Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet43/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Birinchidan, terrorchilar tomonidan qo‘yiladigan talab- ning yo‘qdigi. An’anaviy terrorizm bungacha ikki bosqichli aksiyani amalga oshirar edi. Avval talablar ilgari suriladi va zo‘ravonlik yo‘li bilan qo‘rqitish usullarini ishga so- lib, da’volar ko‘ndalang qo‘yiladi. Keyin esa talablariga erishish uchun terroristik aktlarni bajarishar edi. Sen- tyabr voqealarida esa hech qanday talablar qo‘yilmasdan, ogoxdantirilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsad uchun real harakat amalga oshirildi.
Ikkinchidan, taniqli siyosatshunos S.V.Kortunov obraz- li qilib aytganidek, biz hammamiz - butun insoniyat «shou- terror»ning mutlaqo yangi hodisasiga guvoh bo‘ldik. Bu «shou» eng yuqori darajada insoniyatni axboriy va ruhiy fa- lajlik holatiga solishga, davlatning asosiy siyosiy, harbiy hamda moliyaviy ramziga aylangan yirik shaharlarning infratuzilmalarini izdan chiqarishga qaratilgan misli ko‘rilmagan fojia edi.
Uchinchidan, mazkur teraktni amalga oshirgan aso- siy buyurtmachilarning o‘zi ham ko‘pdan-ko‘p usul va us- lublarning mavjudligidan qat’i nazar ayni ana shu shakldagi teraktning birinchi guvohlari edilar. Siyo- satshunos G.Pavlovskiyning fikrlariga ko‘ra, ushbu ter- rorning homiylari butunlay yangi e’tiqoddagi «tirik bomba»larni - terrorchi-kamikadzelarning konvey- rini loyihalashtirish, qurish, uni moliyalashtirish bo- rasidagi mutlaqo betakror qarashlarini namoyon etish- di. Bu global miqyosda tafakkurdagi to‘ntarish, mafku- raviy inqilob, shu bilan birga umumdunyoviy strategik «bombardimonchilik»ning yorqin namoyishi bo‘ldi.
Hozirgi zamon terrorizmi quyidagi uch shaklda o‘zini na- moyon etmokda:

  • xalqaro terrorizm (yaxlit dunyoni qamrab olgan);

  • ichki siyosiy terrorizm (ma’lum bir mamlakat hududida, mahalliy sharoitda o‘sib chiqqan terrorchilik harakatlari, ayrim siyosiy guruhlar faoliyati);

  • jinoiy terrorizm.

Terrorizmning homiysi yoki markazi turli davrlarda turli mamlakatlarda yuzaga kelgan. Jumladan, Lotin Ameri- kasi, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Ispaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar uning ilk o‘chog‘i hisoblanadi. Keyinroq Falas- tin va Isroil terrorchilari, Afrika, Osiyo, AQSh va boshqa mamlakatlardagi terroristik tashkilotlar paydo bo‘ldi, rivojlandi. So‘nggi yillarda Yaqin Sharkda harbiylashgan terroristik guruxdar, jumladan «Hamas», «Hizbulloh» singari terroristik harakatlar, ayrimlari esa, Hindiston va Jazoirda paydo bo‘ldi, shakllandi. Hatto, umumsayyoraviy zo‘ravonlik maqomini egalladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda, dunyoda 500 dan ortiq nolegal terroristik tashki- lotlar mavjud. Ularning qarashlari, siyosiy maqsad va man- faatlari kjsak ideallardan uzoq, insoniyat taraqqiyotiga taxdid soluvchi buzg‘unchi g‘oyalardir. Xalqaro terrorizm tizim jihatidan mustahkam, o‘ta qat’iy tartibotlarga ega bo‘lgan va tashkiliy jihatdan yuqori darajada takomillash- gan tizim hisoblanadi. Hozirgi sharoitda uning asosiy bel- gilarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:

  • Yer sharini keng miqyosda qamrab olish;

  • davlat chegaralariga rioya qilmaslik;

  • xalqaro terroristik markazlar va tashkilotlar o‘rta- sidagi mustahkam hamkorlik;

  • o‘ta aniq tashkiliy tizimga egalik;

  • razvedka va kontrrazvedka faoliyatining yuqori daraja- da tashkil etilganligi;

  • yuqori darajada moddiy-texnik ta’minlanganlik;

  • katta tayyorgarlikka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan harbiy ba- zaning mavjudligi;

  • har tomonlama pishiq va hushyorlik bilan kadrlar tan- lash tizimining shakllanganligi;

  • huquqni himoya qilish va davlat organlari tarkibida yetarli darajada ayg‘oqchilarining mavjudligi;

  • eng zamonaviy texnika bilan ta’minlanganlik;

  • o‘quv bazalariga, harbiy poligonlarga egaligi va hokazolar.

Xalqaro terrorizm bugungi kunda barcha terroristik tashkilotlarni birlashtirgan o‘zining rahbarlik or- ganiga, boshkaruv tizimiga, bo‘lim va bo‘linmalarining faoliyatini aniq rejalashtirish tajribasiga ega bo‘lgan, tijorat, harbiy, konfessional va mafkuraviy jihatdan mustahkam xamkorlikni yo‘lga ko‘ya olgan yaxlit va mahobatli xalqaro norasmiy tashkilot hisoblanadi.
Terrorizmning asosiy tayanchi va uni oziqlantiruvchi manbai jamiyatdagi aholining ijtimoiy-siyosiy jihatdan ma’lum bir mo‘ljallarga, aniq maqsadlarga ega bo‘lmagan qatlami - siyosiy madaniyati past, e’tiqodi va mafkuraviy immuniteti zaif bo‘lgan yoshlar qisoblanadi.
Keyingi yillarda milliy va diniy ekstremizm keng rivojlandi. Diniy e’tiqodi sust, uzoqni ko‘ra ol- maydigan odamlar ularga qo‘shilib ketmoqda. Bu islom aqidaparastligi bilan bog‘liqbo‘lgan juda katta umumdunyo- viy diniy ekstremizmning rivojlanishiga olib kelmoqda.
Etnik ekstremizmning asosi sifatida jamiyatda mavjud turli etnoslarning ijtimoiy-iqgisodiy jihatdan teng- sizligi, etnik ozchilikni tashkil etgan aholi qatlamining milliy maqomi va huquqiy me’yorlarning kamsitilganli- gi sabab bo‘lmoqda. Diniy va etnik terrorizm ana shu il- latlardan samarali foydalanib, jamiyat ma’naviy-ruhiy muhitiga jiddiy ta’sir etadi, uni izdan chiqaradi. Turli konfliktlar va mojarolarning kelib chiqishini tashkil eta- di, yo‘naltiradi, boshqaradi. Bunday salbiy holatlar, xusu- san, bir qator islom mamlakatlarida mavjud.
Konstitutsiyaga muvofiq mamlakatimizda yashayotgan bar- cha din vakillari uchun teng imkoniyat yaratilgan. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Konstitutsiyaning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qil- maslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan sing- dirishga yo‘l qo‘yilmaydi», deyiladi. Inson erki uning e’tiqod ozodligi ana shu tarzda kafolatlab qo‘yilgan.
Uzbekistondek ko‘p e’tiqodli va ko‘p millatli mamla- katda barqarorlikni ta’minlash, tinchlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik fazilatining umumjamiyat qadri- yatiga aylanishi xalqimizga xos fazilatdir. Ayni payt- da, O‘zbekistonda 140 dan ortiq milliy-madaniy markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning qar biri o‘z millati tari- xi, madaniyati, milliy qadriyatlari, tili va adabiyotini saqlab qolishgina emas, balki ularni rivojlantirish uchun xizmat qilmoqda. Madaniyatlararo integratsiyaning ana shu tarzda vujudga kelishida turli madaniyatlarni o‘rganish orqali milliy madaniyat ravnaqini ta’minlash g‘oyasi ustu- vorlik qiladi. Turli millatlar bir-birining bayram va marosimlarida, milliy festivallarida, san’at va madaniyat ko‘riklarida ishtirok etishadi, bir-birini yaqindan, qalban chuqur qis qilishadi va bir-birining madaniyatini, urf- odatlarini, qadriyatlarini ulug‘lashadi.
Hozirda O‘zbekistonda o‘n mingga yaqin umumta’lim mak- tabi faoliyat ko‘rsatmokda. Shundan 845 ta maktab rus tili- da, 491 ta maktab qozoq tilida, 259 ta maktab tojik tilida, 52 ta maktab turkman tilida, 40 ta maktab qirg‘iz tilida va, hatto, 7 ta maktab koreys tilida ta’lim beradi. Bularning har birida mashg‘ulotlar ikki-uch tilda olib boriladi. Shu kunlarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining faoliyati ham aholi milliy tarkibining ehtiyojlaridan ke- lib chiqib faoliyat yuritmokda. Jumladan, 8 tilda - o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, ingliz va koreys, tillarida gazeta-jurnallar chop etilmoqda. O‘zbekiston televideniesi va radioeshittirishlari 12 tilda efirga chiqmokda. Bu mamlakatda millatlararo munosabatlarning hozirgi zamon talablari darajasida tashkil etilganidan dalolat beradi.
Prezident Sh.M. Mirziyoev millatlararo munosabat- lar xususida shunday deydi: «Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivoji- da yangi bosqich boshlandi. Bag‘rikenglik va insonpar- varlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni, yosh av- lodni shu asosda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining ustu- vor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bular- ning barchasi hayotda o‘zining to‘liq ifodasini topdi». Darhaqiqat, millatlararo totuvlik tamoyillari mamla- katimizda ijtimoiy tenglik va adolat mahsuli sifatida umummilliy qadriyatga aylandi. Millat mentaliteti tizi- mini, dunyoqarashlar uyg‘unligini yuzaga keltirdi. Millat o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy tiklanish jarayonlarida milliy maxdudlik va xudbinlikka yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega ekanligini chuqur tushundi. Milliy uyg‘onish jarayoni- ni boshdan kechirayotgan xalqimiz o‘z milliy qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq holda his qildi. Zotan, millatni millat sifatida anglashi, dastavval, insonni inson sifatida o‘zini o‘zi anglashidan boshlana- di. Aks holda, milliy maxdudlik, milliy kalondimog‘lik, milliy mansubligi orqali o‘ziga bino qo‘yish illatlari avj oladi. Milliy qadriyatlar insonni inson sifatida o‘zini o‘zi anglashi, o‘z-o‘zini himoya qila olishi, erishgan zafar yo‘llari, mag‘lubiyatlari va sitamli davrlarining yodnoma- laridir. Har bir xalq umuminsoniy dunyoga o‘zining ana shu tarixiy dasturi bilan kirib keladi. Insoniyatni umumiy tarixi ham milliy qadriyatlar silsilasi, yakuniy majmui- dan iboratdir. Inson o‘zini bashariyatning uzviy bir bo‘lagi deb his etishi orqali, milliy biqiqlik, tor manfaatparast- lik, xudbinlik botqog‘idan xalos bo‘ladi. Shundagina u olam va odam o‘rtasidagi munosabatlar haqida o‘ylashga qodir bo‘ladi. Ana shu ma’naviy, intellektual, ruhiy, axloqiy im- koniyatlar insonni har qanday tor doiralardan keng dunyoga olib chiqadi.
Har qanday suveren davlat jahon hamjamiyatiga o‘zining tashqi siyosiy qarashlari, umumplanetar muammolarga muno- sabatlari hamda azaliy munozaralar va muzokaralar ob’ekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi Konsepsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonun bilan kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida O‘zbekiston Respublika- si xalqaro munosabatlarning to‘la huqukdi sub’ekti sifatida davlatlarning suveren tentligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bi- lan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan xdl etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro xuquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanishi belgilab qo‘yildi. Davlagning, xalqning oliy manfaatlarini, farovon- ligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi, zarur bo‘lganda ulardan ajralib chiqishi mumkinligi asosiy qonunda belgilab berildi.
Mustaqillikning o‘tgan davrida O‘zbekiston chindan ham jahon hamjamiyatining eng siyosiy faol, xalqaro munosabat- larda o‘zini asosli, qatiy va o‘zgarmas pozitsiyasiga ega bo‘lgan davlat sifatida namoyon qildi. Bu O‘zbekistonning jaxon hamjamiyatidagi siyosiy mavqei va imijini belgilab beradigan muxim omil sifatida o‘z kuch-qudratini ko‘rsatdi.
Vaqg o‘tgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobo- ra faollashmoqda, yangidan-yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumplanetar miqyosda butunlay yangicha yonda- shuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmoqda. O‘zbekiston ana shu umumsayyoraviy jarayonlarda, xalqaro munosabatlar va tashki siyosatda o‘zining zamonaviy karashlari va muammolar yechimini topishdagi o‘ziga xos yondashuvlari bilan o‘zining keng imkoni- yatlarini namoyon etmoqda. Buni Prezident Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi mu- nosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yigilishdagi ma’ruzasi- da yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu ma’ruzada Prezident O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining xozirgi zamon talablari va zamonaviy sivilizatsiya ehtiyojlari nuqgai nazaridan aniq bel- gilab berdi.
O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashab- buskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaktida va adekvat javob choralari orqali yechishni talab etadigan XXI asr- ning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqsa. Buni Prezident Sh.M.Mirziyoevning quyidagi fikrlarida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyo- satining asosiy maqsadlari bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro munosabatlarning tulaqonli sub’ekti sifati- dagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirishdan hamda mil- liy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur’atlar bilan o‘sishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo‘lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Uzbekiston o‘z tashqi siyosatida quyidagi prinsiplarga sodiq bo‘lib qolmokda:

  • o‘zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi siyosat olib bo- rish;

  • teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, suvereni- tetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmas- lik, munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;

  • tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, Uzbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy man- faatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamla- katni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga ki- rish, shuningdek, ulardan chiqish huquqini o‘zida saklab qoladi;

  • O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy- siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlat- lararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan takdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyosiy qarashlari va jahon ham- jamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mav- judligi uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda mavjud ichki va tashqi siyosatning ana shunday sog‘lom, qatiyatli va ishonch- li rivojlanishi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamokda. Hozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI asrda inson va insoniyat takdiri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar tizimini qamrab olmokda.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, keyingi payt- larda O‘zbekistonning tashqi siyosatida muhim voqealar yuz berdi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaev 2016 yil 24 dekabr kuni amaliy tash- rif bilan Samarqandga keldi. Har ikki davlat rahbarlari azaliy qardoshlik tuyg‘ulari asosida shakllangan yaqin qo‘shnichilik tuyg‘ularini ifoda etishdi. Xalqlarimiz ta- rixiy, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak ekanligi, an’ana va urf-odatlari o‘xshashligi siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan har ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro bir- birini tushunish va ishonchga asos bo‘lishi ta’kidlandi. Har ikki davlat o‘rtasidagi iqgisodiy, ijtimoiy, savdo va madaniy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib olindi.
2016 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Pre- zidenti Sh.Mirziyoev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlari vaziri o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi. O‘zbekiston Buyuk Britaniyani jahon siyosati va iqgisodiyotida muhim o‘rin tutadigan davlag sifa- tida siyosiy, iqgisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorpikni izchil davom etgirish, xalqaro maydonda, jumladan mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga keli- shiboldi.
2017 yil 19 yanvar kuni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev jahon banki vitse-prezidenti Si- ril Myullerni, 1 fevral kuni esa Amerika-Uzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi. 15 fevral kuni esa Iqtisodiy Hamkorlik bo‘yicha Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ish- tirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiya- si hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi. Bular O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan mustahkam aloqada bo‘lganligidan, har tomonlama manfaat- li hamkorlikni yanada chuqurlashtirib borayotganidan dalo- lat beradi.
Harakatlar strategiyasini hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 312-bandida O‘zbekistonning «Siyosiy-diplo- matik sohadagi hamkorligini rivojlantirishga doir «Io‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqdi va unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • oliy va yuqori darajalardagi tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralarni tayyorlash va tashkil etish;

  • xavfsizlikning dolzarb masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar darajasidagi maslahatlashuvlarni o‘tkazish;

  • ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi tashabbuslarni, shu jumladan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va baqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish».

Bu O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi faoliyatini izchil va rejali tarzda amalga oshirish imkonini beradi.
Dasturning 313-bandida «O‘zbekistonning xorijiy she- riklar bilan 2017 yildagi savdo-iqtisodiy, investitsiya- viy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlanishini va kengayishini ta’minlashga doir «Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni na- zarda tutish:

  • Uzbekiston korxonalarining maxsulotlari va xizmat- larini tashqi bozorga eksport qilishni kuchaytirib borish;

  • Uzbekistonda investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalar- ni, sayyoxlar oqimini, shuningdek, grantlar, imtiyozli kre- ditlar va texnik ko‘maklarni jalb etish;

  • Respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo va yuk tashish ishlari uchun qulay sha- roitlarni shakllantirish;

-ta’lim, fan vatexnika sohasidagi hamkorlikni ken- gaytirish masalalari belgilab berilgan. Bu O‘zbekiston- ning jahon bozoriga kirib borishi, milliy mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ta’- lim, fan va texnika sohasida hamkorlikni kengaytirish- ning aniq dasturiy rejasi sifatida katta ahamiyatga ega. Dasturning 315-bandi bir qator yangi qonunlar va amal- dagi qonunlarni zamon talablari asosida yangi tahrirda qabul qilish vazifasini qo‘ymoqda. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) qonunlar loyihalarini, shu- ningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konsullik Ustavi (yangi tahriri) loyihasini;

  • yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ish- lar vazirligi to‘g‘risida»gi nizomning loyihasini tayyor- lash va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator siyosiy-iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni mustahkamlashga doir masala- lar aniq, ravshan belgilab berilgan.

Dasturning 317-bandi yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga va bu boradagi ayrim muam- molarning yechimini topishga qaratilgan. Jumladan, unda «Qo‘shni davlatlar bilan davlat chegaralarini huquqiy ras- miylashtirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini davom et- tirishni nazarda tutuvchi Davlat chegaralarining delimi- tatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini ishlab chiqish» masalala- ri kiritilgan. Bu Uzbekistonning yaqin qushni mamlakatlar bilan chegaraviy muammolarini qonuniy hal qilish imkoni- ni beradi.
Dasturning 320-bandida «Xalq diplomatiyasini faol- lashtirish, Uzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi fa- oliyatlarini takomillashtirish»ni nazarda tutadi. Bun- da dastur doirasida jaxon xalqlari bilan Uzbekiston xalqining an’anaviy do‘stlik, madaniy aloqalar borasidagi hamkorligining yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
Prezident Sh.M.Mirziyoevning davlatlararo va minta- qaviy masalalarni hal qilishda, yaqin qo‘shni mamlakat- lar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi sa’y-harakatlari O‘zbekiston davlatining tashqi siyosatida muhim bosqich bo‘lishi shubhasiz. «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublika- sini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi» esa, O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi davrini boshlab beradi.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish