Jo`rayeva A


Aminokislotalarning umumiy xossalari



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

2.2. Aminokislotalarning umumiy xossalari. 
Oqsillarning tarkibiga 
kiradigan aminokislotalar oq kristall moddalar bo`lib, odatdagi haroratda, qattiq 
holatda turg`undir. Suvli eritmalarda aminokislotalar 100-200
°
C da qisqa 
muddatda qizdirilganda buzilmaydi, ammo kislota yoki ishqor ishtirokida oqsillar 
gidrolizlanganda bir qator aminokislotalar buzilib ketadi. Aminokislotalar suvda 
turli darajada eriydi. Sistin va tirozin eng kam, prolin va oksiprolin esa juda yaxshi 
eriydigan aminokislotalardir. Aminokislotalarning ko`pchiligi mutlaq spirtda juda 
kam eriydi. 
Aminokislotalarning qo`sh qutbli bo`lishlari ularning fizik-kimyoviy 
xossalariga ta’sir qiladi, xususan, aksari aminokislotalarning suvda yaxshi erib, 
organik eritmalarda kuchsiz erishi ularning mana shunday ionlanishiga bog`liq. 
Aminokislotalar o`zlarining amfoterlik tabiatlariga binoan muhitning pH iga qarab 
anion, kation yoki elektroneytral bipolyar ionlar shaklida bo`ladilar: kuchli 
kislotali eritmalarda aminokislotalar musbat ionlar (elektr maydonida katodga 


16 
tomon harakatlanadi), ishqoriy eritmalarda manfiy ionlar shaklida (elektr 
maydonida anodga tomon harakatlanadi) bo`ladi. 
Karboksil va aminoguruhlarning dissotsialanish konstantasi (K
1
va K
2

dissotsialangan ionlarning dissotsialanmagan shakllariga nisbati 1 ga teng, ya’ni 
aminokislotalarning 50% i dipol va 50% i ion shaklida bo`ladi. 
Barcha aminokislotalar suvli eritmalarida ikki qutbli ionlar yoki svitter ionlar 
shaklida, ya’ni aminokislotalarning karboksil guruhi dissotsialangan, aminohuruhi 
protonirlangan holatda bo`ladi. 
Demak, aminokislotalar muhit pH iga qarab zaryadlar yig`indisi 0 ga teng 
bo`lishi, musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin. 
Aminokislotalar zaryadi 0 ga teng bo`lgan holat izoelektrik holat deb 
aytiladi. Aminokislotalarning elektr maydonida anodga ham katodga ham 
harakatlanmaydigan pH qiymati izoelektrik nuqta deb ataladi va pH

bilan 
belgilanadi. Izoelektrik nuqta aminokislotalardagi turli guruhlarning kislota-
ishqoriy xususiyatlarini aniq namoyon qiladi va aminokislotani xarakterlaydigan 
eng muhim konstanta hisoblanadi. 
Odam organizmi va hayvonlardagi hujayra va hujayralararo suyuqlikda 
muhit pH i neytralga yaqin bo`ladi, shuning uchun ishqoriy aminokislotalar (lizin, 
arginin) musbat zaryad (kationlar), kislotali aminokislotalar (asparagin va glutamin 
kislotalar) manfiy zaryad(anion)ga, qolgan aminokislotalar esa dipol ko`rinishiga 
ega bo`ladi.
Deyarli hamma aminokislotalar optik faoliyatga ega, ya’ni qutblangan nur 
sathini burish qobiliyatiga ega (faqat glisin bu qatorga kirmaydi). Bu xususiyat 
ularning alfa-uglerod atomi to`rtta valentligi bilan to`rt xil guruhga bog`langanidan 
kelib chiqadi. Bunday tuzilishdagi molekula xirallik xususiyatiga ega, ya’ni unda 
simmetriya markazi va simmetrik sath bo`lmaydi. Xirallikka ega birikma tuzilishi 
bo`yicha bir-birini oynadagi aksini ifodalaydigan qo`sh izomerlar shaklida bo`ladi. 
Ular bir-biridan alfa atomga bog`langan guruhlarning fazodagi yo`nalishlari bilan 
farqlanadilar. Buning natijasida paydo bo`ladigan ikki konfiguratsiya D- va L- 
stereoizomerlar deb yuritiladi. Bu izomerlarning biri ikkinchisining ustiga 
qo`yilsa, o`ng va chap kaft kabi bir-birini qoplamaydi. Ular enantiomerlar deb 
ataladi. Xiral birikmalar bir xil kimyoviy va fizik xususiyatga ega bo`lib, faqatgina 
qutblangan nur sathini chapga yoki o`ngga burish belgisi bilangina farqlanadilar, 
ularning burish burchaklari ham bir-biriga teng. Bu xildagi qobiliyat + yoki - 
belgisi bilan ko`rsatiladi, lekin nur sathini burish belgisi molekulaning D yoki L 
konfiguratsiyasiga muvofiq kelishi shart emas. L (leve, chap) va D (dexter, o`ng) 
belgilar enantiomerlarning tuzilishi jihatidan qaysi qatorga kirishini ko`rsatadi. 
Aminokislotalarning fazodagi strukturasi asosida ularni ikki qatorga ajratish 
biologik ahamiyatga ega. Oqsillar tarkibiga faqat L-aminokislotalar kiradi. Lekin 
organizmdan ba’zi bir D- aminokislotalar ham ajratib olingan. Ayrim D- 
aminokislotalar erkin holda va bakteriya hujayrasining pardasida (sibir yarasi, 
kartoshka va pichan tayoqchasida) va mikroorganizmlar tomonidan ishlab 
chiqarilgan antibiotiklarda uchraydi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish