267
zaharli ta’sirdan va boshqa eritrotsitga oksidlovchi sifatida ta’sir qiluvchi moddalar
ta’siridan saqlanishi uchun ATF energiyasidan tashqari NADH
2
va NADFH
2
kofermentlari zarur. Eritrotsitlarning bu omillarga bo`lgan ehtiyoji eritrotsitlarda
kechadigan anaerob glikoliz va glyukozaning pentozofosfat yo`li bilan
parchalanish jarayonlari hisobiga ta’minlanadi.
Gemoglobinning tarkibidagi temir Fe
+2
holatda bo`ladi. Kislorod va boshqa
oksidlovchi ta’sirida gemoglobin tarkibidagi temir oksidlanib, Fe
+3
holatga o`tishi
mumkin. Bunday gemoglobin metgemoglobin deyiladi.
Metgemoglobin kislorod
bilan birikmaydi. Qon tarkibida metgemoglobinning ko`proq to`planishi
kislorodni to`qimalarga tashilishini izdan chiqaradi, bu esa o`limga olib boradi.
Organizmda har kuni gemoglobinning 0,5% i metgemoglobinga aylanadi va
buning samarasida kislorodni faol shakllaridan biri superoksid ioni ham hosil
bo`ladi.
Metgemoglobinreduktaza
metgemoglobinni
qaytadan
normal
gemoglobinga aylantiradi.
Tibbiyot amaliyotida metgemoglobinreduktazani faolligini irsiy pasayoshi
natijasida vujudga keladigan oilaviy metgemoglobinemiya pentozofosfat yo`lining
birinchi fermenti glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning faolligini irsiy past b`olish
holatlarida uchrab turadi. Bunday odamlar oksidlovchilar ta’siriga ko`proq sezgir
bo`ladilar.
Neytrofillar
himoya vazifasini bajaradi. Ular antimikrob tas’ir etish
xususiyatiga, shuningdek, halok bo`lgan mikroorganizmlarni, zararlangan to`qima
bo`laklarini yutish va parchalash xossalariga ega.
Bu hujayralarda oqsil biosintezi amalga oshishi va ular muhitning
o`zgaruvchan sharoitiga moslanishlari mumkin. Hujayra
funktsiyalarini energiya
bilan ta’minlash ularda glikoliz va ozroq miqdorda oksidlanishli fosforlanish yo`li
bilan amalga oshadi. Hujayralar tomonidan yutilgan glyukoza pentozofosfatli
siklgda parchalanadi va glikogen sintezida ishtirok etadi. Neytrofillar antimikrob
xususiyatni namoyon etar ekan, ularning bu xususiyatlari tarkibida H
2
0
2
hosil
qiluvchi (miyelinperoksidaza) va superoksidli radikal (NADFH – oksidaza)
hisobiga amalga oshadi. H
2
0
2
va superoksidli radikal kuchli oksidlovchi sifatida
fagotsitoz jarayonida mikroblarni, ayniqsa ulardan
himoyalanmaganlarini tezroq
o`ldiradi. Neytrofillarning boshqa bir xususiyati ularda juda ko`p sondagi
lizosomalar – yutilgan moddani parchalab yuboradigan gidrolitik fermentlar
mavjud. Bundan tashqari neytrofillar mikrob hujayralarini eritadigan lizotsim
moddasiga ham ega.
Bazofillar
allergiya vaqtida suyak iligida faol ravishda hosil bo`ladi. Ular
allergik reaktsiyalarda, qonning ivish jarayonida va tomirlarning ichki lipozida
ishtirok etadi. Bazofillar oqsil sintezi apparatiga ega,
jadal oksidlanishli
fosforlanishni amalga oshiradi. Energiyaning hosil bo`lishi oksidlanishli
fosforlanish yo`li orqali amalga oshadi. Bazofillar allergik reaktsiyalarning
mediatorlari – gistamin, serotonin, geparinni sintezlaydi va to`playdi. Allergiya
rivojlanishida bu moddalar bazofil granulalaridan ajralib chiqadi va mahalliy
shamollash reaktsiyasini chaqiradi. Geparin lipoproteidlipaza faollanishida va
triatsilglitserinlar parchalanishida ishtirok etadi. Bundan
tashqari ular qonning
ivishini oldini oladi.
268
Eozinofillar
allergik reaktsiyalarda ishtirok etadi, shu sababli ularning
miqdori organizmning sensibilizatsiyasida oshadi. Eozinofillar kam faollikda
bo`lsada oqsil sintezlay oladi. Energiyaning hosil bo`lishi asosan glikolizda faol
boradi; oksidlanishli fosforlanish kam faollikka ega. Neytrofillar singari bu
hujayralarda ham peroksidaza va lizosomal fermentlarning katta to`plami mavjud,
lekin lizotsim uchramaydi. Eozinofillar gistaminni to`plash va faolsizlantirish
xususiyatiga ega. Ularda trombning “erishi”
jarayonida ishtirok etuvchi
profibrinolizin, bradikininni faolsizlantiruvchi – kininaza fermentlari mavjud.
Monotsitlar
fagotsitoz qilish qobiliyatiga ega bo`lib, neytrofillarga o`xshash
antimikrob faollikni namoyon qiladi.
Limfotsitlar
gumoral va hujayra ichki immunitetini shakllanishida muhim
vazifani
bajaradi.
Limfotsitlarning
bunday
ixtisoslashgan
funktsiyasi
immunoglobulinlarni konveyer holida ishlab chiqishni talab etadi, shu sababli ular
kuchli oqsil sintezlovchi apparatga ega bo`lib, faolligi jihatidan nafaqat hamma
qon hujayralari, balki ko`plab boshqa organ va to`qimalardagidan ham kuchli. Bu
hujayralarda ham aerob mexanizmga nisbatan glikoliz jarayoni faolroq bo`ladi.
Trombotsitlar
qon ivishining hamma bosqichlarida ishtirok etadi. Ularda
RNK va oqsil sintezi uchun zarur barcha komponentlar bo`ladi. Energiyaning hosil
bo`lishi ko`proq glikoliz jarayonlarida amalga oshadi. Trombotsitlarda modda
almashinuvining turli xil reaktsiyalari sodir bo`ladi. Ularda ko`p miqdorda
serotonin to`planadi.
16.3. Qonning biokimyoviy vazifalari va tavsifi.
Qon quyidagi vazifalarni
bajaradi: 1)
transport; 2) osmoregulyatsiya; 3) bufer; 4) zararsizlantiruvchi; 5)
himoya yoki immunologik; 6) regulyatorlik yoki gormonoidlik; 7) gemostatik.
Qonning transport funktsiyasi
uning asosiy vazifalaridan biridir. Qon
bilan turli xil moddalar: oziq moddalar, gazlar (O
2
va CO
2
), gormonlar, vitaminlar
va boshqalar tashiladi. Qonning eng mihim tashuvchilik funktsiyasi bo`lgan
kislorod va karbonat angidridni tashishga to`xtalamiz.
Kislorodni o`pkadan to`qimalarga, karbonat angidridni to`qimalardan
o`pkaga qon oqimi orqali tashilishini ta’minlovhci kuchlari ular kontsentratsiyalari
gradiyentining qon bilan alveolalar va to`qima suyuqligi o`rtasidagi farqidir.
Alveolalar havosida O
2
Do'stlaringiz bilan baham: