Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

 
 
Turli zaharli moddalarning jigarda zararsizlantirilishi o`ziga xos yo`llar bilan 
ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik to`rda (EPT) boradi, 
reaktsiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi, ularning kofermenti 
sitoxrom P-450, b
5
, gem va vitaminlar hisoblanadi. 
Sitoxrom P-450 ning bir qancha o`xshash shakllari bo`lib, ular substratlarga 
monandligi, spetsifikligi bilan farqlanadilar. 
Gepatotsitlarda bu jarayonlar endoplazmatik to`r (EPT) da ro`y beradi. 
Jigarning bu faoliyatini o`rganish yaponiya olimlari T.Omuza va S.Sato (1964) 
jigardan EPT ni ajratib olishga muyassar bo`lganlaridan so`ng rivojlangan. 
EPTning donador va silliq turlari tafovut qilinadi. Donador EPT oqsil 
sintezida faol ishtirok etadi. Silliq EPT organizmga tushgan begona moddalarni 
zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen substratlar, xolesterin, o`t 
kislotalari, to`yinmagan yog` kislotalar, steroid gormonlar, prostaglandinlar). 
Silliq EPT ning donador EPT dan asosiy farqi unda NADFH-sitoxrom P-
450-reduktaza fermenti faollikka ega bo`lib, gidroksillanish reaktsiyalarini amalga 
oshiradi. 
Sitoxrom P-450 bilan ro`y beradigan reaktsiyalar oraliq va oxirgi zaharli 
moddalar hosil bo`lishi bilan o`tadi (H
2
O
2
, OH, O
2
-
, CO va boshqalar). Bu 
moddalarni zararsizlantirishda hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi antioksidant 
vitaminlar (A,C,E va boshqalar), erkin radikallarga qarshi aktivlikka ega bo`lgan 
mikroelementlar (Zn, Cu, Ni, Se va boshqalar) va fosfolipidlar himoya vazifasini 
bajaradi. 
Zaharli 
moddalar 
zararsizlantirilishining 
ikkinchi 
bosqichi 
konyugatsiyalanish, ya’ni glyukuron yoki sulfat kislotasini biriktirish bilan borib, 
reaktsiyalarni jigar endoplazmatik to`rining fermentlari katalizlaydi. 
Glyukuron kislota glyukozaning oksidlanishidan hosil bo`ladi. U UTF bilan 
birikib, UDF glyukuronatni hosil qiladi. Sulfat kislota ATF bilan birikib, FAFS – 
fosfoadenozinfosfosulfatni hosil qiladi. Bu jarayonlarni quyidagi misollarda ko`rib 
o`tamiz: 
1.
Ksenobiotiklar 
birinchi 
bosqichda 
oksigenazalar 
ishtirokida 
oksidlanadilar. 
2.
Oksidlangan moddalar ikkinchi bosqichda UDFGK yoki FAFS-
transferazalari ishtirokida konyugatsiyaga uchraydilar. 
Konyugatsiya yo`li bilan aminokislotalar almashinuvini natijasida hosil 
bo`lgan fenol, krezol, skatol kabi moddalar va boshqa zaharli moddalar 
zararsizlantiriladi. Konyugatsiyaga uchragan moddalarning molekulalarida 


276 
gidrofil guruhlar hosil bo`ladi va moddaning suvda eruvchanligi ortadi. Natijada 
organizmdan chiqarib yuborilishi osonlashadi. 
Yo`g`on ichakda triptofan aminokislotasidan hosil bo`lgan skatol, indol, 
indoksil va indoksilsulfatning kaliyli tuzlari, hayvon indikani miqdorini tekshirish 
amaliyotda ichakda chirish jarayonining borishi, jigarning zararsizlantirish 
vazifasi haqida ma’lumot beradi. 
Turli dori moddalar ham jigarda metabolik o`zgarishlarga uchraydi. 
Masalan, lyuminal (fenobarbital) yuqorida ko`rsatilganidek, oksidlanishga va 
konyugatsiyaga uchrab, oksifenobarbitalglyukuronid shaklida zararsizlantirilsa, 
atsetilsalitsilat kislotasi (aspirin) esa o`ziga xos o`zgarishlarga uchraydi. 
Dastlab aspirin deatsillanish reaktsiyasi natijasida salitsilat hosil qilib, 
so`ng UDFG ishtirokida salitsilatglyukuronidga aylanadi. 
Hosil bo`lgan moddani oksidlanishi, gomogentizinat kislotasini glitsin 
kislotasi bilan birikishi salitsilpiruvat kislotasini hosil bo`lishiga va organizmdan 
chiqarib yuborilishiga olib keladi. 
Ayrim moddalarning zararsizlantirilishi metillanish yoki demetillanish 
bilan ham boradi. Vitamin PP (nikotinamid) metilnikotinamid holatida 
zararsizlantirilib chiqariladi. 
Nitrozaminlar zararsizlantirilishining buzilishi turli a’zolarda xavfli 
o`smalar hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin. 
Sog`lom hujayralarning o`sma hujayralariga aylanishiga sababchi bo`lgan 
modda kanserogen deb ataladi. Benzantratsen va zamburug`lardan hosil bo`ladigan 
aflotoksinlar kanserogen moddalar bo`lib, jigarda epoksidlanish yo`li bilan 
zararsizlantiriladi. 
Jigarda turli xildagi biologik aktiv moddalar (adrenalin, noradrenalin, 
gistamin, 
serotonin, 
tironin) 
aminooksidazalar 
ta’sirida 
oksidlanib 
zararsizlantiriladi, estrogen, androgen, kortikosteroid gormonlar esa oksidlanib 
ketosteroidlar holatida siydik bilan chiqarib yuboriladi. 
Yangi tug`ilgan bolalarda jigarning ksenobiotiklarni zararsizlantirish 
qobiliyati yetilmagan bo`ladi. Masalan, bir oylik bolalarda konyugatsiyalovchi 
glyukuroniltransferaza, atsetillovchi va deatsetillovchi fermentlarning faolligi 
katta yoshdagilardagiga nisbatan to`rt-besh marotaba past bo`ladi. Shuning uchun 
bolalar organizmida hosil bo`lgan zaharli moddalarning va berilgan dorivor 
moddalarning metabolizmi sust boradi. Shuning uchun bolalarga tavsiya etiladigan 
dorilarning miqdori ularning yoshiga qarab belgilanadi. 
Jigarning 
pigmentlar 
almashinuvidagi 
ishtiroki 
jigardagi 
RES 
hujayralarida xromoproteidlarni bilirubingacha parchalashda namoyon bo`ladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish