Invazion kasalliklar. Nozematoz. Nozematoz asalarilaming yuqumli kasalligi bo'lib, uni apis nozemasi qo'zg'atadi. Nozematoz bilan katta asalarilar ona va erkak arilar kasallanadi, lichinkalarga bu kasallik ta'sir qilmaydi. Kasallikni qo'zg'atuvchilar nozema apis bir hujayrali organizm bo'lib, asalarining o'rta ichagida parazitlik qiladi. Bu yerga u zararlangan oziq bilan tushadi. Nozema sporalar hosil qilib o'sishi natijasida amyobalar chiqadi.
Kasallikning tarqalish yo'llari - kasallikning manbayi kasal asalarilardir. Ular asal, perga uyalar va suvni o'zining chiqindi axlati orqali nozematoz bilan zararlantiradi. Kasallik sog'lom oilaga umumiy suv idishlaridan dezinfeksiya qilinmay quyilgan inlardan, inventar va boshqalardan o'tishi mumkin.
Kasallikning kechishi - qishlov yomon sharoitlarda o'tganda (sifatsiz oziqlar bilan oziqlantirish, arixonalarda eski, iflos mum inlarning bo'lishi, qishlovga qari onalar bilan kirilsa, arixonada tempratura rejimining buzilishi) nozematoz bilan kasallanish qishning ikkinchi yarmida yuz beradi. Bahorga kelib oilada nasi paydo bo'la boshlagan vaqtda asalarilar ularing yaxshi rivojlanishi uchun uyada haroratni oshira boshlaydi, bu vaqtda kasal arilar soni ham oshib boraveradi, qisqa vaqt ichida butun oila nozematoz bilan kasallanib qoladi.
Kasallik belgilari - asalarilaming nozematoz bilan kasalla- nishining xarakterli belgilaridan biri bu asalarilaming bezov- talanishi, ichi ketishi, ayrim asalarilaming, ba'zida butun oilaning halok bo'lishidir. Kasal bo'lgan asalari g'ujdan ajralib uya devo- rida o'rmalab, tagiga tushib, sovuqda qotib o'ladi.
Kasallik diagnostikasi - nozematoz kasali o'rta ichak ichidagi massani mikroskopik tekshirishlardan o'tkazib, nozema spora- larining bor-yo'qligi aniqlanadi. Tekshirish asosan laboratoriya usulida amalga oshiriladi.
Davolash - nozematoz kasalligini davolash uchun fumagil- lin organik kislotalar (sirka va shovil) shovil yoki rovochdan foydalaniladi. Fumagillinni davolash sirop holida bir oilaga 11 hisobidan tayyorlanadi. Bu eritma 30° gacha sovitilgan qand siropiga quyiladi. Aralashtirib asalarilar oziqlantiriladi. Sirka kislotasi sho'r oziq tariqasida beriladi. Shovil bilan rovoch nordon oziq hisobida ishlatiladi.
Kurash choralari - nozematoz bilan kasallangan arizorlar karantin qilinadi. Nozematoz shunday kasallikki, u bilan kurashishni har yili tinmay olib borish kerak. Bu kurashishning muvaqqiyati bir vaqtning o'zida ham davolash, ham sanitariya
profilaktika tadbirlarini o'tkazishdir. Buning uchun arixona va inventarlar yaxshilab dizenfektsiya qilinadi.
Arixona va unga solinadigan taxtacha quyidagicha dizenfek- siya qilinadi: ular mum va propolis (asalari yelimi)dan tozala- nadi.
Ishqorning issiq eritmasi (600 gr elangan kul yoki 200 gr kir sodasi) bir chelak suvda eritiladi. Asalarilarning najasi, qotib qolgan izlar yuviladi, qurigandan keyin uyaning ichini va tirqishlarini kavsharlash lampasining o'ti bilan qizarguncha kuydiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |