Qidir Gravimetriya



Download 59,6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.06.2022
Hajmi59,6 Kb.
#658934
Bog'liq
Gravimetriya - Vikipediya



Qidir
Gravimetriya
Gravimetriya (
lotincha
: gravis — ogʻir va ...metriya) — tor maʼnoda ogʻirlik kuchini oʻlchash
usullari haqidagi fan. Keng maʼnoda (Nyuton mexanikasi doirasida) Yerning ogʻirlik kuchi
maydonini, Yer shaklini aniqlash maqsadida uning fazoviy oʻzgarishini, Yerning ichki tuzilishini,
uning ustki qismi geologik tuzilishini, baʼzi navigatsiya masalalarini yechish va b.ni oʻrganish bilan
shugʻullanadigan fan. Ogʻirlik kuchi — Yerning soʻtkali aylanishidan hosil boʻladigan gravitatsion
tortishuv va markazdan qochma kuchlaridan iborat. Ekvatorda markazdan qochma kuch
gravitatsion tortishuv kuchiga karaganda 288 baravar kichik, qutbda nolga teng. Shu sababli,
tortishuv kuchining qiymati, asosan, Yerning zichligiga, shakli va oʻlchamiga bogʻliq.
G.da tekshiriladigan asosiy fizik kattalik ogirlik kuchi tezlanishi g dir. Ogʻirlik kuchi tezlanishini
birinchi marta (taxminan 1590-yil). G. Galiley aniqlagan. Bu kattalikning oʻzgarishi geografik
kenglikka bogʻliq. Son qiymati jismning erkin tushish tezlanishi g ga teng boʻlgan ogʻirlik kuchi
kuchlanganligi (kuchning massa birligiga nisbati) Gallarda oʻlchanadi: 1 Gal=10^2 s/s2; uning
1000 dan bir ulushi milligal (mGal) deyiladi. Yer sirtida g ning qiymati 978,0 Gal dan (ekvatorda)
983,2 Gal gacha (qutblarda) oʻzgaradi. Ogʻirlik kuchi tezlanishi asosan gravimetrlarda oʻlchanadi.
Okeandagi gʻalayonlanmagan suv sathiga mos kelgani (W = W) geoid deyiladi va uni Yerning
shakli sifatida qabul qilinadi. Qulaylik maqsadida ogʻirlik kuchi (gravitatsiya) maydonini, sayyora
sirti boʻyicha qonuniy oʻzgara boruvchi u normal qismga hamda real g va normal tashkil
qiluvchilar orasidagi ayirmadan iborat boʻlgan anomal (ogʻirlik kuchi anomaliyasi deb yuritiluvchi)
Ag = g—u ga ajratiladi. Normal qismini odatda real Yer bilan birday massaga va aylanish tezligiga
ega boʻlgan hamda geoidga eng koʻp yaqin boʻlgan bir jinsli aylanish maydoni sifatida tasavvur
qilinadi.
1971-yilda Xalqaro gravimetrik sistema qabul qilingan. Unga koʻra ogʻirlik kuchining formulasi
1967-yildagi gravimetrik va sunʼiy yoʻldoshlar kuzatishlari majmuasi asosida hisoblangan


doimiylar bilan birga quyidagi koʻrinishga ega: u =978031,8(1+0,005302sin2(p
-0,0000059sin22(p) mGal.
Yer ogʻirlik kuchi maydoni normal tashkil qiluvchisining toʻliq oʻzgari-shi = 5,2 Gal. Yerda ogʻirlik
kuchi anomaliyalari (2—4) 102 mGal ga yetadi, markazdan qochma kuch hisobiga ogʻirlik kuchi
oʻzgarishi =3,3 mGal, Yerning bosiqligi tufayli ogʻirlik kuchi oʻzgarishi =1,8 mGal, ogʻirlik kuchinig
balandlik boʻyicha oʻzgarishi 1 m ga 3-10~’ mGal, Oy — Quyosh gʻalayonlanishlarining eng katta
qiymati =2,4-10 ʻ mGal.
G. yordamida neft-gaz tuzilmalari, boyliklari izlanadi va tekshiriladi. Yerning deformatsiyasi
Yerning qovushoqlik xususiyatlariga bogʻliqdir. Ushbu deformatsiyalarni oʻlchash orqali Yer ichki
qatlamlarining qovushoqligi hamda ichki tuzilishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Muayyan r-
nning gravitatsion maydoni qiymatlarining oʻlchovlari yigʻindisi gravimetrik sʼyomkadir.
Gravimetrik sʼyomkada mayatnikli asboblar, gravimetrlar, gravitatsiya variometrlaridan
foydalaniladi. Toshkent astronomiya rasadxonasida 1901-yildan boshlab gravimerik tadqiqotlar
olib borilgan, natijada mingdan ortiq gravimetrik punktlar aniqlangan.
Sayyoralararo kosmik apparatlarning paydo boʻlishi G.ning qoʻllanish sohasini kengaytirdi.
Tushiriluvchi kosmik apparatlar ogʻirlik kuchini bevosita Oy sirtida, Mars va Veneraning sunʼiy
yoʻldoshlari esa bu sayyoralar atrofida oʻlchadi. Keyingi yillarda Yupiter va Saturnning
gravitatsion maydonlarini tadqiq qilish boshlandi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gravim
etriya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 2 kun avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Gravimetriya&oldid=2549386

dan olindi

Download 59,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish