Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


Qo‘llaniladigan  ta'lim  texnologiyalari



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Qo‘llaniladigan  ta'lim  texnologiyalari:  kompyuter  texnologiyalari  (grafiklardan, 
testlardan  foydalanish),  klaster,  besh  minutlik  esse,  ko‘rgazmali  ta'lim  metodlari  (  namoyish, 
illyustratsiya, videousul, slaydlar); 
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan pedagogik metod turlari: 

Aqliy hujum, klaster, besh minutlik esse,  blits-so‘rov. 


Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan texnik vosita turi: 

Ko‘rgazmali qurol 

Proektor 

Slayd 

Tarqatma material 
13-mavzu (2 soat). 
Peroksinli chiqindilar asosida sement tarkibini o’rganish. 
Reja:  
1.  Sement mustahkamligini chiqindi qo‘shimchalar bilan oshirish. 
Qurilish  ashyolari  ishlab  chiqarishda  bog‘lovchi  moddalar  muhim  o‘rinni  egallaydi  va 
ashyolarning yuqori mustahkamligini, uzoq muddatga chidamligini ta'minlaydi. 
Sun'iy  pishirilgan  bog‘lovchi  moddalarni  qurilishda  odamlar  eramizdan  2400-3000  yil 
avval qo‘llaganliklari hozirgi paytda olimlar orqali bizga ma'lum bo‘lmoqda. 
Birinchi  sun'iy  olingan  bog‘lovchi-qurilish  gipsi  (alebaster,  ganch)  bo‘lib  hisoblanadi. 
Ohakli  bog‘lovchilar  gipsdan  keyin  pishirish  yo‘lga  qo‘yildi.  Gips  va  ohakli  bog‘lovchilarni  
muvaffaqiyatli    qo‘llanilgani    Misrda,  Xitoydagi  “Buyuk  devor”  qurilishida,  Rimda, 
Meksikadagi va O‘rta Osiyodagi tarixiy obidalarni ko‘rishimiz mumkin. 
1756  yilda  ingliz  olimi  D.Smit  birinchi  bo‘lib  suvga  turg‘un  gidravlik  ohak  ishlab 
chiqardi.  1796  yilda  ingliz  D.Pirker  romansement  ixtiro  qildi.  1824  yilda  yana  angliyalik  olim 
D.Aspdin  portlandsement  uchun  ixtirolik  patentini  oldi  va  hozirgi  paytda  dunyodagi  ishlab 
chiqarilayotgan  sementlarning  asosini  portlandsement  va  uning  asosida  tayyorlangan  sementlar 
tashkil etadi.     
Sement  ishlab  chiqarish  hozirgi  paytda  eng  muhim  masalalardan  biri,  bu  qimmatbaho 
sement klinkerini tejab, har xil qo‘shimchalar bilan yuqori mustahakamlikka ega, uzoq muddatga 
va agressiv muhitga chidamli sement ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu borada  Jizzax politexnika 
institutining  qurilish  ashyolari  ilmiy  laboratoriyasida    1993-94  o‘uv  yillarida    ilmiy    tadqiqot 
ishlari olib borilgan.  
Sement  ishlab  chiqarish  uchun  Ohangaron  sement  ishlab  chiqarish  korxonasining 
yarimfabrikati portlandsement klinkeri va Qo‘ytosh volfram konining peroksinli chiqindisi asos 
qilib olindi.  Klinker  gips toshi bilan laboratoriya sharli tegirmonida 008 raqamli elakda 12 foiz 
qoldiq qolguncha talqon qilib  olinadi. Shu tariqa  peroksinli chiqindi ham o‘zi  toza holda talqon 
qilib olindi. Tayyorlangan Portlandsement va talqon  qilingan chiqindidan  0,5; 10; 15; 20 foizlik  
nisbatda  aralashma  sement    tayyorlab  olinib  ularning  fizik-mexanik  xossalari  o‘rganildi. 
O‘rganishlar  natijasini  shuni  ko‘rsatdiki,  meyoriy  quyuqlikdagi  sement  loyi  tayyorlash  uchun 
sementga 22-24 foiz suv talab etilib, qotishining boshlanishi va oxiri yagona davlat nusxasi talab 
darajasida 1 soat 30 daqiqadan so‘ng bo‘ldi.  
Ularning  mustahkamligi  3104-81  raqamli  yagona  davlat  nusxasi    asosida  oddiy  suvli   
sharoitda 28  kunlik  muddatli mustahkamligi va bug‘li sharoitda tayyorlangandan keyin 1 kun 
ishlov berib tekshirib ko‘rildi. 
Avval  sement  loyining  qotish  davrini  laboratoriya  sharoitida  aniqlab  olamiz:  APSS-6 
asbobi  ishga  tayyorlanadi  .  Yuqorida  tayyorlangan  meyoriy  quyuqlikdagi  loylar  APSS-6 
asbobiga joylanadi. Qotish davrini APSS-6 dagi qog‘ozda qolgan teshiklarga qarab aniqlanadi va 
jadvalga yozib qo‘yiladi. 
Jadval 1. 
Sement turi 
Sementga suv qo‘shilgan vaqt 
Qotish davri 


  
Boshlanishi 
Oxiri 
Sement  
1035  2 29 
3 29 
1% li qo‘shimcha 
11 09  1 45 
2 55 
5% qo‘shimcha 
11 11  1 43 
3 30 
10% qo‘shimcha  
10 25  3 00 
6 10 
Natijalardan  ko‘rinib  turibdiki  qo‘shimchaning  miqdori  ortgan  sari  sement    loyining 
qotish davri sekinlashmoqda. 
Qorishma tayyorlash va uning mustahkamligini aniqlash. Yarim kg sement, qum 1,5 kg, 
200 gr suv  va kerakli miqdorda qo‘shimcha qo‘shib boriladi.  
Qancha qo‘shimcha qo‘shilsa xuddi shuncha sement miqdori kamayadi. Dastlab 4x4x16 
sm.li  namunali  qoliplar  moylab  tayyorlanadi  va  qorilgan  qorishma  shu  qolipga  solib  titratgich 
yordamida  titratiladi.  Qoliplangandan  so‘ng  1  kundan  keyin  qolipdan  chiqarib  suvga  solib 
qo‘yiladi.  

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish