Buyuk vatandoshim,
Qo'msayman seni!
Ha, ma'lum insonsan,
Noma'lum emas!
Sen borsan, sheriksan
Bu hayotimga.
O'qituvchi: Endi esa maydonning shimoliy va janubiy tomonida milliy an'anaviy me'morlik uslubida ustunli, vassajuftli qilib qurilgan ayvonlar tomon boramiz. Majmuani bunyod etistr va bezashda taniqli yog'och o'ymakorlari: toshkentlik H.Oditov, S.Rahmatullayev, A.Azlarov; qo'qonlik A.Abdullayev; samarqandlik M.Asadov; andijonlik X.Bog'ibekov va boshqalar ishtirok etishgan. Ustalar tomonidan, ko'rib turibsizki, 42 ta ustun bezatilgan. 28 ta tokcha — «Xotira kitobi»da ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan 450 mingga yaqin yurtdoshimiz nomlari zarhal harflar bilan bitilgan. Aziz o'quvchilar, siz ham 1 mazkur «Xotira kitobi»dan o'z qarindoshlaringizdan, tumaningiz yoki mahallangizdan urushga ketgan va halok bo'lganlar ismi-shariflarini o'qishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |