruhlar.
Òzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Qozoĝiston( reintroduksiyalashtirilgan) , Afĝoniston.
Yashash joylari. Qayir tòqayzorlari va yondosh Qumli chòllar. Toĝ daryolari vodiylari bòylab toĝ etaklaiga chiqqanligi qayd etilgan.
Soni. 2008-2009 yillarda òtkazilgam hisoblash ma'lumotlariga kòra populyatsiyalar va guruhlar soni: Surxondaryoda-45-50, Amudaryo oqimida òrtacha-110-120, Qoraqalpoĝistonda-450dan ortiq, Zarafshon daryosi vodiysida- taxminan 100-110 donani tashkil etadi.
Yashash tarzi. Ijtimoiy tuzilishi oilaviy-grupppaviy, yil davomida òzgarib turadi. Podalari 3-20 va undan ham kòproq; donadan iborat bòladi.Podalari 3-20 va undan ham kòproq donadan iborat yozda tunlari, qishda esa kunduzi ham faol. Sentabr- onktabrda juftlashadi; may-iyunda bolalaydi(1, ba'zida-2); bolalari bir yilcha onasidan ajramaydi, 2-3 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Daraxt, buta va òtsimon òsimliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Tabiiy yashash joylari maydonlarining kamaytirilishi, suv balansining buzilib ketishi, daraxtlarning kesilishi, mollarni yoyish, yonĝinlar, toshqinlar bòlishi oqibatida tòqayzorlarning yòq qilinishi, brakonyerlik.
Kòpaytirish. Baday-Tòqay va Zarafshon qòriqxonalari volyerlarida kòpaytiriladi.
Muxofaza choralari. SITES ning II- ilovasiga kiritilgan. Transchegaraviy migrant sifatida Bonn Konvensiyasi tasarrufiga olingan ( bugungi muhofaza qilish bòyicha Òrta Osiyo mamlakatlari tomonidan Memorandum imzolangan). Davlatlararo darajasida turni saqlab qolish va tiklash bòyicha Dastur va ish rejasi tasdiqlangan(2002). Ovlash taqiqlangan. Qizilqum, Badaytòqay va Zarafshon qòriqxonalarida muhofaza ostiga olingan. Kelgusida saqlab qolish va bugungi kungacha saqlanib kelgan populyatsiyalarning holatini optimallash dasturini rivojlantirish zarur; amaldagi qòriqxonalarning( Badaytòqay) hududlarini kengaytirish va Amudaryo deltasiga yangi biosfera rezervatsiyalarini tashkil qilish; Orol bòyi hududida( Nazarxon, Tuba, Nurumtubak, Oqpetki), Sirdaryoda( Dalverzin,Sayxun, Qalgansir), Qoraqir buyurtmaxonasida saqlanib qolgan tòqayzolarni reintroduksiyalashtirish va introduksiyalashtirish; yaroqli, ammo ĝayritabiiy turar joylarda- toĝli- vodiy òrmonlarda( Surxon qòriqxonasi) rezerv qilib; qòyish maqsadida buĝu sonini kòpaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |