Jo`rayeva A



Download 26,61 Mb.
bet32/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Albuminlar – molekula og`irligi uncha katta bo`lmagan (15 – 70 ming) oqsillar. Ularning tarkibidagi katta miqdordagi glutamin kislotasi hisobiga manfiy zaryadli, kislotalik xossasiga ega (izoelektrik nuqtasi 4,7). Ular kuchli gidratlangan oqsillar bo`lganligi sababli, suv tortib oluvchi moddalar bo`lgandagina cho`kmaga tushadi. Yuqori darajada adsorbtsiya qilish albuminlarga xos xususiyat bo`lib, ular qutbli va qutbsiz molekulalarni adsorbtsiyalaydi. Qon plazmasi albuminlari turli moddalarni nospetsifik adsorbtsiyalashi tufayli muhim fiziologik funksiya – tashish vazifasini bajaradi.
Albuminlarning asosiy vakillari: sut albumini, tuxum albumini, zardob albumini, leykozin (bug`doy donidan olingan albumin)dir.
Kimyoviy tarkibiga ko`ra albuminlar leytsinni miqdorini ko`p bo`lishi (15%) bilan tavsiflanadi. Albuminlarning asosiy vazifasi – osmotik jarayonlarni boshqarish va tashish. Albuminlar miqdorini kamayishi lipidlar tashilishini buzilishiga sabab bo`ladi. Ular shuningdek qon plazmasi tarkibidagi Ca2+ ionlari, steroid gormonlar, ayrim dori preparatlari -dikumarin, penitsillin, aspirin bilan kompleks hosil qilib, ular miqdorini boshqarishda ishtirok etadi.
Globulinlarning molekula og`irligi albuminlarga qaraganda kattaroq (100000 dan yuqori). Albuminlardan farqi toza suvda erimaydi; kuchsiz (suyultirilgan) tuzli eritmalarda eriydi. Globulinlar kuchsiz kislotali yoki neytral (izoelektrik nuqtasi pH 6-7,3 oralig`ida) va kuchli gidratlangan oqsillar bo`lganligi sababli ammoniy sulfatning kam kontsentratsiyali eritmalarida cho`kadi.
Asosiy vakillari: mushak miozinogeni, kanop urug`i - edestin, no`xatdan olingan- legulin oqsili, tuxum sarig`i globulini, qon zardobi globulini va boshqalar.
Globilinlar kimyoviy tarkibini ko`prog`ini glitsin (5% atrofida) tashkil etadi. Qon zardobi oqsilini elektroforez usulida taqsimlaganda quyidagicha fraktsiyalarga ajraladi: albiminlar 54-58%, globilinlar fraktsiyasi esa bir necha fraktsiyalarga ajralgan: α1-globulinlar (6-7%), α2-globulinlar (8-9%), β-globilinlar (13-14%), γ-globulinlar (11-12%).
Protenoidlar – tayanch to`qimalar oqsilli, asosan suyak, tog`ay, pay, bog`lam, muguz, tirnoqda uchraydi. Ularning hammasi fibrillyar oqsillarga (fibroin, kollagen, keratin, elastin) mansub bo`lib, faqat maxsus erituvchilarda eriydi. Tolali tuzilishdagi bu oqsillar – amorf xossali, qisqarish va bo`shashish qobiliyatiga ega.
Peptidlar. Tirik organizmda ko`plab peptidlar ham aniqlangan. Ular oqsil strukturasi bilan bog`lanmagan – erkin holatda uchraydi. Tabiiy peptidlarga bo`lgan qiziqish ularning yuqori darajadagi biologik faollikka ega ekanliklari bilan bog`liq. Ularning ko`pchiligi kuchli farmakologik faollikka ega bo`lganligi uchun dori vositasi sifatida qiziqish uyg`otadi. Tabiiy peptidlar ta’sir qilish xususiyati va kelib chiqishi bo`yicha bir necha guruhlarga bo`linadi: gormonal faollikka ega bo`lgan peptidlar (vazopressin, oksitotsin, kaltsitonin, glyukagon, kortikotropin); boshqaruvchi peptidlar (gipotalamus peptidlari – liberinlar va statinlar; mushak peptidlari – anserin va karnozin); miyadagi neyropeptidlar (enkefalin, endorfin, skotofobin, xotira va uyquning peptidi); ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi peptidlar (gastrin, sekretin), to`qima gormonlari (angiotenzin, bradikinin, kallidin, atriopeptidlar), antibiotiklar (A, B, C gramitsidinlar va D aktinomitsin); alkoloidlar (ergotamin, pandamin). ko`rinib turibdiki, ko`pchilik peptidlarning biologik faolligi ularning boshqaruvchilik vazifasi bilan bog`liq.
Ayrim peptidlar bir qator muhim va qiziqarli vazifalarni bajaradi: uyquni induktsiyasiga javobgar gormonlar; xotira, aqliy rivojlanish, shartli reflekslarni ishlab chiqilishida ishtirok etuvchi peptidlar ochilgan; hozirda insonning ruhiy faoliyatining normaga nisbatan o`zgarishi bilan miyadagi ayrim peptidlarning miqdori o`rtasida bog`liqlik mavjudligi kuzatilmoqda.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish