Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


Qo‘llaniladigan  ta'lim  texnologiyalari



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Qo‘llaniladigan  ta'lim  texnologiyalari:  kompyuter  texnologiyalari  (grafiklardan, 
testlardan  foydalanish),  klaster,  besh  minutlik  esse,  ko‘rgazmali  ta'lim  metodlari  (  namoyish, 
illyustratsiya, videousul, slaydlar); 
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan pedagogik metod turlari: 

Aqliy hujum, klaster, besh minutlik esse,  blits-sO‘rov. 
Darsni o‘tishda qo‘llaniladigan texnik vosita turi: 

Ko‘rgazmali qurol 

Proektor 

Slayd 

Tarqatma material 
 
6-mavzu (2 soat). 
Tutib qolishni va qotishni sekinlashtiruvchi qo‘shimchalar  
Reja: 
1.  Tutib qolishni va qotishni sekinlashtiruvchi qo‘shimchalar. 
2.  Plasitifisirlovchi qo‘shimchalar 
Ishlab  chiqariladigan  konstruksiyalarni  birligini  taminlash  uchun  ularni  beto‘xtov  betonlash 
tavsiya  etiladi.  Ammo  lekin  bu  moxiyatsiz  ishlar  hajmida  va  nisbatan  oddiy  konstruksiyalar 
qurilish  uchun  mumkin.  Qolgan  hamma  holatlarda  konstruksiyalarni  betonlashda  uzilishidan 
voqif  bo‘lish  qiyin  shuning  uchun  qurilish  maydonlarida  ishchi  choklar  moslamalaridan 
foydalanishadi.  Ishchi  choklar-  kuchsiz  joy  shuning  uchun  ular  konstruksiya  mustahkamligiga 
salbiy  ta’sir  ko‘rsatmaydigan  yangi  va  eski  beton  ulanishdagi  kesmda  joylashishlari  kerak. 
Ularni  joylashtirishi  aniq  qiyinchiliklar  bilan  va  ishchi  vaqtni  qo‘shimcha  sarflanishi  bilan 
bog‘liq,  chunki  yangi  betonni  eski  bilan  ishonchli  jipslashishi  uchun  oldingi  beton  yuzasiga 
obdon  ishlov  berilishi  kerak.  Buning  uchun  tutib  qolgan  beton  yuzasini  sement  plyonkasidan 
tozalash kerak, siqilgan havo va suv bilan yuvib yoki simli shyotka bilan artib yirik to‘ldirgichni 
yalong‘ochlashtirish  kerak.  Shu  ishlarni  hammasini  qilmasa  ham  bo‘ladi,  agarda  betonlashni 
beto‘xtov  olib  borilsa  yoki  oldindan  qolipga  solingan  qorishmani  tutib  qolish  jarayoni  xali 
boshlanmasa. Bu holatlarda texnologik yechimlardan biri bu beton qorishmasiga tutib qolish va 
tutishini  sekinlashtiruvchilarni  kiritishi.  Bu  usul  beton  ishlari  grafigini  hisobga  olgan  holda 
amalga  oshirilishi  kerak.  Bu  qo‘shimchalarni  ishlatilishini  yo‘nalishi  beton  qorishmasini  uzoq 
masofaga jo‘natish zarurligi va texnologik xossalarini saqlash bilan bog‘langan.  
Yig‘ma  beton  va  temir-beton  buyumlari  ishlab  chiqarishda  sekinlashtiruvchi  qo‘shimchalar 
tashqi devor panellari tayyorlashda qo‘llanadi. Bu qo‘shimchalarni ta’sir etish mexanizmi klinker 
minerallarini  gidratlanish  va  gidrolizlanish  jarayonlari  to‘xtalishidan  iborat,  ya’ni  erkin  ohakni 
eritmaga  ajralishini  sekinlashtiradi,  va  koagulyatsiya  jarayonlarini  sekinlashtiradi.  Sement 
zarachalarini  va  uning  gidromahsulotlarini  yaqinlashtiradi.  Natijada  suv  bilan  aralashtirgan 
sement  klinkerni  tutib  qolish  intensivligi  sekinlashadi.  Klinker  minerallarning  gidroliziga  va 
gidrotatsiyasiga,  erkin  ohakni  boglashishiga  tuskinlik  kilmaydigan  qo‘shimchalar  ta’siri 
natijasida sement hamirini tutib qolishini sekinlashtirishi mumkin. Alohida elektrolitlar ta’sirida 
tutib  qolish  jarayonlarini  sekinlashtirish  mumkin  ularni  sement  hamirida  miqdoriga  bog‘langan 
holda eritmani koagulyatsiya tuskinlik kilishi mumkin.  


Nitrilotri  metilen  fosfor  kislota  NTF.  Oq  kristall  kukun,  suvda  eriydi,  organik    eritmalarda 
erimaydi.  Qo‘shimchani  talab  kilingan  miqdoridan  oshigi  beton  va  eritmani  mustahkamligini 
pasaytirish  mumkin.  Qo‘shimcha  sementning  hamma  turlarida  effektiv  ta’sir  kursatadi,  xatto 
yuqori alyuminatlikka ham. 
Plasitifisirlovchi ta’sirga ega yig‘ma-temir betondagi armaturani yemirilishini quzg’amaydi. 
Tavsiya kilinadigan miqdori 0,02…0,15% sement massasidan. 
RSB-(500(ISB-500) Monolit qurilish uchun sekinlashtiruvchi qo‘shimcha. 
Nitrilotrimetilen fosfor kislotasining ishlab chiqarishini beradigan eritma. 
Armaturani yemirilishini qo‘zg‘atmaydigan moddalar tarkibida yo‘q. Tavsiya etiladigan miqdori 
0,02-0,15% sement massasidan. 
Ozuqaviy  shakar  shinni  (melassa)  KP.  Qant  sanoatini  chiqindisini  mahsuloti  tuk  jigar  rang 
yopishqoq  suyuqlik  kuriniщida,  suvda  yaxshi  eriydi.  Yetti  sutkali  yoshidagi  beton  va  eritmani 
mustahkamlikka  asta-sekin  ega  bo‘lishi  kuzatiladi.  Plastifisirlovchi  ta’sirga  ega  va  yig‘ma 
temirbeton uchun tavsiya etilmaydi. Qo‘shish miqdori 0,05%-0,3% sement massasidan. 
Sut  zardobi  sut  sanoati  ishlab  chiqarish  chiqindisi,  sarg‘ish  suyuqlik,  tarkibida  sutli  shakar,  yo 
oqsil  mavjud.  Beton  qorishmasiga  yoki  qurilish  qorishmasiga  zardobni  bevosita  qo‘shsa,  unda 
uni sekinlashtiruv ta’siri kuchli bo‘ladi. Plastifisirlovchi ta’sirga ega. Optimal miqdori  -1,5-3% 
sement  massasidan  (quruq  moddaga  xisoblaganda  -0,1-0,2%).  Xorijiy  ishlab  chiqaruvchanlarni 
qo‘shimchalari. 
Adimenit  V32  (addiment  VZ2)  monolit  qurilish  uchun  plastifisirlovchi  ta’sirga  ega 
qo‘shimcha-sekinlashtiruvchi.  Armaturani  yemirilishini  qo‘zg‘atuvchi  moddalar  tarkibida  yo‘q. 
Tavsiya  etiladigan  miqdori  0,2…0,7%;  sement  massasidan.  Ishlab  chiqaruvchi  Addiment  Sika 
(FRG)  
Addiment  V3  6  (addiment  VZ  6)  yyengil  va  penobetonlar,  qorishmalar  uchun  kuchli 
sekinlashtiruvchi,  qo‘shimcha  tavsiya  etiladigan  miqdori  0,2…1,7%  sement  massasidan.  Ishlab 
chiqaruvchi  Addiment Sik (FRG) 
Peramin  R  (Regamin)  fosfatlar  asosidagi  tiniq  eritma  ko‘rinishidagi  sekinlashtiruvchi 
qo‘shimcha. Tavsiya etiladigan miqdori 0,2-1,0% sement massasidan. Ishlab chiqaruvchi: OOO 
Uralplast. 
Pozzolit 100 Iks R (pozzolit 100xR)  plastifisirlovchi ta’sirga ega sekinlashtiruvchi qo‘shimcha. 
Jigarrangdan qora rangachan suyuqlik. Tavsiya etiladigan miqdori 0,2-0,3%  sement massasidan. 
Ishlab chiqaruvchi Lyuberis kombinati SMiK.   
Sementol  Retard  (cementol  Retarde)    beton  va  qorishmalar  uchun  plastifisirlovchi 
ta’sirga  ega  sekinlashtiruvchi,  uni  oldindan  suv  bilan  aralashtiradi  va  quruq  qorishmaga 
qo‘shiladi.  Tavsiya  etiladigan  miqdori  -0,2-0,8%  sement  massasidan.  Ishlab  chiqaruvchi  TKK 
Sloveniya. 
Zika  petapd  (Sika  retarder)  modifisirlangan  fosfatlar  asosidagi  yuqori  effektli  tutib 
qolishni  sekinlashtiruvchi  portlandsement  hamma  turlari,  xatto  Shlakoportlansement  bilan 
moslashadi.  Zichligi  1,3kg/m3  li  sariq  jigarrang  suyuqlik,  tarkibida  xloridlar  yo‘q.  Tavsiya 
etiladigan miqdori 0,2-2,0% sement massasidan. Ishlab chiqaruvchi: Sika (Shveysariya) 
Glyukonat  natriy.  Fermentatsiya  yo‘li  bilan  glyukozadan  olingan  natriy  glyukon  kislotasining 
tuzi.  Suv  ushlab  turuvchi  va  plastifisirlovchi  ta’cirga  ega.  Mayda  kristall  kukun  yoki  oqdan 
jigarranggacha  granulalar,  suvda  yaxshi  eriydi,  to‘liq  biobo‘linadi.  Tavsiya  etiladigan  miqdori 
0,05…0,25%  sement  massasidan.  Ishlab  chiqaruvchi:  Bang8  Bonsomer  MaPEI  konserni 
(Italiya). Yuqorida ko‘rsatilgan beton  qorishmasini  tutib  qolishni va qotishini sekinlashtiruvchi 
qo‘shimchalardan  tashqari  o‘rta  va  sust  plastifisirlovchi  yuqori  konsentratsiyalik 


qo‘shimchalardan  ham  foydalanish  mumkin  masalan,  LST,  NPB,  hamda  kremney  organik  
suyuqlik  113-63.  (sobiq  FES-60),  etil  gidridseskvioksan  PTEN,  geksa  metafosfat,  xayvon 
yyelimi  (suyak,  umurtqa)  kraxmal,  dekstrin  va  boshqalar.  Hisoblab  chiqqan    qo‘shimchalarni 
betonni    uzoqqa  chidamli,  mustahkamlikka  ta’siri  sementoshini  tuzulishiga  uni  shakkilanish 
kinetikasiga ularni kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etishidan bo‘lgan  holda ham ularni ta’sirini  
oldindan  etib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  beton  yoki  qorishmadagi  qo‘shimcha  miqdori  tajriba 
orqali va siqilishga bo‘lgan mustahkamligini tekshirib o‘rnatiladi.  
3.4. 
Plasitifisirlovchi qo‘shimchalar 
 
Qo‘shimchani plastifisirlovchi effektdan bog‘langan holda ular quyidagi turlarga bo‘linadi:  
-  superplastifikatorlar  (plastifisirlovchi  qo‘shimchalarni  1-guruh)  beton  qorishmalarni 
harakatchanligini  P1  dan  P5  gachan  (2…4sm  dan  21-25sm  gachan)  oshiradi,  hamma  sinov 
mudatlarida betonni mustahkamligini pasaytirmasdan; 
-  kuchli      plastifisirlovchi    (2-guruh  plastifisirlovchi  qo‘shimchalar)  beton  mustahkamligini 
pasaytirmasdan uni xarakatchanligini oshiradi P1 dan P4gachan (2-4sm dan 16-20sm gachan); 
-  o‘rtacha  plastifisirlovchilar  (3-guruh  plastifisirlovchi  qo‘shimchalar)  beton  mustahkamligini 
pasaytirmasdan  qorishmalaarni  harakatchanligini  P1  dan  P3  gachan  (2…4sm  dan  10-15sm 
gachan) oshiradi; 
-  sust  plastifisirlovchilar  (4-guruh  plastifisirlovchilar  beton  mustahkamligini  pasaytirmasdan 
beton  qorishmasini  xarakatchanligini  ko‘paytiradi  P1  dan  P2  gachan  (2…4sm  dan  5-9sm 
gachan). 
Qurilish  bozorida  hozirgi  vaqtda  zamonaviy  mahalliy  va  xorijiy  ishlab  chiqaruvchilarni 
qo‘shimchalari mavjud. 
1-guruh. Suyuqlantiruvchi S-3 formaldigid va naftalinsulfokislota kondensatsiyasini natriy tuzlar 
asosidagi qo‘shimcha. To‘q jigarrangdagi suyuqlik, kukun, suvda yaxshi eriydi. 
Suyuqlantiruvchi SMF (S-3 ni modifikatsiyasi) xar xil molekulyar massali polimer birikmalarni 
yig‘indisi.  Neytrallangan  natr,  formaldegidni  naftalin  sulfokislota  va  P-fenol  sulfokislotani 
kondensatlashda olinadi. Jigarrangli suvli eritmasi.  
Dofen  DF  naftalin  sulfokislota,  undan  hosil  bo‘lgan  va  unga  o‘xshash  formaldegid  naftallinni 
tozalash  sortlaridagi  ishlab  chiqarish  chiqindilaridan  foydalanib  polikondensatsiya  mahsuloti. 
To‘q  jigarrang  rangli  suyuqlik.  Superplastifikator  10-03.  Sulfidlangan  trimetilomolmelamin 
polikondensatsiyasini oligomir mahsuloti

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish