Jo`rayeva A



Download 26,61 Mb.
bet233/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

13.12.3. Ca2+ yordamida gormonlar almashinuvini boshqarilish mexanizmi
Gormonal effektni kuchaytirishning boshqa muhim yo`li plazmatik membranani «sekinlashgan» Ca-kanallarini faollanishi - gormonal vositachi sifatida Ca2+ ionlarini kiritishdir. Neyrogumoral faktorlar ta`sirida Ca2+ ionlarini katta miqdorda hujayraga kirishi natijasida sitozoldagi Ca2+ miqdori 10-8 – 10-7 dan 10-5 mol/l gacha ortadi.
Ca2+ yo`li mexanizmi ishtirokida insulin, STG va mediatorlar sifatida glikopeptidlar ta`sir qiladi.
Plazmatik membranalarning «sekinlashgan» Ca-kanallarining strukturasi, va ularning gormon - retseptor komplekslari bilan o`zaro ta`siri hozircha aniqlanmagan. Ca-kanallarini faollanishi plazmatik membrananing fosfolipid komponenti - fosfatidil - inozitolni parchalanishi bilan kuzatiladi, deb taxmin qalinmoqda. Ca2+ ionlari ta`sir mexanizmi asosini maxsus Ca-bog`lovchi oqsil - kalmodulin tashkil etadi. Proteinkinazalar sAMF effektlariga vositachilik qilgani kabi, kalmodulin Ca2+ effektlarining universal vositachisi vazifasini bajarsa kerak. CaM (kalmodulin) - gidrofil oqsil, mol. massasi - 16500, 148 ta aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan. Oqsilning fosforlangan ko`rinishi sitozolda, fosforlanmagan ko`rinishi esa hujayra membrana oqsillari bilan bog`lanadi.
CaM ko`pchilik to`qimalarda sAMF - fosfodiesterazalarini 10 barobar faollashtiradi, natijada gormonlar ta`sirini sAMF yo`li chegaralanadi. Ca2+ Mg2+ - CaM effektlari Ca2+ ga bog`liq proteinfosfokinazalar vositasida amalga oshiriladi. Lipomodulin kinaza – plazmatik membranalar oqsili bo`lib, fosfolipazalar faolligini boshqaradi.
13.12.4. Gormonlarning sitozolli ta`sir etish mеxanizmi
Ushbu tipdagi ta`sir etish mexanizmi plazmatik mеmbranalarning lipid qatlami orqali o`ta oladigan gormonlar (stеroid va tiroid gormonlari) uchun xosdir. Steroid gormonlari hujayra ichiga o`tib, sitozoldagi rеtsеptorlar bilan komplеks hosil qiladilar va shu orqali gormon–hujayra metabolizmiga boshqaruvchi ta`sir ko`rsatadi. Sitorеtsеptorlar oqsil bo`lib, o`z gormonlari bilan stereokimyoviy bog`lanadi. Faol holatidagi gormon-rеtsеptor komplеksi hujayrada fеrmеntlar miqdorini boshqaradi, yadroda xromosoma (gеnlar) faolligiga tanlab ta`sir etib, hujayra funktsiyasi va modda almashinuvini o`zgartiradi. Hujayra ichiga o`tgan gormon fеrmеntlar miqdorini rеgulyatsiya qilish mеxanizmida qatnashganligi uchun bunday ta`sir turini – to`g`ri ta`sir etish dеyiladi.
Steroidli gormonlar va tiroksin hujayra mеmbranasi orqali sitozolga o`tib, undagi rеtsеptorlar bilan birikadi va ular orqali hujayra mеtabolizmiga boshqaruvchi ta`sir ko`rsatadi. Gormon sitoplazmada sitorеtsеptor molеkulasini qayta qurishdan iborat bo`lgan faollanishga uchraydi. Faollashgan gormon-rеtsеptorli komplеks yadro mеmbranasidan xromosoma yadrosiga o`tish xususiyatiga ega va u bilan o`zaro bog`lanadi. Xromatinni boshqaruvchi gistonlar yoki giston bo`lmagan oqsillar DNK bilan bog`lanib, hujayra bo`linishini, o`sishini, transkriptsiya va spеtsifik oqsil sintеzini boshqaradi.


Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish