Kuch ishlatiladigan tayyorgarlik vositalari.
Kuch ishlatadigan tayyorgarlik mashqlari uch xatlab sakrashda bevosita ishtirok etuvchi asab mushak tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bunda asosiy e’tibor oyoqlar va gavdaning orqa tomon mushaklarning nisbiy kuchi yuqori darajadadir. Masalan, etuk sakrovchilar bosh uzra orqaga yadroni 16-17 m masofaga itqitadilar, 155-175 kg.li shtanga bilan o‘tirib tura oladilar.
Kuch ishlatiladigan tayyorgarlikda asosiy ish o‘rtacha va bir vaznlar bilan olib boriladi. Maksimal vaznli mashqlar davriy ravishda qo‘llaniladi. Kuch xislatlarini rivojlantirishda asosiy talab bajarish tezligini oshirish xisoblanadi.
Sakrovchi maxorati ortib borishi bilan uch xatlab sakrashda bevosita ishtirok etuvchi mashqlar guruxining kuch xislatlarini rivojlantirish vazifasini xal etish lozim bo‘ladi. Musobaqalar davrida asab-mushak tizimining tarangligi oshib boradi. SHuning uchun xam bu xolda katta tezlikda bajariladigan qisqa vaqtli yuklamali kuch ishlatiladigan mashqlar qo‘llaniladi. Bunday mashqlar organizmga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va kelgusida sakrash va kuch ishlatiladigan mashqlarni engil bajarishga yordam beradi. SHu bois, taniqli va kuchli sakrovchilar musobaqalardan oldin badan qizdirish vositasi sifatida qo‘l va kuch ishlatiladigan mashqlarni qo‘llaydilar.
Kuch ishlatiladigan tayyorgarligining zaruriy va tez-tez qo‘llaniladigan mashqlarni keltiramiz (mashqlarni bajarish amplitudasi va vazn sakrovchining tayyorgarlik xolatiga va boshqa omillarga bog‘liq xolda tiklanadi).
Gavdani shtanga, tosh ko‘targan xolda egilish va aylanish;
To‘p, yadro, tosh, to‘qmoq uloqtirish;
Siltanib va turtinib tortish – 80-125 kg;
SHtangani ko‘krak qafasiga ko‘tarib olish – 90-140 kg;
SHtanga, tosh yoki sherik bilan (70-145 kg) bitta va ikkala oyoqda sakrash;
Oldinga xamla qilish vaziyatida oyoqlar xolatini o‘zgartirib 60-80 kg.li shtanga bilan sakrash;
Tovon, boldir, qorin pressi va son mushaklarini mustaxkamlovchi mashqlar;
SHtanga bilan yugurish (60-65 kg, 50-10 m);
100-150 kg.li yuk bilan keng qadam tashlab yugurish 25-40 m;
Xar qadamda shtangani (70-75 kg) itarib chiqarish bilan yurish (75-100 m);
SHtanga bilan (4-45 kg) ikkala oyoqda va oyoqdan oyoqqa sakrash 25-30 m;
Gavdaning oldingi va orqa tomoni xamda oyoqlar mushaklarini mustaxkamlovchi mashqlar.
Kuch ishlatiladigan mashqlarni bajarishda gavdani to‘g‘ri vaziyatini, tos-son va tizza bo‘g‘imlarining bukilish burchaklarini saqlab qolish ayniqsa muximdir. CHunki, tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, mashq qilingan xarakatlar amplitudasi va burchaklarida kuch rivojlanishining maksimal samarasi namoyon bo‘ladi. Itarilish va uloqtirish xarakatlarini bajarishda trener oyoqlar, gavdaning orqa tomoni va elka kamari mushaklarini o‘zaro ta’sir etish izchilligiga e’tibor berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |