13.13. Markaziy va endokrin bez gormonlarini ta`sir qilish mexanizmi va biologik funktsiyalari
Kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqarishda ishtirok etadigan polipeptid gormonlar
13.13.1. Qalqonsimon bez gormonlari
Qalqonsimon bez modda almashinuviga 2 xil ta`sir etadigan gormonlarni ishlab chiqazadi. 1) Yodtironinlar - tiroksin va triyodtironin – organizm energiya almashinuviga, hujayralar o`sishi va diferentsirovkasiga ta`sir etadi.
2) Kaltsiotonin – qalqonsimon bezning S hujayralarida sintezlanib, kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi. Uning ta`sirida gipokaltsiyemiya kuzatiladi. 84 ta aminokislota qoldig`idan iborat bo`lgan oqsil, molekulyar massasi – 9800.
Hozirgi vaqtda kaltsiotonin sof holda hayvon va odam qalqonsimon bezi to`qimasidan ajratib olinib, aminokislota ketma-ketligi va kimyoviy sintezi to`liq o`rganilgan. Odam qalqonsimon bezi kaltsiotonining birlamchi strukturasi quyidagicha:
Yodtironinlar sintezi: Qalqonsimon bezda yodtironinlar sintezlanishi uchun qonda yod, bezning o`zida tireoglobulin bo`lishi zarur. Sintez bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Sintezlanayotgan gormon biogenezining ikkita turdagi genetik boshqaruv yo`llari bor: to`g`ri – ko`pchilik oqsil - peptidli gormonlar o`tmishdoshlarini polisomalardagi sintezi va vositali – steroid gormonlari, aminokislota unumlari va rilizing-faktorga o`xshash katta bo`lmagan peptidlarni ribosomalardan tashqaridagi sintezi. Birinchi usuldagi biosintezning genetik boshqaruvini printsipial sxemasi: gen — mRNK — progormon — gormon. Ikkinchi usulning sxemasi: gen — mRNK — fermentlar — gormon (in vitro sharoitidagi biosintez usullari — inkubatsiya — xromatografiya).
T3 va T4 biosintezi quyidagi bosqichlar bo`yicha qalqonsimon bez follikulalarida bajariladi:
1) qon yodidlarini bezda to`planishi va ularni elementar yodgacha oksidlanishi;
2) maxsus gormonal oqsil–tireoglobulin sintezi va undagi tirozin qoldiqlarini elementar yod bilan yodlanishi;
3) tireoglobulin molekulasida yodlangan tirozin qoldiqlaridan gormonal yodtironinlarning hosil bo`lishi:
4) tireoid gormonlarini oqsildan ajralishi.
Yodidlarning qondagi normal konsentratsiyasi - 0,1-0,5 mkg %. Odamni yodga bo`lgan sutkalik minimal talabi 50-75 mkg, optimal talabi 120 mkg ni tashkil qiladi. Yod yetishmasa bo`qoq rivojlanadi. Qalqonsimon bez gormonlari -yodtironinlar strukturasi organospetsifik oqsil–tireoglobulin ichki qismida, uning polipeptidi asosida hosil bo`ladi. Tireoglobulin - katta molekulali nordon (kislotali) glikoproteid, sedimentatsiya koeffitsenti 195,
mol. massasi ~ 670000. Gormon biosintezining boshlang`ich bosqichida tireoglobulin tarkibidagi tirozin qoldiqlari elementar yod bilan yodlanib, monoyod tirozin (MYT) va diyodtirozinlarga (DYT) o`tadi. So`ngra tireoglobulin tarkibida MYT DYT qoldiqlarini o`zaro kondensatsiyalanishi natijasida T3, ikkita DYT qoldiqlarini kondensatsiyalanishidan esa- T4 hosil bo`ladi. Keyinchalik tireoglobulin TTG ta`sirida proteolizga uchrashidan yodtironinlar ajralib chiqadi. Hosil bo`lgan tironinlarning miqdoriy nisbati T4/T3 4:1, ya`ni ularning biosintezlanish darajasiga to`g`ri keladi.
Proteazalar yordamida gidrolizlangan tireoglobulindan ajralib chiqqan tiroksin va triyodtironin faol gormon ko`rinishida qonga o`tadi. Qonda tiroksin biriktiruvchi oqsillar – globulin, albumin va prealbuminlar bilan kompleks hosil qilib, pereferik to`qimalarga tarqaladi. T3 ni oqsillar bilan bog`lanishi T4 ga nisbatan 3-5 marotaba kam, ammo T3 ni biologik effekti T4 dan 3-5 marotaba kuchliroq. T3 va T4 sintezi va sekretsiyasi gipofizar tireotropin bilan boshqariladi. Bir sutkada odam organizmidan 55 mkg T3 va 110 mkg T4 ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |