Energiyaning biokimyoviy jarayonlarga o`tkazilishi.
Hayot faoliyati
natijasida hujayraga kiradigan kimyoviy moddalar energiyasining uzluksiz
taqsimlanishi amalga oshib turadi. ATF ning maxsus fosfat bog`larida
energiyaning to`planishi energiyaning tirik hujayraga o`tkazilishi mexanizmi
asosida yotadi. Tirik hujayra – muvozanatlashmagan kimyoviy sistema bo`lib,
undagi ATFda to`planadigan kimyoviy energiya oziq moddalarning parchalanishi
hisobiga ajralgan energiyadan hosil bo`ladi.
Hujayrada ATF energiyasi o`tkazilishining 3 ta turi mavjud: kimyoviy
bog`lar energiyasi, issiqlik energiyasi va ish bajarish uchun sarflanadigan energiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |