3. Metallurgiya Shlaki asosidagi betonlar
Tayanch so‘z va iboralar: ferroxromli; donador shlak; shlakportlandsement; ruda;
granullangan shlak; klinkersiz shlakli bog‘lovchi.
Metallurgiya shlaki asosida to‘ldirgichlar
Qurilish sanoatida metallurgik shlaklar kerakli darajada beton to‘ldirgichlarini rezervi
bilan
ta’minlaydi.
Shlakli to‘ldirgichlar uyma hajm og‘irligining kattaligiga qarab og‘ir (R0>1000kg/m3) va
yengil (P0≤1000kg/m3) bo‘lishi, donining yirikligi darajasiga qarab mayda (<5 mm) va yirik (>5
mm) turlarga bo‘linadi.
Shlakli chaqiqtosh ag‘darilgan metallurgik shlakllarni maydalab, yoki qaynoq suyuq shakli
eritmaga maxsus ishlov berib olinadi (kuyma Shlakli chaqiqtosh). Chaqiqtosh ishlab chiqarish
uchun ag‘darilgan Shlaklar, po‘lat eritishdagi (chaqiqtosh
olish uchun qayta ishlatga
yaraydigan), shuningdek mis eritishdagi, nikelli va boshqa rangli metallurgiya
shlaklaridan foydalaniladi.
Quyma shlakli chaqiqtoshning fiziko-mexanik xususiyatlari: Bo‘lakniig o‘rtacha hajm
og‘irligi, 2200...2800 kg/m3
Solishtirma og‘irligi, 2900...3000 kg/m3
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, 60..,100 MPa.
Suv
shimishi, 1...5 % mas,
Chaqiqtoshning hajm og‘irligi, 1200... 1500 kg/m3
Quyma shlakli chaqiqtosh sovuqka, issiqka o‘ta mustaqkamlik, shuningdek eyilishga
qarshiligi bilan xarakterlanadi. Uning bahosi tabiiy toshdan olingan chaqiqtoshga qaraganda
deyarli 2 marta arzon.
Beton va temir-beton mahsulotlarini tayyorlash uchun yirikligi 5... 70 mm fraksiyalangan
quyma shlakli chaqiqtosh qo‘llaniladi. Saralanmagan material yo‘l
qurilishi va mineral paxta
ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, qolgan chiqindi o‘tga chidamli beton uchun to‘ldirgich bo‘lib
xizmat qilishi mumkin va shlak-portlandsement ishlab chiqarishda qisman granullangan shlak
o‘rnida qo‘llanilishi mumkin. Quyma zich kristall tuzilishidagi shlakli chaqiqtosh olish uchun
otash-suyuq kamgazli shlaklar qo‘llaniladi, sovutish jarayonida juda oz miqdorda g‘ovak hosil
qiladi, o‘rtacha zichligi- 2200 kg/m3 dan kam emas.
Chaqiqtosh donining yirikligiga qarab quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5...10,...10...20,
20...40, 40...70, 70...120 mm. Shlakli chaqiqtoshning donador tarkibi
xuddi boshqa turdagi
to‘ldirgichlardagidek, bo‘shliqni minimal darajada ta’minlash uchun tanlab olinadi. Har bir
fraksiyalardagi chaqiqtoshning minimal uyma hajm og‘irligi 1000 kg/m2 ni tashkil etadi.
Plastinkasimon va igna ko‘rinishdagi dona tarkibida, % hisobida: kub ko‘rinishida 15 dan ko‘p
bo‘lmasligi: yaxshilanganida 25; oddiyida 35 chaqiqtosh bo‘lishi kerak.
Bundan donning uzunligi uch va undan ortiq marta kengligidan yoki qalinligidan katta.
Shlakli shag‘al. Donador shlak.
Shlakli chaqiqtoshning
mustahkamligi uning markasi bilan xarakterlanadi.
Domna Shlakidan olingan chaqiqtosh og‘ir beton to‘ldirgich sifatida qo‘llaniladi.
Mustahkamligi
bo‘yicha 5 markasi o‘rnatilgan.
Mustahkamlik bo‘yicha chaqiqtosh markasi - 1200, 1000, 800, 600, 300.
Sinovdan o‘tgan chaqiqtoshni yo‘qolgan vazni, % - 15 gacha, 15..25, 25..35, 35..45,
45..55. Markasi 1200 bo‘lgan chaqiqtosh M400 va undan yuqori markali beton tayyorlashda
qo‘llanishi mumkin, 100 dan M 300 markali, 800 dan M 200 va M 600 dan M200 dan oz. Past
markali chaqiqtosh yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan betonlarni tayyorlash uchun
foydalanilganda, faqat texnik -iqtisodiy asoslangandan va tegishli tekshiruvlardan o‘tgandan
keyin mumkin bo‘ladi.
Chaqiqtosh tajribada necha siklga bardosh berishiga qarab,
uning sovuqqa mustahkamlik
markasi o‘rnatiladi. (3-jadval).
Shlakli chaqiqtosh tarkibidagi changsimon loyli qismi 3% dan oshmasligi kerak, noaktiv
va kam aktiv shlaklar uchun.
Aktiv va yuqori aktiv shlaklar tarkibidagi qorishma normaga solinmaydi. Chaqiqtosh
tarkibida yoqilg‘i shlaklar, kullar, koloshnik changi qorishmalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chaqiqtosh tarkibida loyli zuvalachalar hamma turdagi shlaklarda vazni bo‘yicha 0.25%
oshmasligi kerak.
Metallurgik shlaklar tarkibida sulfat bo‘lib, armatura po‘latini korroziyaga olib keladi.
Domna shlaklari tarkibida sulfatning miqdori vazni bo‘yicha 2,5% dam oshmasligi kerak.
Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstuksiyalarini ishlab
chiqarishda sulfat miqdori
aniqlanishi zarur, shlakli chaqiqtoshdan foydalanish mumkin bo‘lganda maxsus tadqiqot
bo‘yicha asoslangan bo‘lishi kerak. Shlakli chaqiqtosh sement betonlarda to‘ldiruvchi
sifatidagina foydalanilmay, yo‘l qurilishida asosni mustahkamlash va asfalt beton
yopilmasi qurulmasida ham foydaniladi.
Struktura xususiyati, emirilishi uvalanishiga
qarshiligiga qarab shlakli chaqiqtosh quyidagi markalarga bo‘linadi
5>
Do'stlaringiz bilan baham: