Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet50/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

TOShKENT RUHI
Toshkent ruhi - tinchlik, barqarorlikka da’vat ruhi. Tobo- ra kuchga to‘lib, umumsayyoraviy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etayotgan Uzbekiston mintaqaviy barqarorlikni ta’- minlashda yana bir muhim qadam tashladi. 2018 yilning 26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Tinchlik jarayoni, xavf- sizlik borasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mav- zuida Afg‘oniston muammolariga doir xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda qabul qilingan Deklaratsiya Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlikni mustahkamlash, afg‘on mojarosini hal qilish orqali umumdunyoviy taraqqiyotni ta’minlashga da’vat etadigan o‘ziga xos siyosiy va ijtimoiy hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi.
Keyingi yillarda, Uzbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar har ikki mamlakat xalqlarining porloq istiqboliga, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqgisodiy aloqalarni rivoj- lantirish, tarixan bir makonda yashab kelayotgan ikki xalq o‘rtasidagi qardoshlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish g‘oyasini ilgari surmokda. Yuqori da- rajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi ana shu muammo- larning yechimini topishda yangi bosqich bo‘ldi deyish mumkin. Jumladan, unda Afg‘onistondagi mavjud siyosiy kelishmovchi- liklar, qarama-qarshi kuchlarning manfaatlar poygasini tuga- tish, Afg‘oniston hukumati hamda qurolli muxolifat o‘rtasida sog‘lom, sharqona munosabatlardagi aql ustuvorligi tamoyili- ni joriy etish va muzokaralar yo‘li bilan mamlakatda tinch- likni ta’minlash g‘oyasi ilgari surildi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev afg‘on muammo- sining genetik asoslarini, uning kelib chiqish ildizlarini katta siyosiy adolat tamoyiliga suyangan holda izoxdab ber- di. Jumladan, «Afg‘onistondagi qurolli qarama-qarshilik va zo‘ravonlik paytida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu ayrim ekspertlar andishasizlarcha ta’kidlayotgani- dek, «boy berilgan avlod» emas. Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar, xolos. Ular o‘zaro nizo- larga chek qo‘yib, tinch qayotda o‘z mamlakatini taraqqiyot va fa- rovonlikka olib boradigan bunyodkor mexlatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi. Men qat’iy aminman: afg‘on xalqida o‘z farzandlari va kelajak avlodning baxt- saodati yo‘lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g‘ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetar- li», deydi Prezident Sh.M.Mirziyoev. Ko‘rinib turibdi- ki, notiq O‘zbekiston rahbari afg‘on xalqining uzoq yillik qurolli to‘qnashuvlarga, qon to‘kishlarga, yuz minglab odam- larning qurbon bo‘lishiga aybdor emas, demoqchi. Darhaqiqat, ushbu makondagi mojarolar tashqi kuchlar ta’sirida va ara- lashuvida yuzaga keldi, chuqurlashdi va umumdunyoviy muam- moga aylandi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ayrim yirik davlatlar Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan man- faatdor emas.
O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, afg‘on xalqi buyuk sivilizatsiyalarni ko‘rgan, insoniyat taraqqiyotiga juda kat- ta hissa qo‘shgan buyuk tarixga va madaniy merosga vorislik qilayotgan xalq. Takdir taqozosi bilan ma’lum bir tarixiy davrda yirik davlatlarning (AQSh va SSSR) o‘zaro siyosiy va qurolli poygalari qurboniga aylandi. Hududiy jihatdan ikkita Yaponiyaga, uchta Buyuk Britaniyaga teng keladigan Afg‘oniston siyosiy raqobat maydoniga, qurolli to‘qnashuv poligoniga aylantirildi.
Aslini olganda, har bir inson millatidan, elatidan, diniy e’tiqodidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qati nazar, to‘laqonli yashashga haqli. U, albatta, bitta tirik jon sifatida katta orzu-umidlar bilan yashaydi. Salkam 40 yildan buyon davom etayotgan uzluksiz xunrezliklar afg‘on xalqini ruhan mayib-majruh, qalban kemtik, maqsadlar va orzulardan mosuvo bo‘lgan jonzotga aylantirib qo‘ydi. Ular ham hamma qatori to‘kis, farovon va baxtli-saodatli yashagisi, uyim, bola-chaqam deb umrguzaronlik qilgisi ke- layotgan xalq. Faqat ularga tinchlik kerak, xolos. Toshkent konferensiyasining butun mohiyati va unda ko‘tarilgan ma- salalarning umuminsoniy qadriyati ana shu bilan o‘lchanadi. Zotan, anjumanda aytilgan har bir gap, ilgari surilgan har bir fikr afg‘on xalqining taqdiri, buguni va istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyat insonparvar va taraqqiyparvar hayqiriq edi.
Uzbekiston rahbari jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonla- rini chuqur tahlil etadi. Jumladan, yaqin Sharq va Shimo- liy Afrikadagi murakkab jarayonlar tufayli Afg‘oniston va uning xalqining taqdiri, hayoti esdan chiqarib qo‘yildi, jahon hamjamiyati e’tiboridan chetda qoldi. Afg‘onistonda esa vaziyat keskinligicha, mojarolar tobora chuqurlashganicha qolaverdi. Yaqin qo‘shni sifatida, azaldan bir makonda yashab kelayotgan xalqlar sifatida bugun o‘zbeklar afg‘on xalqi takdiriga befarq emasligini, har qanday sharoitda ham qo‘shnining xonadonida tinchlik, osoyishtalik, faro- vonlik va baxt-saodat barqaror bo‘lishini istaydi. Ana shu ezgu maqsadni O‘zbekiston rahbari quyidagicha ta’riflay- di: «O‘zbekiston xalqaro konferensiya o‘tkazish taklifi va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash- ga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurati quyidagi omillar bilan bog‘liq.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish