Jo`rayeva A


Xolеstеrinning biosintеzi



Download 26,61 Mb.
bet178/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

11.5. Xolеstеrinning biosintеzi
Xolesterinning murakkab molekulasi butunlay atsetil – KoA ning atsetil qoldiqlaridan hosil bo`ladi. Xolеstеrin organizmda ko`pchilik biologik faol moddalar; jinsiy bеz gormonlari, buyrak usti bеzi gormonlari, terida–xolikaltsiferol–vitamin D3, o`t kislotalari biosintеzi uchun xomashyo vazifasini o`taydi.
Jigar, miya, jinsiy bezlar, buyrak usti po`stlog`i va boshqa organlar hujayralarida xolesterin sutkasiga 0,8 – 1,5g miqdorda doim sintezlanib turadi.
Xolеstеrin turli organ hujayralarining endoplazmatik to`ri va sitoplazmasida atsеtil–KoAdan sintеzlanadi. Katta yoshdagi odamlarda xolesterinning asosiy qismi jigarda sintezlanadi. Sintez asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich. Atsetil-KoA dan mevalon kislotasining hosil bo`lishi. Xolesterin sintezi 3 molekula atsetil – KoA kondensatsiyasidan ( birin – ketin birikishi) hosil bo`lgan oraliq mahsulot – mevalon kislotasidan boshlanib, bir qator bosqichlardan so`ng uning siklik shaklli – skvalen hosil bo`ladi va u keyinchalik xolesteringa aylanadi. 11.1-rasmda xolesterinni bir necha bosqichlari asosida sintezlanishini umumiy tasviri keltirilgan.


Ushbu reaktsiya NADF ga qaram boshqaruvchi ferment gidroksimetil-glutaril-KoA-reduktaza (GMG-KoA-reduktaza) ishtirokida kechadi. Mevalon kislotasini β–gidroksi–β–metilglutaril–KoA dan hosil bo`lishi qaytmas reaktsiya bo`lib, xolesterin biosintezini boshqarishda katta ahamiyatga ega.
2-bosqich. Mevalon kislotadan skvalenni hosil bo`lishi. Mevalon kislotasini bir qator fermentativ o`zgarishlaridan keyin karboksil guruhi ajralib, skvalenga, skvalen esa lanosteringa o`zgarib, so`ngra u xolesteringa o`tadi.

3-bosqich. Skvalenni xolesteringa aylanishi. Skvalenoksidotsiklaza ta`sirida siklik lanosterin (C30) hosil bo`ladi. Skvalen → lanosterin → Xolesterin
11.1-rasm.Xolesterin biosintezining umumiy sxemasi

Xolesterinni asosiy qismi – taxminan 80% jigarda, ikkinchi o`rinda - 10% ga yaqini ingichka ichak to`qimalarida, qolgan taxminan 5% xolesterin teri


hujayralarida sintezlanadi. Xolesterin biosintezi amalga oshishi uchun kerak bo`lgan fermentlar organizmning barcha hujayralarida mavjud. Bir kecha – kunduzda sintezlanadigan xolesterin miqdori taxminan 1 g ni tashkil qiladi.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish