Kabargalar (Moschidae) oilasiga bitta kabarga (Moschus moschiferus) turi kiradi. Kabargalar bug‘ularga yaqin turadi. Buĝulardan shoxi bo`lmasligi bilan farq qiladi. Kabargalar erkagining yuqori jag‘idagi qoziq tishi kuchli rivojlangan, og‘zidan tashqariga pastga qarab o`sib chiqqan. Tanasining uzunligi 1 m gacha, balandligi 65 sm va og‘irligi 17 kg gacha boradi. Kabarganing orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan birmuncha uzun. Shoxi yo`q. Qorin qismida hid chiqaradigan muskus bezi bor. Kabargalar Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. MDHda esa Uzoq Sharqda va Sharqiy Sibir tog‘larida yashaydi. Daraxtdagi va yer ustidagi lishayniklar bilan oziqlanadi. 1-2 ta bola tug‘adi. Muskus bezi va go`shti uchun ovlanadi. Oltoy, Sayan, Sharqiy Sibir va Uzoq Sharqda tarqalgan. Erkaklarining ustki jaĝida oĝzidan chiqib turuvchi keskin tishlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |