Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

13.4. 
Gen 
faolligining 
boshqaruvchilari. 
Ma’lumki, 
xromatin 
strukturasining tuzilishida DNK gistonlar, giston bo`lmagan oqsillar va kam 
miqdorda RNK bilan kompleks holida uchraydi. Mulohazalarga ko`ra, xromatin 
oqsillari faqat struktura emas, balki DNK ga bog`liq RNK-polimeraza yordamida 


108 
xromatinning ma’lum bir genlarining transkriptsiyasini yengillashtirib yoki 
qiyinlashtirgan holda boshqaruvchi vazifasini ham bajaradi. 
Gistonlar transkriptsiyaning salbiy boshqaruvchilari bo`lib hisoblanadi 
(bakteriyalardagi repressorlarga o`xshash). Ular musbat zaryadga ega bo`lgan 
holda DNK ning manfiy zaryadlangan fosfat qoldiqlari bilan bog`lanadi va 
transkriptsiyani blokirlaydi, ya’ni nusxa ko`chirish uchun DNK qismlarini matritsa 
sifatida ishlatilishiga yo`l qo`ymaydi. Transkriptsiyaning deblokirovkasi yoki 
derepressiyasi DNK bilan gistonlarning bog`i kuchsizlanganda ro`y beradi. 
Gistonlar xromatin transkriptoni boshqarilishida ishtirok etadi, ammo ular 
gen boshqarilishining o`ziga xosligi (spetsifikligi)ni ta’minlay olmaydilar. 
Giston bo`lmagan oqsillar judayam xilma-xil, shuning uchun ular 
transkriptsiyaning o`ziga xos boshqaruvchilari vazifasini bajaradi deb hisoblanadi. 
Bunday oqsillar o`zida manfiy zaryad saqlab, DNK ning istalgan qismi bilan emas, 
balki spetsifik qismi bilan bog`lanadi. Giston bo`lmagan oqsillar ijobiy 
boshqaruvchilar hisoblanib, DNK bilan bog`langan joylarida transkriptsiyani 
yengillashtiradilar. Ammo bunday oqsillarning transkriptsiyaga ta’sir mexanizmi 
aniqlanmagan. Bunda ayniqsa, fosforillangan giston bo`lmagan oqsillar samarali 
ravishda transkriptsiyani faollaydilar. 
Shunday qilib transkriptsiyani boshqarilishida gistonlar RNK sintezini 
ingibirlaydilar, giston bo`lmagan oqsillar esa bunga qarshilik qiladilar. 
Transkriptsiyani uchinchi tur boshqaruvchilari past molekulali turg`un yadro 
RNK si (vektor RNK) ning molekulalari bo`lib, doimo yadroda joylashadi va oqsil 
bilan kompleks holda uchraydi (RNP). Bunday ribonukleotid transkriptonlarning 
aktseptor qismiga komplementar o`zaro ta’sir yo’li bilan genlarga tanlab ta’sir 
o`tkazadi. Bunday molekulalarning boshqaruvchilik vazifalari o`rganilmoqda. 
Translyatsiyadan so`ng boshqarilish initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiya 
bosqichida bo`lib, ular har xil oqsil faktorlari va mRNK ga translyatsiya 
protsessingiga ta’sir etuvchi ingibitorlar ta’siri ostida bo`ladi. 
Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida odam organizmiga ta’sir etmay, 
bakteriyalarda nuklein kislota va oqsil biosintezi jarayonini tormozlovchi ko`pgina 
antibiotiklar qo`llaniladi. Antibiotiklar nuklein kislotalar va oqsil biosintezining 
muhim reaktsiyalariga ta’sir etadilar. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish