4-
proteinlardan olinadigan tuzlar;
5-
organik
sulfokislotalar tuzlari;
6-
yog‘och yyelimidan olinadigan tuzlar.
AQShda kokos yelimini amidlari yog‘li aminokislotali neytrallangan vinsol yelimli faol
komponetli havo olib kiruvchi qo‘shimchalar ishlab chiqarilmoqda. Ular suv bilan birgalikda
kiritiladi. Mumkin bo‘lgan miqdori 0.1 -3 mm 1kg sementga yoki 0.01 -0.2% bog‘lovchi
massasidan sement ishlab chiqarishda klinker va gips bilan tuyilganda kiritiladi. Xamma
qo‘shimchalarni saqlash muddati 1 yildan ortiq emas.
Sement va uning mahsulotlarini gidratlanish jarayoniga g‘ovakli qo‘shimchalarni ta’siri
Ushbu qo‘shimchalar sement gidratlanish kinetikasiga va gidratlanish mahsulotlarini
tarkibiga muhim ta’sir ko‘rsatmaydi. Aralashtirish davrida havoni olib kirilishi ikki jarayonda
o‘tadi.
Birinchisi aralashtirayotganda havoni bosib o‘z ichiga olishdan iborat.
Ikkinchi davrda to‘ldirg‘ich ishtirok etadi va uni nomi fazoviy to‘siq deb ataladi, u beton
qorishmasini aralashtirish jarayonida xar xil joyni o‘zgartirishida havo pufakchalarini bosib o‘z
ichiga olish va qayd etish uchun kerakdir. Shuni yodda tutish kerakki, ko‘p havo olib kiruvchi
qo‘shimchalar sirt – faol moddalarni qorishmasi, ularni bir qismi qiyin eruvchan birikmalarga
bog‘lanadi, ikkinchi qismi suyuq fazada qoladi va sirtni taranglanishini pasaytiradi.
Suv kiritilgandan keyin sement zarrachalari tez gidratlangan mahsulotlari bilan qoplanadi
va bu qatlamlar kalsiy gidrosilikatlardan iborat bo‘lib suvni o‘tkazmaslikni taminlaydi va
sementni gidratlanishi uchun induksion davrni yuzaga kelishiga ko‘maklashadi, bu esa tutib
qolishni boshlanishiga va beton qorishmasida havo pufakchalarini tuzimini maxkamlanish
vaqtiga to‘g‘ri keladi. Havo pufakchalar tuzimi hosil bo‘lgandan keyin qolgan jarayonlar yuz
beradi. Ular qotgan betonda g‘ovaklik tuzilishni yakuniy shakillanishga ta’sir etadilar. Bu
jarayonlar havo pufakchalarini erishidan va ularni diffuzion ko‘chirishidan iborat. Betondagi
havoni umumiy miqdori bu uni uzoq vaqt ishlatilishini baxolash uchun eng muhim
hususiyatlaridan emas, ammo beton qorishmasi uchun imkon bo‘lganlar ichida yagonadir
pufaklar orasidagi” masofa faktori qancha past bo‘lsa shunga betonni uzoq vaqt ishlatilishi
baland bo‘ladi. Qo‘shiladigan qo‘shimcha miqdori ko‘paygan sari betondagi kiritilgan havo
miqdori ko‘payadi, lekin kiritilgan qo‘shimcha miqdori va havo olib kirishlikni orasida qatiy
mezon mavjud emas, qo‘shimchani biri samarador bo‘lishi mumkin, ikkinchisi kamroq.
To‘ldirg‘ichlarni maksimal o‘lchovlari oshgan sari betonda havo miqdori pasayadi, mayda
to‘ldirg‘ichlar havo uchun tuzoq bo‘lib uni ushlab turadi va shunga muvofiq havoni olib kiradi.
Umumiy to‘ldirg‘ichlar miqdorida qumni miqdori qancha ko‘p bo‘lsa shuncha beton
qorishmasida havoni miqdori baland, ammo bunda qumni zarrachalarini granulometrik tarkibini
va o‘lchov effektini hisobga olish zarurdir.
Beton qorishmasini harorati qancha baland bo‘lsa, shuncha unda havo kam, agarda suv
nisbatini sementni shunday qilib o‘zgartirishadi konusni cho‘kishini saqlab qolish uchun.
Lignosulfanat tuzlarn havo olib kiruvchi xossasigacha ega bo‘lgani uchun, ularni kiritishini
kamaytirishini talab qiladi, xlor tarkibli qo‘shimchalarni esa havo olib kiruvchi
qo‘shimchalardan alohida kiritilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: