Ustyurt qòyi, arqal
Transcaspian(Ustyurt) Urial
Ovis vignei Blyth 1841
ssp. arkal Eversmann, 1850
Maqomi. 1(CR): Butunlay yòq bòlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil ròyxatiga kiritilgan.[VII].
Tarqalishi. Ustyurtning janubi, asosan Qozoqli-Qoplonqir, qismi va Sariqamish botiĝining shimolida janubiy chinklaarni sharqiy qismdagi jarliklarda.
Òzbekistondan tashqarida: Qozoĝiston, Turkmaniston, Eron, Janubiy Yevropa, Òrta va ĝarbiy Osiyo, Kavkazorti, Pokiston, Hindistonda boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Chink va chuqur botiqlar jarliklari.
Soni. Uzluksiz kamayib bormoqda. 1970-yillarda 100km masofada 240 ta voyaga yetganlari va 90 tagacha qòzichoqlari uchragan.
Yashash tarzi. Poda bòlib yashaydi, kichik masofalarga mavsumiy kòchadi. Juftlashish davri-oktabr-dekabrda. Mart-aprelda bolalaydi(1-2). Bolalari 1 yoshgacha onasidan ajralmaydi, 2-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Asosan òtsimon òsimliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Yashash joylarining òzlashtirilishi, insonlar va yirtqichlar ( bòri,it) tomonidan ta'qib qilinishi, brakonyerlik.
Kòpaytiish. Dunyo hayvonot boĝlarida kòpaytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan. Yashash joylarida muhofazasini, parvarishxonalarda kòpaytirishni tashkil qilish lozim.
Morxòr
Винторогий козёл (мархур)
Capra falconeri, ( Wagner,1839)
ssp. heptneri Zalkin, 1945
Maqomi. 1(СR): Butunlay yòq bòlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil ròyxatga kiritilgan.
Tarqalishi. Kòxitong, Boysuntov, Bobotoĝ t.
Òzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Tojikiston, Afĝoniston shimoli, Pokiston, Hindiston, Afĝoniston sharqida-boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Toĝlarining tosh-qoyali va siyrak archazorli yonbaĝrlari(d.s.b. 1500-2500). Yozda baland toĝ( alp) òtloqlarigacha(d.s.b.3000m) kòtariladi.
Soni. 1950-1970-yillarda keskin kamayib ketgan, keyinchalik muhofaza choralari tufayli asta-sekin barqarorlashdi. Hozirda taxminan 300-400 donasi mavjud ( Kòxitang t.-200 tagacha; Boysuntov t. -120 tagacha).
Yashash tarzi. Poda bòlib yashaydi, mavsumiy kòchadi. Juftlashish davri- noyab-dekavrda. Aprel-mayda bolalaydi(1-2). Bolalari bir yilgacha onasidan ajramaydi, 2-4 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Asosan òtsimon òsimliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Òtmishda (1950-1970 й.) - maxsus ovlanishi, hozirda- brakonyerlik, chorvachilikda yaylovlardan keng kòlamda foydalanish.
Kòpaytirish. Dunyoning hayvonot boĝlari vaparvarishxonalarida kòpaytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Surxon qòriqxonasida, Boysun va Hazrat bobo òrmon xòjaliklarida muhofaza ostiga olingan. SITESning 1-Ilovasiga kiritilgan. Hududiy muhofazasini kuchaytirish va tutqinlikda kòpaytirishni tashkil etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |