Sayĝoq (oq quyruq)
Saiga antelope
Saiga tatarica( Linnaeus 1766)
ssp. tatarica ( Linnaeus 1766)
Maqomi 3 (VI)): Zaif; qisqarib borayotgan kenja tur.TMXI Qizil ròyxatiga kiritilgan. [СВ А2асс1], {СГС А2асс!}.
Tarqalishi. Ustyurt yassi tekisligi, Orol dengizining sharq sohili, Vozrojdeniye yarim oroli.
Òtmishda: Shimoliy Qizilqumlar,Sirdaryo d. qayiri, shu jumladan Farĝona vodiysining tekis joylari. Òzbekistondan tashqarida: Qozoĝiston, Rossiya, Turkmaniston,Mòĝulistonda- boshqa, kenja turi.
Yashash joylari. Chòllar, yarimchòllar va saxrolar.
Soni. Òtmishda kòp bòlgan.
Sònggi 10 yill ichida soni 80% ga kamayib ketdi va kamayishi davom etmoqda. Qozoĝistonning shimoliy hududlaridan kòchib keladigan hayvonlar soni har yili ob-havo sharoitlariga boĝliq holda òzgarib turadi va 1000-7000 donani tashkil qiladi. Rezident guruhlar soni: Vozrojdeniye yarim oroli 200 dona, Orol dengizining sharq; sohili- 1500 dona.
Yashash tarzi. Poda bòlib yashaydi, mavsumiy kòchadi. Voyaga yetgan erkaklari òrtacha 10-15 tadan, maksimal 50 taga yaqin urĝochilardan haram tashkillashtiradi. Juftlashish davri- dekabr; aprel oxirida-may boshlarida bolalaydi. Urĝochilari 1-1,5 yoshda, erkaklari- 2-2'5 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Òtsimon òsimliklar, chòl yarim butalari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Brakonyerlik, yashash joylarining òzlashtirilishi va fragmentatsiyalanishi( chegaralab qòyilishi), yaylovlar sifatining pasayishi, ob-havo sharoitlari noqulayligi( sovuq qishlar, yozgi qurĝoqchilillar); yirtqichlarning quvlashi( bòri), kasalliklar.
Kòpaytirish. Rossiya, Xitoy va Ukrainada parvarishxonalar sharoitlarida kòpaytiriladi.
Muxofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. SITES ning I-Ilovasiga kiritilgan. Òzbekiston sayĝoqni saqlash, tiklash va barqaror foydalanish bòyicha hamjihatlik tòĝrisidagi memorandumga imzo chekdi. " Sayĝoq", qòriqxonasi hududida muxofaza ostiga olingan.
Brakonyerlikka qarshi kurashni kuchaytirish, yashash joylari muxofazasini yaxshilash, tarĝibot ishlarini olib borish, transchegaraviy hamkorlikni kuchaytiriah zarur.
Jayron
Gazella subgutturosa( Gueldenstaedt 1780)
ssp. subgutturosa ( Gueldenstaedt 1780)
Maqomi. 2( 711:0): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil ròyxatga kiritilgan[VII.
Tarqalishi. Ustyurt yassi tekisligi, Janubiy Orol bòyi, Qizilqum saxrosi, Kimirekqum, Sundukri, Yakkachakka qumliklari va Qarshi chòli, Surxondaryo viloyatining ayrim joylari. Hozirgj kunda arealbir qancha mayda populyatsiyalarga fragmentlashtirilgan, kòpchiligining bir-biri bilan aloqasi yòq.
Òzbekistondan tashqarida: Òrta Osiyo mamlakatlari, Qozoĝiston, Kavkazorti, Eron, Afĝoniston, Pokiston, Xitoy( Sinjon), Mòĝiliston.
Yashash joylari. Tekis yoki past baland chòllar, yarimchòllar va qir-adirlar, chòlga aylangan toĝ etaklari. Shaĝalli va sertuproq yerlarni afzal kòradi. Qishda ònqir-chòqir relyefli jolarda, yassi tekisligining daralarida va chuqurliklarida yashaydi; tòqayli òrmon chekkalariga, jarliklarga va tekisliklarga qirib keladi. Yashash joylariga bòlgan muhim talablar- suvloqlarning mavjudligi.
Soni: XXI asrning boshida soni 5-6mingta deb baholangan, ulardan Buxoro viloyatida1400-1600: massivlar Kòljòqtov-150-180, Qoratov 50-70, Kimirekqum 50-80, Sunduuqli- 80-100, Amudaryo Qismi-100-200 dona, "Jayron" ekomarkazi- 902, ekomarkazning ilmiy-amaliy qismi-39-45. Hozirda taxminan 4 mingta deb baholanishi mumkin.
Yashash tarzi. Poda hosil qiladi, kòproq, òtroq, yoki yarimòtroq bòlib yashaydi. Faqat arealning shimoliy qismlarida nomuntazam mavsumiy oòchib yuradi. Òtsimon òsimliklar bilan oziqlanadi. Noyabr-dekabrda juftlashadi, aprel-may oylarida bolalaydi(1-2,ba'zida-3); bolalari avgust-sentabrgacha onasidan ajramaydi, urĝochilari 7-8 oyda, erkaklari-18-19 oyda jinsiy voyaga yetadi, ammo jinsiy kòpayishda ilk bor, asosan, 2-3 yoshida ishtirok etadi.
Cheklovchi omillar. Yerlarning xòjalik maqsadda òzlashtirilishi, brakonyerlik, kòp qor yoĝishlari.
Kòpaytirish. Erksizlikda "Jayron" ekomarkazi, Qorakòl ovlash xòjaligi,Toahkent sh. hayvonot boĝi volyerlarida muvaffaqqiyatli kòpaytirilmoqda.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Tutqunlikda va yarimtutqunlik sharoitlarida kòpaytirish maqsadida " Jayron" Ekomarkazi tashkil qilingan. Qizilqum qòriqxonasida, Qarnabchòl, Muborak, Sechankòl, Dengizkòl, Qoraqir buyurtmaxonalarida muhofaza ostiga olingan. Hozirgi turar joylarda xòjalik faoliyatlarni olib boriahga taqiq, chek qòyish zarur: daydi itlarga qarshi kurashni kuchaytirish, qòy podalari yonida itlar sonini cheklashtirish. Jayronlar suv manbalariga yetib borish imkonini yaratish. Qizilqumda( Bòkantov, Qòljòqtov), Ustyurt yassi tekisligida qòshimcha qòriqxonalar tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |