O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MUDOFAAVAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
HARBIY TA’LIM FAKULTET
2-bosqich 22-guruh talabasi
Axmatov Shoxrud Shermat o‘g‘lining
“IShID terrorchilik tashkilotining paydo bo’lish tarixi” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Maxsus tayyorgarlik sikli
o‘qituvchisi: podpolkovnik E.Niyazov
Buxoro 2021-yil
«TASDIQLAYMAN»
KURS ISHI RAHBARI
podpolkovnik E.Niyazov
2021 y.«_____»________
K A L E N D A R R E J A
№
|
Asosiy tadbirlar nomi
|
Bajrish muddati
|
Bajarilgani xaqida belgi.
|
|
Kurs ishi mavzusi va mazmunini aniqlash
|
|
|
|
Kurs ishini ishlab chiqish kalendar rejasini tuzish va rahbarga tasdiqlatish
|
|
|
|
Bajaruvchi xujjatlarni tanlash (tavsiya etilgan va qo‘shma adabiyot)
|
|
|
|
Boshqaruv xujjatlari, adabiyot va mavzu bo‘yicha boshqa materiallarni o‘rganish
|
|
|
|
Kurs ishini ishlab chiqish va bajarish.
|
|
|
|
Tekshiruv uchun kurs ishini rahbarga berish
|
|
|
|
Kurs ishini himoyaga tayyorlash.
|
|
|
|
Kurs ishi himoyasi
|
|
|
Talaba: Axmatov Shoxrud
2021 y.«_____»________
« IShID terrorchilik tashkilotining paydo bo’lish tarixi »
MAVZUSI BO‘YICHA KURS ISHI
REJASI
KIRISH
I-bob. Suriya Arab davlatida xalqaro IShID terroristik kuchlarinin payda bo‘lishi.
I.1. IShIDning paydo bo‘lishiga 10 ta sabab va unga 20 ta raddiya
I.2. Suriya isyoni Yaqin Sharq davlat chegaralarini o‘zgartirish
I.3 O‘zbek mujohidlari suriyalik isyonchilar saflariga qo‘shilishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Xalqaro terrorizm va ekstremizm keltirayotgan ofatlar hali hech qachon bugungidek taraqqiyotga katta tahdid solmagan. Ayniqsa islom dini niqobi ostida sodir etilayotgan terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlari xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash tobora jiddiy muammoga aylanib borayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Zamonaviy terrorizmning avvalgilaridan ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri uning yanada jiddiylashgani va ko‘proq insoniyatga qarshi yo‘naltirilganidir. Terrorizm borgan sari global muammoga aylanib bormoqda. U lokal yoki alohida olingan bir davlat muammosi emas butun jahon hamjamiyati muammosiga aylanmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sesciyasidagi nutqlarida quyidagilarni ta’kidlaganlar: «Dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usulini o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi. Bu borada ko‘p xollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi. SHu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir» Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Bugungi dunyo yoshlari 2 milliard kishini tashkil etib bu insoniyat tarixidagi eng yirik avlod hisoblanmoqda.
Ertangi kunimiz farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Hozirda asosiy vazifalardan biri yoshlarni o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari, ularning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, o‘z qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun kerakli shart sharoitlarni yaratish hamda zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarni tarqalishini oldini olishdir. Bu borada yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida respublikamizda mavjud barcha ijtimoiy sohalarni bevosita keng qamrovli hamkorligini tashkil etish kerak.
Hozirgi kunda farzandlarimizning kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu sohadagi ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Lekin mutaassib kuchlar yoshlarimiz qalbi va ongini o‘zlarining buzg‘unchi g‘oyalarini bilan egallashga urinayotganliklaridan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Eng achinarlisi, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lmagan ayrim yoshlarimiz bunday g‘oyalar ta’siriga tushib qolmoqdalar.
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi davrda yoshlarimizni turli xil ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasiga aylanib qolmoqda. Ta’kidlangan vazifalarni ijro etishda jamiyatning hal qiluvchi bo‘g‘inlari oila, mahalla, ta’lim muassasalarining rolini oshirish lozim. Ayniqsa ta’lim muassasalarida yoshlar ongini milliy an’analarga asoslangan, asrlar mobaynida ajdodlarimiz ma’naviyati va ma’rifati bilan boyitilgan bilimlarga to‘ldirib borishimiz kunimizning dolzarb vazifasidir.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda terrorizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ibotchilari hokimiyat uchun kurashda, millatlararo nizo va siyosiy mojarolarni keltirib chiqarishda dindan siyosiy qurol sifatida foydalanib kelmoqdalar. Dinni niqob qilib olgan ekstremistik harakatlar jamiyat rivojiga jiddiy tahdid solmoqda. Achinarli holati shuki, diniy niqoblarga o‘ralgan terrorchi tashkilotlarning ko‘pchiligi muqaddas islom dinini o‘ziga niqob qilib olgan.
Ushbu tashkilotlar o‘z faoliyatiga ko‘proq yoshlarni va ayollarni jalb qilib, ulardan terrorchilik harakatlarida foydalanayotganini qayd etish lozim. Ayni paytda, ekstremistik tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan tashviqot yoshlarning o‘z tanlagan yo‘lidan chalg‘ib, soxta g‘oyalarga aldanib qolishga, jamiyatdagi ma’naviy-ruhiy muhitning buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Terrorizm va ekstremizm tarafdorlari o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan tap tortmayaptilar. G‘araz niyatlari yo‘lida o‘z g‘oyalari bilan insonlar ongini zaharlab, davlatlarning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish orqali hokimiyatni qo‘lga olishga harakat qilmoqdalar. Ko‘rinib turibdiki, ushbu tashkilotlarning maqsadi va harakatlari demokratik jamiyat printsiplariga hamda muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalariga also mos kelmaydi. Aksincha, bu shunchaki, jamiyat a’zolarini to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirish dinimizni oyoqosti qilishdan boshqa narsa emas.
Islom dinida inson hayotini, aqlini, dinini, naslini va mol-mulkini muhofaza qilish e’tirof etilgan. Shunday ekan, o‘zini yuksak ma’naviyatli deb bilgan xar bir inson ezgulikni yovuzlikdan farqlay olishi, doimo ogoh va hushyor bo‘lishi, zamonaviy tahdidlar va mafkuraviy xurujlarga qarshi tura olishi lozimdir.
Kurs ishining maqsadlari:
1. Markaziy Osiyoning geosiyosiy va geostrategik ahamiyatini o‘rganibchiqish;
2. Markaziy Osiyoda mintaqa xavfsizligiga nisbatan tug‘iladigan xavf - xatarlar
ko‘lamini va turlarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rsatibo‘tish;
3. Xavfsizlikka doir ishlab chiqilgan qonun hujjatlari bilan tanishishhamda ular-ning mintaqaviy muammolarga daxldorligi darajasini aniqlash.
Kurs ishining vazifasi:
1. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda mintaqadagi barchadavlatlaming o‘mi va roli haqida ma’lumot berish;
2. Xavfsizlikka doir milliy va xalqaro huquqiy hujjatlami taqqoslabchiqish;
3. Mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlashga doir tavsiyalami berish.
I-bob. Suriya Arab davlatida xalqaro IShID terroristik kuchlarinin payda bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |