Jismonan yaxshi tayyorlangan shug‘ullanuvchilargina uch xatlab sakrash texnikasini o‘rganishi mumkin. Agar ular bundan oldin qisqa masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bilan shug‘ullangan bo‘lishsa, o‘quv jarayoni samarali o‘tadi.
Uch xatlab sakrash texnikasini o‘rgatish vazifalariga quyidagilar kiradi: 1-vazifa. SHug‘ullanuvchilarning uch xatlab sakrash texnikasi bilan tanishtirish, ularda yugurib kelish, «sapchish», «qadam» va «sakrash» to‘g‘risida tasavvur xosil qilish. 2-vazifa. Uch xatlab sakrashning qisqa yugurib kelishdan bajariladigan oddiy texnikasini o‘rgatish. 3-vazifa. «Sapchish» va «qadam»dan keyin erga tushish va depsinish uchun oyoqni to‘g‘ri qo‘yishni o‘rgatish. 4-vazifa. «Sapchish»ni «qadam»lab sakrash bilan bog‘lashni o‘rgatish. 5-vazifa. «qadam»ni «sakrash» bilan bog‘lashni o‘rgatish. 6-vazifa. Uchinchi «sakrash» texnikasini o‘rgatish. 7-vazifa. O‘rta masofada va uzoqdan yugurib kelib, uch xatlab sakrash ritmini o‘rgatish. 8-vazifa. YUgurib kelish texnikasini takomillashtirish va uning optimal uzunligini aniqlash. Depsinuvchi oyoqni taxtaga aniq tushiradigan bo‘lish. Uch xatlab sakrash texnikasini o‘rgatishning mazkur uslubiyati yosh sakrovchilarni tayyorlashning boshlang‘ich bosqichlarida zarurdir. Mashg‘ulotlar vaqtida sakrash xarakatining to‘g‘ri bajarilishini doimo nazorat qilib turish kerak. O‘quv mashg‘ulotlari tugagach, shug‘ullanuvchilar musobaqada o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari va erishilgan natijalarni qayd etishlari lozim. Bunda «sapchib sakrash» «qadam» uzunligini o‘lchash muximdir. Sakrash texnikasining kelgusida takomillashuvi shug‘ullanuvchilarning irodasi va jismoniy xislatlarini rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi. Uch xatlab sakrash texnikasini o‘rganish dastlab engillashtirilgan yaxlit sxemani o‘rganish, so‘ngra esa sakrovchini jismoniy tayyorgarlik darajasi o‘sib borishi asosida uning individual xususiyatlarini xisobga olgan xolda, shu sxemani mashq qilish jarayonida mukamallashtirishni o‘z ichiga qamrab oladi. YU.Verxoshanskiyning «Troynoy pro‘jok» kitobidagi ma’lumotlarga ko‘ra, yosh sportchi-sakrovchilar bilan ish olib borish vaqtida shu narsa aniqlandiki, sakrash sxemasini dastlabki o‘rganish jarayonini ikki bosqichda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lar ekan. Birinchi bosqich. Mazkur bosqich vazifasi – yaxlit sakrash sxemasini o‘zlashtirish uchun etarli darajada sakrash texnikasini asoslari va uning aloxida elementlarini o‘rganish. Sakrovchi tebranish xarakatlari yordamida xar ikkala oyoqdan itarilishni bajara olishi kerak, startdan tezlikni tez rivojlantirishni, yugurib kelishni turtki xarakatlari bilan birga bajarishni, parvozda turg‘un muvozanat saqlashni o‘rganish kerak. Bunga turli xil sakrash mashqlarini bajarish jarayonida erishiladi. Xar bir oyoqdan itarilish (yurishda qisqa va o‘rta masofada yugurib kelishda mashqni to‘g‘ri bajarishni nazorat qilish, buning uchun qo‘shimcha vositalarni qo‘llash).
Do'stlaringiz bilan baham: |