Oqsil gormonlar – ichki sekretsiya bezlarining bir qator mahsulotlari peptid va oqsil tabiatiga ega. Masalan, insulin, o`sish gormoni va boshqalar.Ular hujayra ichida va butun organizmda moddalar almashinuvini boshqaradilar.
Retseptorlik vazifasi – hujayra yuzasida va ichiga har xil regulyatorlar (gormonlar, mediatorlar, siklik nukleotidlar) ta’sirini tanlab o`tkazishi.
Tashish vazifasi – to`qimalar orasida va hujayra membranasi orqali moddalarni bog`lanishi hamda tashilishi. Qonda kislorodni tashish tamomila oqsil
– gemoglobin tomonidan bajariladi. Proteinlar qonda lipidlar, ba’zi gormonlar, vitaminlar, metall ionlari bilan kompleks hosil qilib, ularni tegishli to`qimalarga etkazadilar.
Struktura vazifasi – turli xil membranalar tuzilishida ishtirok etadi. Masalan, mitoxondriya, plazmatik membranani struktura oqsillari, hujayra skeleti, xromosomalar, membrana, ribosomalar, retseptorlar qurilishida boshqa moddalar bilan birgalikda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |