1.5 Juft tuyoqlilar muhofazasi
Olimlarning hisoblashlaricha oxirgi 300 yil ichida,120 tur sutemizuvchi yer yuzidan qirilib ketgan.Hayvonlarnig kelajakda qirilib ketishini oldini olish uchun 1966 yilda jamoatchilik tashabbusi bilan «Xalqaro qizil kitob» nashr qilindi. 1978 yilda «SSSR Qizil Kitobi» (1984 yilda qayta nashr qilindi) va 1983 yilda esa « Òzbekiston Qizil Kitobi » yozildi. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya qilishning eng samarali choralaridan biri qòriqxonalar tashkil etishdir. Òzbekiston hududida 10 ta qòriqxona bor. Bularga Chotqol, Zomin, Zarafshon, Orol-Payĝambar, QiIqum, Nurota, Buxoro jayron pitomnigi, Hisor, Badaytòqay va Kòxitang qòriqxonalari kiradi.
Juft tuyoqlilarning ko`pchilik turlarining soni keskin kamayib bormoqda, ayrim turlari (jayron, zubr) faqat milliy bog‘larda saqlanib qolgan.O`zbekistonda Buxoro bug‘usi, ya`ni xongul, jayron, ustyurt qo`yi, ya`ni arxar, Buxoro qo`yi, Qizilqum arxari, buramashox echki, ya`ni morxo`r O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |