Juft tuyoqlilarning umumiy tavsifi, iqtisodiy ahamiyati mavzusidagi kurs ishi



Download 429,5 Kb.
bet19/56
Sana29.12.2021
Hajmi429,5 Kb.
#80576
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
KURS ISHI. Usmonqulova 203

Qizilqum arxari

Ovis ammon( Linnaeus 1758)

ssp.severtzovi, Nasonov,1914

Maqomi. 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan,mozaik tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil ròyxatiga kiritilgan.[NT].

Tarqalishi. Òtmishda-Markaziy va Ĝarbiy Qizilqumning qoldiq, toĝlarida, Nurota, Molguzar, Turkiston, Zarafshon t. Hozirda Nurota, Oqtov t. Tomditov qoldiq toĝida va ehtimol, Molguzar t.

Òzbekistondan tashqarida: òtmishda- Qozoĝiston ĝarbi. Òrta Osiyo va Qozoĝistonning qolgan hududlarida, Ĝarbiy Sibir janubida, Xitoy, Afĝoniston, Pokiston, Hindistonda-boshqa kenja turlari.

Yashash joylari. Toĝlarning òrta va yuqori qismlari(d.s.b 500-2000m). Qishda toĝ etaklari va vodiylarga tushadi.

Soni. Umumiy soni 1800-2000 dona. Ulardan Nurota t. markaziy qismi, Nurota qòriqxona hududlarida taxminan 1600 dona, Ĝarviy Nurotada-150, sharqiy Nurotada va Qoytosh t. da 100 donagacha yashaydi. 1960-yillarda Oqtovda 120-150 donasi yashar edi, hozirda bir necha òn donasi qolgan; Tomditovda òtmishda 100-120 bosh arxar, hozirgi kunda- 50 tadan ortiq emas. Turkiston t. dagi soni noma'lum, ohirgi aniq bòlgan uchrashuv 1991 y. qayd qilingan, soni 30-40 dona bòlgan debbaholagan. Zomin qòriqxonasi hodimlarining yagona uchrashuvlari haqidagi oĝzaki ma'lumotlari mavjud, eng sòngisi 2009 y. qayd qilingan.

Yashash tarzi. Poda bòlib yashaydi, mavsumiy kòchadi. Juftlashish davri- oktabr-noyabr, aprel-mayda bolalaydi(1-2); bolalari bir yoshgacha onasidan ajralmaydi, kòpincha- ikki yoshga, urĝochilari esa- undan ham kòproq, 2-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Asosan òtsimon òsimliklar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Yashash joylarining òzlashtirilishi, brakonyerlik, arealning uzilganligi.

Kòpaytirish. 1991 yildan boshlab Nurota qòriqxonasining parvarishxonasida kòpaytiriladi.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. SITES ning I-Ilovasiga kiritilgan. Mavjud yashash joylari muhofazasi tashkil qilish va parvarishxonalarda kòpaytirish lozim.



Buxoro qòyi

Ovis vignei Blyth,1841

ssp.bocharensis Nasanov, 1914

Maqomi.1[CR]: Butunlay yòq bòlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil ròyxatiga kiritilgan[VII].

Tarqalishi. Kòxitang, Boysuntov, Hisor, Bobotoĝ t.

Òzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston. Janubiy Yevropa, Òrta va Ĝarbiy Osiyo, Kavkazorti, Pokiston Hundistonda-boshqa kenja turlari.

Yashash joylari. Toĝ dashtlari va siyrak archazorli qismlari(d.s.b 800-2500 m).

Soni. Òtmishda ayrim yashash joylarida kòp bòlgan. Hozirda Kòxitang t.-70, Boysun va Hisor t.-200 donaga yaqini qolgan.

Yashash tarzi. Poda bòlib yashaydi, mavsumiy kòchadi. Juftlashish davri-noyabr-dekabr. Aprel-mayda bolalaydi(1-2). Bolalari bir yoshgacha onasidan ajramaydi, 2-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Asosan òtsimon òsimliklar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Yashash joylarining, ayniqsa toĝ yaylovlarining uzaytirilishi, inson va yirtqichlar( bòri, it) tomonidan ta'qib qilinishi, brakonyerlik, arealning uzilishi.

Kòpaytirish. Termiz va Toshkent hayvonot boĝlari, hamda" Jayron" ekomarkazida volyer shroitlarida kòpaytirilmoqda.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Surxon qòriqxonasida muhofaza ostiga olingan. SITES-I-ilovasiga kiritilgan. Barcha yashash joylari muhofazasini tashkil qilish, parvarishxonalarda kòpaytirish lozim.




Download 429,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish