Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: kompyuter texnologiyalari (grafiklardan,
testlardan foydalanish), klaster, besh minutlik esse, ko‘rgazmali ta'lim metodlari ( namoyish,
illyustratsiya, videousul, slaydlar);
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan pedagogik metod turlari:
-
Aqliy hujum, klaster, besh minutlik esse, blits-sO‘rov.
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan texnik vosita turi:
-
Ko‘rgazmali qurol
-
Proektor
-
Slayd
-
Tarqatma material
5-mavzu (2 soat).
Qotish va tutib qolishni tezlashtiruvchi qo‘shimchalar
Reja:
1. Qotish va tutib qolishni tezlashtiruvchi qo‘shimchalar.
2. Natriy sulfatni texnik kristallogidrat
Monolit qurilishda beton va yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni betonlashda, ayrim
xollarda yotqizilgan betonni mustahkamligini o‘sishini tezlashtirishini zaruriyati tug‘iladi.
Maqsad uning qolipdan yechishda oldin, uning ushlab turish muddatlarini qisqartirish va
keyinchalik qurilish jarayonini tezlashtirish uchun. Buning uchun elektrolitlarni samarador
ishlatishi beton qotishini va beton qorishmalarni tutib qolishini tezlashtiruvchi qo‘shimchalari.
Temir-beton va yig‘ma beton texnalogiyasida qo‘shimcha-tezlashtiruvchilardan foydalanish
sezilarli effekt beradi. Sementni tutib qolish mudatlarini qisqartirishi va uning qotishini
intensifikatsiyasi ham normal-nam qotishidagi betonlari uchun, hamda issiqlik ishlovidagilarga
dolzarb deb hisoblanadi va nafaqat zich balki g‘ovakli to‘ldirgichli betonlar uchun. Poligon
sharoitlarda ishlab chiqaruvchi, yig‘ma konstruksiyalar uchun, issiqlik ishlovi ko‘zda
tutilmaganda, qotishni tezlashtiruvchi qo‘shimchalar qolipdagi buyumlarni ushlab turishini
qisqartiradi va shunday qilib talab qilinadigan qoliplar miqdorini kamaytiradi, demak ishlab
chiqarishni metalga ixtiyorligini, undan tashqari qoliplardan chiqqan buyumlarni ushlab turish
uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish maydonlar qisqaradi. Konstruksiya va temir beton
buyumlar, yig‘ma betonni zavod sharoitida ishlab chiqarishda qotish va tutib qolishni
tezlashtiruvchi qo‘shimchalarni qo‘llanilishi issiqlik ishlovi vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Bu esa qoliplarni issiqlik uskunalarini aylanishini qisqartiradi.
Tezlashtiruvchi-qo‘shimchalarni kiritilishi sement sarfini kamaytiradi, undan tashqari
elektrolitlar va plastifisirlovchi organik qo‘shimchalar bilan birgalikda foydalansa, klinkerni 12-
15%gachan kamaytirish imkonini ta’minlaydi. Shunday qilib qotish va tutib qolishni
tezlashtiruvchi qo‘shimchalarni qo‘llanishi effektiv texnologik qo‘llanish bo‘ladi. Mahsulot
tannarxini va korxona faoliyatining texnik iqtisod ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Tezlashtiruvchi
qo‘shimchalarni ishlatilishni boshqa muhim yo‘nalishi bu salbiy haroratda konstruksiyalarni
betonlashdir. Bu holda qo‘shimchalarni roli sement hamirini qotishi va gidrotatsiya jarayonini
tezlashtirishda yakunlanadi va uni maqsadi betonni yetarli «kritik» mustahkamligini
shakillantirishi, bu esa beton va sement toshini mayda g‘ovaklik tuzilishini shakllantiradi va
g‘ovaklarga muzlagan suvni bosimiga qarshiligini taminlaydi. Bu betonni xisoblangan
haroratgachan muzlatish imkonini beradi va uning erish xavfi kuzatilmaydi, chunki betonda
erkin suv miqdori keskin qisqaradi, shakkilanuvchi mayda g‘ovaklik tuzilish esa oddiy qish
haroratlarda
g‘ovaklardagi suvni muzlamasligini imkonini beradi. Qo‘shimcha
tezlashtiruvchilarni samaradorligini asosiy kriteriyasi bu tutib qolish jarayonini 25% va undan
ko‘pga qisqartirish (atrof havo harorati 20+20
0
C).
Issiqlik talablari bo‘yicha beton qotishini tezlashtiruvchi qo‘shimchalari uchun beton
mustahkamligin 1 sut normal qotishida 20% va undan ko‘pga oshishi zarurdir.
Xozirgi vaqtda quyidagi tezlashtiruvchi qo‘shimchalar o‘z qo‘llanishini topdilar:
Potash P (K2SO3-karbonat kaliy) oq rangli kristall kukun ko‘rinishidagi mahsulot-kuchli
ishqoriy xossalariga ega tuz. Beton qorishmasini tez qotishi kuzatiladi, yirik g‘ovaklik tuzulishli
beton olinadi. Tarkibida reaksion qobiliyatli kremnezemli to‘ldirgich foydalanganda betonni
ishqoriy yemirilishi mumkin. Qo‘shish miqdori 5% gachan sement massasidan.
Kalsiy nitrit- nitrat NNK-kalsiy nitrit va nitratning 1:1 nisbatidagi qorishmasi suvli eritma
yoki pasta ko‘rinishda. LST eritmalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Nitrat-nitrat kalsiy xlorid-NNKX nitrit-nitrat kalsiyni kalsiy xlorid bilan /://nisbatga
qo‘shib olinadigan mahsulot zichligi 1,1…1,3g/sm3 li sariq rangli suvli eritma.
Natriy sulfat-SN NaSO4-10H2O yoki suvsiz tuz ko‘rinishidagi oq rangli sarig‘ish
kristallar. Suvda kam va qiyin eriydi.
Nitrat Natriy NN1 NaNO3 ko‘rinishidagi rangsiz kristallar. Gigroskopik emas, suvda
yaxshi eriydi, qizdirganda kislorod ajratib bo‘linadi.
Natriy xlorid-XN. Suvda eriydigan oq rangli kristall kukun, yig‘ma betonda qo‘llanishi
chegaralangan, chunki betonda armaturani va uskunalarni yemirilishi tezlashadi. Tavsiya
etiladigan miqdori-4% gachan sement massasidan.
Natriy sulfatni texnik kristallogidrat.
Askorbin kislotasini diasetonsorboza ajralib chiqqandan keyin olinadigan kristall kukun
ko‘rinishidagi mahsulot.
Zaklad qisimli konstruksiyalarda sink qoplamalari bilan ximoyalangan armaturalarda
qo‘llanadi, miqdori 1% dan sement massasidan oshmasligi kerak. Doimiy elektr tok ta’siridagi
konstruksiyalarida ishlatilishi man etiladi.
Tiosulfat natriy TN xrom birikmalarini ishlab chiqarishdagi chiqindisi bosilmagan
rangsiz kristallar Na2 S2 O3 suvda yaxshi eriydi. Tavsiya etiladigan miqdori 1-3% sement
massasidan.
Yashil ishqor ZЩ. Sulfat usulida sellyulozani pishirishidan so‘ng ishqorlarni tozalash
natijasida olinadigan seriyali ishlab chiqarishni chiqindisi. Och-yashildan-to‘q yashil rangacha
bo‘lgan suyuqlik. Uni individual qo‘shimcha sifatida ham plastifisirlovchi (LST) va havo olib
kiruvchi (SNV, GKJ-10 va boshqalar) birgalikda ishlatish mumkin. Optimal qo‘shish miqdori
0,02-0,11% sement massasidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |