Oqsillarning murakkab tuzilish darajasi.
Ayrim tabiiy polipeptidlar (faqat
bir xil aminokislotdan tashkil topganlari) va sun’iy usulda olingan polipeptidlar
yuqori molekula og`irligiga ega bo`ladi, lekin ularni oqsillarga kiritib bo`lmaydi.
Ularni oqsillardan farq qilishda oqsillarning denaturatsiyasi, ya’ni moddalarning
ta’siri natijasida oqsillarning peptid bog`larini saqlab qolgan holda fizik-
kimyoviy, asosiysi biologik vazifalarining buzilishi xususiyati oqsillarning noyob
belgisi sifatida yordam beradi. Denaturatsiya xususiyati oqsil molekulasining
murakkab fazoviy tuzilishini anglatib, bunday xususiyat oddiy polipeptidlarda
namoyon bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |