Jo`rayeva A


Xolesterinning ahamiyati quyidagilardan iborat



Download 26,61 Mb.
bet179/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Xolesterinning ahamiyati quyidagilardan iborat. 1. Biologik membranalar tarkibiga kiradi. 2. Jigarda xolesterindan o`t kislotalari hosil bo`ladi. 3. Buyrak usti bezining po`stloq qavatida va jinsiy bezlarda xolesterindan steroid gormonlar sintezlanadi. 4. Terida xolesterindan xolikaltsiferol, yani vitamin D3 hosil bo`ladi.
Ateroskleroz xolesterin almashinuvini buzilishi oqibati bo`lib, tomir devorida xolesterin to`planadi, va atrofida biriktiruvchi to`qima hosil bo`ladi. Tomirning ana shu qismida kaltsiy tuzlari yig`ilishi natijasida tomir elastikligi yo`qolib, qalinlashadi, toqimalarni qon bilan ta`minlanishi kamayadi. Xolesterin to`plangan joyda tromblar – qonni ivib qolishi yuzaga kelishi mumkin.
11.6. Lipidlar almashinuvining boshqarilishi
Organizm to`qimalarida lipidlar almashinuvi nеyrogumoral yo`l bilan va organizmga kiritilayotgan ovqat tarkibidagi lipidlar miqdori bilan boshqariladi. Katta miqdorda uglevod va triatsilglitserinlar iste`mol qilinganda yog` to`qimasida endogen triatsilglitserinlarni sarflanishi kamayadi. Bundan tashqari uglevodlardan turli xil lipidlar hosil bo`lishi mumkin. Organizmda endogen xolesterin sintezi ovqat tarkibidagi ekzogen xolesterin miqdori bilan boshqariladi. Qanchalik xolesteringa boy oziqa iste`mol qilinsa, jigarda xolesterin hosil bo`lishi shunchacha kamayadi. Chunki endogen xolesterin mevalon kislotasidan hosil bo`lgan skvalenni lanosteringa o`tishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Organizimda lipidlar almashinuviga ovqat tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalarining ta`siri ham katta. Odam och qolganda yog` to`qimasidagi TG lar parchalanishi oshadi, xolesterin biosintezi esa kamayadi.
Lipidlar almashinuvini nеrv–gumoral boshqarilishi yog` to`qimasidagi TG larni parchalanishi va sintezi orqali namoyon bo`ladi. TG lar parchalanishini quyidagilar kuchaytiradi:
1. Simpatik nerv sistemasining mediatorlari – noradrenalin va adrenalin ta`sirida triglitseridlipaza faolligini ortishida. Adrenalin ta`sirida yog` depolaridan yog`larni chiqishi kuchayadi va plazmada lipidlar miqdori ortadi, keyinchalik ularni oksidlanishi kuchayadi.
2. Gormonlar: AKTG va glyukokortikoidlar jigarda yog`lar parchalanishini tezlashtiradi va yog`larni yog` depolaridan mobilizatsiya qiladi. Qalqonsimon bez gormoni – tiroksin qondagi yog`larni metabolizmini tezlashtirib, lipidlar konsentratsiyasini pasaytiradi.
Jinsiy bez gormonlari ham yog` almashinuviga ta`sir etadi. Estrogenlar jigarda va yog` to`qimalarida yog` sintezini tezlashtirsa, insulin yog` kislotalari parchalanishini tormozlab, sintezini oshiradi
Hujayrada yog`larni gormonal boshqaruviga misol tariqasida –hayajonlanish gormoni adrenalin hujayra yuza qismidagi retseptor bilan bog`lanib, gormon – retseptor kompleksini hosil qilishi va membrana ichidagi ferment adenilatsiklazani faollanishiga olib kelishini ko`rsatsa bo`ladi. Hujayra ichida faol adenilatsiklaza ATF molekulasini parchalab, siklik AMF /sAMF/ hosil qiladi, sAMF esa hujayra ichidagi faol bo`lmagan proteinkinazani faollaydi. O`z navbatida faol proteinkinaza hujayra ichidagi triglitseridlipaza fermentini fosforlash orqali, barcha ma`lum yog`larni katabolizmini stimullaydi.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish