Sibir tog' echkisi - Capra sibirica Pall.Tog' echkisi Turkiston va Chotqol tog' tizmalarida uchraydi. Erkagining orqaga qayrilgan, 135 sm gacha bo'lgan uzun qilichsimon shoxlari rivojlangan. Erkagining massasi 120 kg gacha kеladi. Urg'ochilari sal kichikroq bo'ladi. Ularning shoxi ham uchi sal qayrilgan bo'lib, kaltaroq. Yozgi juni qo'ng'irnamo jigar rang, ikki yon tomoni sal oqishroq. Ba'zilarining qorni oqish bo'ladi. Rangi yoshi ulg'aygan sayin o'zgarib boradi va qari erkaklarida to'q qo'ngir bo'lib qoladi. Orqasida bilinar-bilinmas qora dog'i bor. Tog' echkisi tik qoya toshlar va o'pirilmalar ko'p bo'ladigan juda past-baland joylarda yuradi. Ko'pincha alp mintaqasida yashaydi. Qish oylarida bu echkklar tog'larning biroz pastki qismlariga ko'chib, yon bag'irlarga yoki shamol qorni uchirib kеtadigan joylarga tushib kеladi.Ertalabki va kеchki soatlarda o'tlaydi. Tunda borish qiyin bo'lgan daralardagi qoyalar orasida dam olib yotadi. Erta saharda bu hayvonlar soat 10—11 gacha o'tlaydi, kеyin suvlagani boradi. Katta-katta toshlar soyasida yoki qoyalar tagida dam olib, tunaydigan joylariga tomon asta-sеkin yurib kеladi. Yozda ular qo'ng'irbosh va boshqa o'tlar bilan oziqlanadi. Qishda archa ignabarglari va butalarni g'ajiydi. Voyaga yetgan erkaklari noyabr oyining o'rtalarida olishib, bir nеchta (ba'zan 10—15 ta) urg'ochisini o'ziga oladi va bopqa erkaklarini ularning yaqiniga yo'latmaydi. Urg'ochilari aprel-may oyarida bolalaydi. Odatda ikkita, goho bitta yoki uchta bola tug'adi). Bolalari ikki yoshli bo'lganidan kеyin voyaga yеtadi.
Tibetda yovvoyi qòylar va echkilar 6000 m dengiz sathidan balandlikda uchraydi. Eng kòp ovlanadigan darrandalarga juft tuyoqlilar kirib, ulardan 20 ta tur ovlanadi. Har yili gòshti va terisi uchun hamda har xil dorivor mahsulotlar olish uchun 500-600 ming atrofida tuyoqli darrandalar ovlanadi. Masalan, los, tònĝiz, kosulya, maral, shimol buĝusi va sayĝoqlar.
Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar inson hayotida ahamiyatga ega. Chòl qoramol zoti alohida diqqatga sazovordir, Kostroma, Yaroslavl, Xolmogor, Olatov sutli zotlari va boshqa bir qancha qoramollar oziq- ovqat manbai sifatida inson tomonidan foydalanilmoqda. Qoramollardan O'zbekistonda qora —ola, qizil dasht, bushuyev, simmental, shvis, Qozog'iston oqboshi, santa — gertruda, shortgom zotlariboqiladi. Bundan tashqari, Kostroma sutli va go'shtli zotlari, Yaroslavl sutli zoti, Xolm ogor sutli zoti, Olatov sutli zoti va boshqa bir qancha qoramol zotlari oziq —ovqat manbai sifatida inson tom onidan keng foylaniladi. Inson hayot faoliyatida sut emizuvchilarning ayrim turlari (ot, eshak, ho'kiz, it, fil) ish hayvonlari, sport va qo'riqchi hayvonlar sifatida katta ahamiyatga ega.
Xonaki q o ’ylar yovvoyi Yevropa qo'yi — muflondan kelib chiqqan. Xonakilashtirish natijasida qo'ylarning 150 ga yaqin zotlari yaratilgan. Bu zotlaming ichida Romanov qo'yi, merinos qo'ylaridan askaniya qo'yi, qozoq mayin junli qo'ylari, hisor qòi, qorakòl qo'ylari diqqatga sazovor.
Uy cho'chqasi hamma zotlarining ajdodi yovvoyi cho'chqa hisoblanadi.Kavsh qaytaruvchilar xo`jalikda katta ahamiyatga ega, asosiy chorva mollari sifatida go`shti, suti va terisi uchun boqiladi, yovvoyi turlari esa go`shti va terisi uchun ovlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |