Qonning zararsizlantiruvchi funktsiyasi.
Bu funktsiya qonga tushadigan
zaharli moddalarning zararsizlantirilishi va zaharining pasaytirilishini ta’minlaydi.
Zararsizlantirish zaharli moddalarning ajralishi, ularning plazma albuminlari bilan
bog`lanishi hisobiga amalga oshadi. Bunday passiv holda zararsizlantirishdan
tashqari qonda plazma va qon hujayralaridagi fermentlar yordamida faol ravishda
qonda zararsizlantirish ro`y beradi. Masalan, alkogoldegidrogenaza yordamida
alkogolning, aminooksidazalar yordamida aminlarning zararsizlantirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |