269
Organizmda CO
2
ni bir qismi qonda erigan holda, bir qismi gemoglobinga
birikib, karbgemoglobin holida, asosiy qismi esa KHCO
3
holatida o`pkaga tashib
keltiriladi. Kislorodni qondan to`qima suyuqligiga o`tkazilishida ularni
kontsentratsiyalar gradiyentidan tashqari hujayralardan qo`shimcha miqdorda
qonga o`tgan CO
2
ham rol o`ynaydi. Karbonat angidrid gemoglobinning
kislorodga yaqinligini kamaytiradi. Bu hodisada eritrotsitga kirgan CO
2
undagi
H
2
O bilan karboangidraza fermenti ta’sirida H
2
CO
3
ga aylanishi bilan bog`liq
bo`lib, H
2
CO
3
kuchsiz, turg`un kislota bo`lmaganligi uchun u H
+
+ HCO
3
-
ionlariga parchalanadi. Hosil bo`lgan H
+
protonlar gemoglobinni oqsil qismidagi
ba’zi kislotali guruhlariga birikadi, bu jarayon oksigemoglobinni kislorodga
yaqinligini pasaytiradi. Buning natijasida oksigemoglobinni kislorodi undan
ajralib, to`qimalarga o`tadi. Ana shu 65 mm ni tashkil etuvchi farq kislorodni
alveolalardan qonga va qondan to`qimalarga o`tishini ta’minlovchi omil
hisoblanadi. Mitoxondriyalarda kislorod sarflanib, suvga aylanib turadi, shu bois
mitoxondriyalar hujayrada go`yo kislorod vakuumini hosil qiladi va eritrotsitlar
vositasida havodan olingan kislorod go`yo shu “vakuum”ga so`rilib turadi.
Alveolalarda 97% kislorod bilan to`yingan gemoglobin to`qimalarda
dissotsiatsiyalanib, kislorodni to`qima suyuqliklari orqali hujayralarga beradi.
Hujayralardan ajralib chiqayotgan CO
2
oksigemoglobin dissotsiatsiyasiga
yordamchi omil bo`ladi. To`qimalarda CO
2
hujayralararo suyuqlikdan qonga tez
diffuziyalanib o`tadi. Eritrotsitlarda CO
2
karboangidraza ta’sirida H
2
CO
3
ga
aylanadi. Uning dissotsiatsiyalanishi natijasida H
+
va HCO
3
-
ioni hosil bo`ladi. H
+
protoni gemoglobin bilan birikib, O
2
ajralib chiqishini osonlashtiradi. O`pkada
to`qimalarda bo`lib o`tadigan jarayonlarga teskari jarayon kechadi: o`pkada HCO
3
-
hosil bo`ladi, u o`z navbatida H
2
O va CO
2
ga parchalanadi, CO
2
o`pka
alveolalariga chiqadi; HHb esa HbO
2
ga aylanadi. Shunday qilib to`qimalarda CO
2
oksigemoglobindan O
2
ni siqib chiqaradi, aksincha o`pkada O
2
CO
2
ni qondan
alveolalarga siqib chiqaradi. Bu hodisa Bor effekti nomi bilan ataladi. Bor effekti
to`qimalardan o`pkaga 80% CO
2
ni tashib berilishini ta’minlaydi, CO
2
ning qolgan
qismi plazmada erigan holda hamda karbogemoglobin shaklida tashiladi:
Hb-NH
2
+ CO
2
→ Hb-NH – COOH → Hb-NH-COO
-
+ H
+
Bu reaktsiya eritrotsitlarda, to`qimalarda chapdan o`ngga, o`pkada esa teskari
yo`nalishda boradi.
Xulosa qilib aytganda, to`qimalarda CO
2
oksigemoglobindan O
2
ni, o`pkada
esa O
2
qondan CO
2
ni alveolalar havosiga siqib chiqaradi. Buni Bor effekti
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: