XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK
VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASh
HAMDA TAShQI SIYoSAT BORASIDAGI USTUVOR
YO‘NALIShLAR
Dunyo qalqib turibdi. Yer sharining turli burchaklari- da o‘q ovozlari eshitiladi. Urushlar, xunrezlik xolatlari mavjud. Diniy ekstremizm, aqidaparastlik, terrorizm in- soniyatga taxdid solmokda. Ana shunday murakkab sharoitda jamiyat xavfsizligini, tinchlik va barqarorligini ta’min- lash xar bir insonning fuqarolik burchi. Tinchlik uchun xar birimiz javobgar va mas’ulligimizni xar daqiqada anglab turishimizni xayotning o‘zi taqozo etmokda.
Xavfsizlik - bu o‘z-o‘zini asrash, himoya qilish ins- tinkti. Agar har bir fuqaro millatidan, elatidan, diniy e’tiqodidan va kasbu koridan qat’i nazar o‘z xavfsizligini, tinchligini, oilasi tinchligini, farzandlari baxtu saodati- ni himoya qilishda ichki bir da’vatga, qalb amriga ega bo‘lsa, jamiyatda barqarorlik mustaxkam bo‘ladi.
130 dan ortiq millat va elat, 10 dan ortiq diniy kon- fessiyalar faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekistonday mamlakatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik fazilatlari alohida ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston xalqi katta hayotiy va sog‘lom ijtimoiy tajribaga ega. Bu bilan, albatta, faxrlanamiz. Biroq, ayrim iymoni sust, vijdoni kemtik, qalbi majruh, sotqin va munofiq kimsalar ham topiladiki, ular xalqimizning tinchligi va barqarorligiga, davlatimiz- ning qudratli siyosiy qarashlariga rahna solmoqdalar. Biz ana shunday kimsalarning mavjudligini hayotimizning har lahzasida unutmasligimiz, ichki va tashqi g‘animlarimizga, tinch, osuda hayotimiz va keng miqyosli taraqqiyotimizga hasad bilan qarayotganlarga har qanday sharoitda qarshi tura oladigan mafkuraviy immunitetga, ma’naviy-ruhiy instinktga ega bo‘lmog‘imiz lozim.
Hozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar tizimi- ni qamrab olmokda. Jumladan, Prezident Sh.M. Mirziyoev bugungi kunda va olis istiqbolda O‘zbekiston tashqi siyosa- tining asosiy vazifalarini aniq belgilab berdi. Jumla- dan:
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlarning qu- rolli mojarolarga va keskinlik o‘choqlariga aylanishi- ning oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xori- jiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joy- lashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi;
siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy- texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni iz- chillik bilan rivojlantiradi;
mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik is- lohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni moderniza- siya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart- sharoitlarni shakllantiradi;
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko‘maklashish;
jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilot- lar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geo- siyosiy muvozanatni saqlab turish, O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;
mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya chora-tad- birlaridan foydalanish;
Uzbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohasidagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun inves- titsion, sayyoxdik, madaniy-tarixiy jozibadorligini ku- chaytirish;
milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalari- ni jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomon- lama va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foyda- lanish va ularni rivojlantirish;
Uzbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolat- li chiqishini ta’minlaydigan ko‘p muqobilli transport- kommunikatsiya yo‘laklari tizimini shakllantirish va ri- vojlantirish;
xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.
Yuqoridagi vazifalar, aytish mumkinki, O‘zbekiston- ning jahon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishi- ni ta’minlaydi. Har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boradi. Ayni paytda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qiladi.
Harakatlar strategiyasi ana shu tarzda bizning keyingi besh yil davomidagi va undan keyingi faoliyatimizning dasturilamali, asosli va barqaror taraqqiyotimizning tayanchidir.
Respublikamizda 1800 dan ortiq diniy tashkilotlar mavjud. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, Rus Provaslav cherkovi, Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi, yevangeliya, xristian baptistlar cherkovlari ittifoqi, rim katolik cherkovi, Injil xristianlar markazi, O‘zbekiston Bibliya jamiyati singari turli e’tiqod va taqvo shakliga ega bo‘lgan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmokda. Mamlakatimizda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi taxriri qabul qilindi. Unga ko‘ra:
diniy tashkilotlarning noqonuniy ravishda faoliyat yuritishlariga chek qo‘yildi;
diniy tashkilotlar fuqarolarning real extiyojlariga bevosita xizmat qila boshladi;
diniy tashkilotlarga xorijiy fuqarolarning raxbar- lik qilishlariga barham berildi. Mamlakatda aholining ma’naviy hayoti uchun yot va zararli bo‘lgan diniy sektalar- ning yoyilib ketishining oldi olindi. Diniy ta’lim tizi- mi qonuniy asosda qayta ko‘rib chiqildi;
mamlakatda diniy adabiyotlarni chop etish va tarqatish ishlari tartibga solinib, bu faoliyat mamlakatimizdagi di- niy muassasalar tomonidan amalga oshirilishi belgilab ko‘yildi;
diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurash olib borish uchun huquqiy poydevor yaratildi.
Turli diniy e’tiqodlar va maslaklardagi fuqarolarning Allox yagonaligi orqali vatan yagonaligi, makon yagonali- gi, iloxiy va dunyoviy qarashlarning mushtarakligi, yaxlit jamiyat dunyoqarashini belgilaydigan muxim omilga aylan- di. Zero, inson va ma’naviyat, olam va odam, makon va zamon o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirish zamirida bu- tun jamiyatni barqarorlashtirish imkoniyati vujudga kel- di. Shu tariqa Allohning yagonaligiga imon keltirish orqali uning bandalaridagi turli e’tiqodlar, xilma- xil qarashlar va munosabatlarni barqarorlashtirish, uni uyg‘unlashtirish singari g‘oyaviy, ma’rifiy jara- yon chuqurlashdi. Bunda jamiyatni barqarorlashtirish masalasi inson yetukligi va komilligi bilan bog‘liq holda tushunilmoqda. Diniy-ma’rifiy saviya jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lib qoldi. Ana shu holatdan kelib chiqib Harakatlar strategiyasining 300-ban- dida «Diniy tashkilotlarning va birlashmalarning davlat bilan o‘zaro munosabatlari, ular faoliyatining xuquqiy tar- tibga solinishi qamda yanada takomillashtirilishi, ushbu sohadagi asosiy yo‘nalishlar, prinsiplar va boshqa masala- lar nazarda tutiladi» deyiladi. Demak, ko‘p e’tiqodli mam- lakatda hozirgacha mavjud tajribalar qayta ko‘rib chiqilib, zamon talablari asosida chuqurlashtiriladi.
Uchinchi ming yillik o‘zining butun miqyosi, beqiyos taraqqiyoti, insoniyat hayotidagi global o‘zgarishlari bilan birga, juda katta ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muammo- larni keltirib chiqardi. Dunyo xalqaro terrorizm muam- mosining ommaviy tarzda tarqalishi jarayonini boshidan kechirmoqsa. Shu bilan birga, ushbu umumdunyoviy taxdidning moddiy bazasi mustahkamlanib, turli-tuman tashkilotla- ri soni o‘sib bormoqda. Terrorning turi va shakli, usul va uslublari takomillashmokda. Terrorchilarni har tomon- lama yuqori malakali qilib tayyorlash va ularning sonini ko‘paytirish jarayoni tezlashmoqda. Bu holat Harakatlar strategiyasida xavfsizlik tushunchasi orqali keskin masala qilib ko‘tarilgan.
Terrorizmning keng miqyosli baynalmilallashuvini 2001 yil 11 sentyabr voqealarida ko‘rish mumkin. Ana shu kuni dunyo terrorizmning global miqyosdagi yangi qudratiga guvoh bo‘ldi. Garvard universiteti professori G.Ellison bu voqeani «giperterrorizm» yoki «megaterrorizm» deb atadi. «Qora seshanba» nomini olgan va butun insoniyatga mislsiz dahshatu vahshatlarni solgan ushbu terroristik akg- ning mutlaqo yangi jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |