Jo`rayeva A


Qonning bufer funktsiyasi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

Qonning bufer funktsiyasi. 
Organizm ichki muhiti pH ko`rsatkichining 
doimiyligi maxsus bufer sistemalar va bir qancha fiziologik mexanizmlarning 
(o`pka, buyrak faoliyati va boshqalar) birgalikdagi faoliyati orqali ta’minlanadi. 
Bufer sistema deb biror muhitga kislota yoki ishqor kiritilganda muhit pH 
ko`rsatkichining o`zgarishiga qarshilik ko`rsatuvchi sistemaga aytiladi. Qonning 
normal pH ko`rsatkichi o`rtacha 7,4 ga teng. 
Qonning eng muhim bufer sistemalari: bikarbonat, fosfat, oqsil va ayniqsa 
gemoglobin bufer sistemalardir. 
Bikarbonat bufer sistemasi 
– qon bufer hajmining 10% ini tashkil etadi. Bu 
sistemaning kislota-asosli jufti proton donori bo`lmish karbonat kislota (H
2
CO
3
) va 
proton aktseptori bo`lmish bikarbonat ioni (HCO
3
-
) dan iborat: 
H
2
CO

→ H
+
+ HCO
3
-
Proton donori proton aktseptori 
Qonda pH ko`rsatkich normal (7,4) bo`lganda bikarbonat ionlari (HCO
3
-

kontsentratsiyasi CO
2
kontsentratsiyasidan 20 marta ko`p boladi. Agar qonga 
kislota xususiyatli birikmalar ko`p ajralsa, H
+
ionlari bikarbonat ionlari (HCO
3
-

bilan birikib H
2
CO
3
hosil qiladi. Uning plazmada kamayishi CO
2
ni o`pka orqali 
ajralishi natijasida kuzatiladi. Agar qonda ishqoriy moddalar ko`paysa, ular 
karbonat kislota bilan reaktsiyaga kirishib, bikarbonat ioni (HCO
3
-
) va suv hosil 
qiladi. Bundan tashqari bufer sistemasi komponentlari normal muvozanatini 
saqlashda fiziologik mexanizmlar ham muhim rol o`ynaydi. 
Fosfat bufer sistemasi
– H
2
PO
4
2- 
ioni (proton aktseptori) dan tarkib topgan: 
H
2
PO
4

→ H
+
+ H
2
PO
4
2-
Proton donori proton aktseptori
Bu sistemada NaH
2
PO
4
kislota, NaHPO

esa tuz vazifasini o`taydi. 
Fosfat bufer sistemasi qon bufer hajmining faqat 1% ini tashkil etadi. 
Oqsil bufer sistemasi
– plazma kislota-ishqoriy muhit muvozanatini 
saqlashda boshqa sistemalardan ko`ra kamroq ahamiyatga ega. Molekulasi 
(H
2
N)
m
∙R∙(COOH)
n
shaklida tuzilgan. Shu jumladan, oqsil ham amfoter 
elektrolitdir. Oqsil molekulasidagi karboksil guruhi disotsiatsiyasi natijasida H
+
ioni ajralib, oqsil molekulasi kuchsiz organik kislota xususiyatiga ega bo`lib 
qoladi: 
NH
2
– R – COOH → NH
2
– R – COO

+ H
+
Oqsil molekulasidagi NH
2
uning ishqoriy xossasini ta’minlaydi, chunki NH
2
o`ziga H
+
ionini biriktirib, R-NH
3
ga aylanadi. 
Oqsil molekulasining bu shakli amfion deyiladi. Garchi ular elektroneytral 
zarrachalar bo`lsada, muhitning pH ko`rsatkichi o`zgarishiga ko`ra yoki ishqoriy 
yoki kislotalik xossaga ega bo`ladi. 


271 
Gemoglobin bufer sistemasi
– qonning eng kuchli bufer sistemasidir. U 
qonning umumiy bufer hajmining 7-% ini tashkil etadi. Gemoglobin bufer 
sistemasi ionlashmagan gemoglobin HHb (proton donori) va gemoglobin kaliy tuzi 
– KHb (proton aktseptori) dan tarkib topgan. Kislotali xossaga ega bo`lgan 
birikmalar gemoglobinning kaliyli tuzi bilan birikib kislotaning kaliy tuzini hosil 
qiladi va bunda erkin gemoglobin hosil bo`ladi. Gemoglobinning buferlik 
xususiyati avvalo ana shunga asoslangan. 
KHb + H
2
CO
3
→ KHCO
3
+ HHb 
Barcha bufer sistemalar kislota-ishqoriy muvozanat buzilishining oldini 
oladi. U kislotali moddalarning to`planishi, masalan, qandli diabetda keton 
tanachalarning ortishi hisobiga buzilishi mumkin. Bunday holatga atsidoz deb 
aytiladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish