115
Moddalar almashinuvi bir-biriga uzviy bog`liq va qarama-qarshi ikkita katta
jarayonni o`z ichiga oladi. Bu katabolizm va anabolizm.
Katabolizm – yirik organik molekulalarning mayda molekulalarga
parchalanishi va ularning oxirgi mahsulotlari: suv, karbonat angidridi, ammiak,
siydikchil, kreatinin, siydik kislotasi va boshqalarga aylanishi.
Anabolizm – oddiy molekulalardan murakkablarining sintezi, ya’ni bu
jarayon murakkab kimyoviy jarayon bo`lib, buning
natijasida tashqi muhitdan
kirgan organik va anorganik moddalardan organizmning o`ziga xos bo`lgan
oqsillar, nuklein kislotalar, yog`lar, uglevodlar va boshqa moddalar hosil
bo`lishidir. Bu jarayon organizmning o`sishini, rivojlanishini, yangilanishini
ta’minlaydi.
Katabolizm energiya ajralishi bilan boradigan jarayon bo`lib, undan ajralgan
energiya ATF ko`rinishida to`planishi mumkin. Anabolik
jarayonlarda esa ATF
sarflanib, undan ADF va H
3
PO
4
hosil bo`ladi. Aytish mumkinki, ATF
metabolizmning ikkita yo`lini bog`lovchi energetik bo`g`indir. Lekin ATF 2 ta
yo`lni tutashtiruvchi yagona komponent emas, undan tashqari boshqa
makromolekulalar va monomerlar katabolizmida
oddiyroq metabolitlar hosil
bo`lib, ular anabolizm, ya’ni moddalar sintezi uchun boshlang`ich material sifatida
ishlatiladi. Moddalarning parchalanishi va sintetik yo`llarini birlashtiruvchi bu
bog`lovchi yo`l yoki siklga amfibolik yoki ikki tomonlama deb aytiladi. Demak,
katabolik va anabolik yo`llar faqat ATF-ADF energetik sistemasi bilan emas, balki
umumiy metabolitlar orqali ham bog`langan. Biosintez uchun kerak bo`lganda
oddiy oraliq moddalardan foydalaniladi va bunday holatlarda ularning tashqaridan
kirishiga zarurat qolmaydi. Amfibolik yo`l moddalarning terminal yoki oxirgi
oksidlanish sistemasi bilan bog`liq bo`lib, unda bu moddalar ko`p miqdorda
energiya hosil qilgan holda oxirgi mahsulotlar – karbonat
angidrid va suvgacha
parchalanadi. Bulardan tashqari aminokislotalar va nukleotidlar almashinuvining
maxsus reaktsiyalarida hosil bo`ladigan siydikchil va siydik kislotasi ham
metabolizmning oxirgi mahsulotlari hisoblanadi.
Katabolik va anabolik jarayonlar borishi natijasida hujayraning molekulyar
komponentlari yangilanib boradi. Shuningdek,
katabolizm va anabolizm
yo`llarining mustaqilligini ham ta’kidlash lozim. Agar bu yo`llar faqatgina
yo`nalishi bilangina farq qilganda edi, unda moddalar almashinuvida foydasiz
sikllar yuzaga kelgan bo`lar edi. Bunday sikllar patologiyada mavjud bo`lib, unda
metabolitlarning foydasiz aylanishi amalga oshishi mumkin. Bunday holatlar
bo`lmasligi uchun hujayradagi moddalarning sintezi
va parchalanishi avvalo
chegaralar
bilan
ajratilgan.
Masalan,
yog`
kislotalarning
oksidlanishi
mitoxondriyalarda, ularning sintezi esa mitoxondriyadan tashqarida, ya’ni
mikrosomalarda amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: