Jizzax shahar xalq ta’limi bo`limiga qarashli e



Download 229 Kb.
bet9/18
Sana29.01.2022
Hajmi229 Kb.
#415586
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
9 - may Xotira va Qadrlash kuni

Q A R O R Q I L A D I:


1. “9 – may Xotira va Qadrlash kuni” umumxalq bayramini munosib kutib olish uchun chora tadbirlar tuzib chiqilsin.
2. Ushbu ishlar yuzasidan mas’ullik ma’naviy – ma’rifiy – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Qobilova Sh, “Kamolot” Yo.I.H. yetakchisi Mamatqulova N zimmalariga yuklatilsin.


Yig`ilish raisi: __________________ Qobilova F.
Yig`ilish kotibi: __________________ Yaxyoyeva F.
QADR – ABADIY


Xotirlash — xalq manfaati uchun astoydil xizmat qilgan, el – yurt hurmatiga sazovor bo'lgan kishilarni eslashdir. «Marhumlarni yod etish», «Tiriklarni shod etish» — bu an'ananing asosiy ma'nosini belgilaydi.
«Xotira va Qadrlash kuni» tadbirini o'tkazish davomida yoshlar ajdodlarimiz tarixi, matonati, bosib o'tgan mardonavor yo'llari, qahramonliklari haqida bilishlari lozim. Shu aziz diyor ulardan bizga meros ekanligi, voris sifatida ularning savob ishlarini davom ettirishdek yuksak mas'uliyat yoshlarning zimmasida ekanligiga e'tibor qaratishning ahamiyati katta.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 9 may kuni «Xotira va Qadrlash kuni» munosabati bilan Xotira maydonida urush va mehnat faxriylari, hukumat a'zolari, deputatlar va senatorial", harbiylar, jamoatchilik vakillari bilan bo'lgan suhbatda o'tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruhlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon – qonimizga singib ketganligini ta'kidlab o'tgan edi.


Barcha ta'lim muassasalarida «Xotira va Qadrlash kuni» alohida tayyorgarlik bilan o'tishini ta'minlash lozim. Buning uchun ta'lim muassasalarida tashkiliy qo'mita a'zolari tomonidan chora – tadbirlar rejasi tuziladi hamda «Xotira haftaligi» (3 – 9 may kunlari) e'lon qilinadi. Hafta davomida o'quvchi – yoshlarga «Xotira va Qadrlash kuni» mohiyati va maqsadi tushuntiriladi. O'tgan yaxshi insonlar hayoti, faoliyati haqida ma'lumotlar, esdaliklar to'plashga bir hafta avval kirishiladi. Marhumlar oilasidan, urush qatnashchilari holidan xabar olinadi, ularga yordam beriladi. Tadbir o'tkaziladigan joyda hashar uyushtirilib, obodonchilik ishlari olib boriladi.


Tadbir o'tkaziladigan joy o'ziga xos shiorlar, lavhalar bilan bezatiladi. Prezidentimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» asari, «Xotira va Qadrlash kuni»ni nishonlash bo'yicha qabul qilingan farmon, Xotira maydoni, ikkinchi jahon urushi va front ortida olib borilgan fidoyi insonlar mehnati tasvirlangan fotolavhalar ko'rgazmasini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Tadbirga urush faxriylari, yurt ravnaqi uchun halol mehnat qilgan faxriylar, mustaqillik yillarida Vatan sarhadlarini himoya qilib, yurtimiz ozodligi va tinchligi yo'lida qurbon bo'lganlarning yaqinlari, mahalla faollari, ota – onalar qo'mitasi a'zolari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati vakillari taklif etiladi.
Tadbir doirasida «Xotirada qadr mujassam», «lnson qadri ulug' — xotirasi muqaddasdir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q», «Ajdodlar xotirasi ulug'dir», «Siz hamisha qalbimizdasiz, aziz yurtdoshlar!», «lnsonparvarlik ma'naviyat gultojidir», «Mangu o'chmas nomingiz», «0'tganlar yodi aziz» mavzularida mashg'ulotlar, tarbiyaviy soatlar, adabiy va ilmiy kechalar, suhbatlar, uchrashuvlar, sahna ko'rinishlari namoyish etish, devoriy gazetalar ko'rik – tanlovini o'tkazish mumkin.
1 – 4 – sinflarda «Odobnoma» fani tarkibida berilgan mavzular asosida «Xotira saboqlari» rukni ostida «9 may — Xotira va Qadrlash kuni — umumxalq bayrami», «Xotira va Qadrlash muqaddas tuyg'u», «Xotira maydoni – muqaddas qadamjo» kabi mavzularda tadbirlar o'tkazish , fotosuratlar, diafilmlar namoyish etish, savol – javoblar o'tkazish, yoki debat usullaridan foydalanib, o'quvchilar ongiga singdirish tavsiya etiladi.
5 – 9 – sinflarda «Xotira saboqlari» mashg'ulotlari o'quvchining yosh psixologik xususiyatlariga qarab, turli mavzularda o'tkaziladi. Jumladan, Xotira maydoniga ekskursiya uyushtirisn orqali o'quvchilar ongiga mutlaqo yangi tushunchalar singdiriladi.
Yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida harbiy qismlarga ekskursiya uyushtirish, harbiy xizmatchilarni o'quv muassasalariga taklif qilish, oliy O'quv yurtlari kursantlari bilan uchrashuvlar o'tkazish, harbiy texnika bilan tanishtirish, urush va mehnat faxriylariga «Biz siz bilan» guruhi ko'magida yordam ko'rsatish, «Osmonimiz musaffo, zaminimiz tinch bo'lsin», «Yurtimiz husni – jamoliga ko'z tegmasin», «Xotira va Qadrlash – burchimiz» kabi mavzularda she'rxonlik tanlovini, «Hech qachon unutmaymiz» mavzusida konsert dasturi uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Ta'lim muassasalarida o'tkaziladigan «Xotira va Qadrlash kuni» tadbirlari o'quvchilarimizda erkin fikrlash, vatanparvarlik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga daxldorlik, yorqin tariximiz, farovon bugunimiz va buyuk kelajakka ishonch va sadoqatni tarbiyalashga xizmat qilmog'i zarur.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish