Jizzax davlat pedagogioka institut


Zahiriddin Muhammad Bobur, (1483-1530-yillar)



Download 5,81 Mb.
bet57/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

Zahiriddin Muhammad Bobur, (1483-1530-yillar)

Zahiriddin Muhammad Boburni, asli, polvonlar avlodidan desa bo‘ladi. Uning katta bobolari – Sohibqiron Amir Temur, uning o‘g‘li Mironshoh ham, Sulton Muhammad Mirzo, Sulton Abu Said Mirzo ham jismoniy baquvvat, otni musht bilan urganda dovdiratadigan darajada kuchli va polvon kishilar bo‘lgan manbalarda ma’lum. Boburning otasi Umarshayx Mirzo polvon kelbatli, jismoniy jihatda juda baquvvat yigit bo‘lgan. “Boburnomada” ta’riflanishicha, uning mushtiga bironta bahodir chidash berolmasdi. Belbog‘ni bog‘lab bo‘lganlaridan keyin chuqur nafas olganida esa belbog‘i uzilib ketar edi.
O‘n ikki yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirgan Zahriddin Muhammad Bobur ham o‘sha polvon kelbatli kishilar zotidan bo‘lgani uchun bolaligidanoq nihoyatda sog‘lom, binobarin shox tabiatli, epchil, chaqqon, kuchli, zabardast yigit bo‘lib o‘sdi.
Boburga kichikligidanoq yugurish, otda chopish, chavg‘on o‘ynash o‘rgatildi. U otda turib to‘p surardi, tengqurlari bilan kurashga tushardi. Ammo u bolalik va o‘smirlik gashtini uzoq surolmadi. Otaning bevaqt o‘limi uni vorisiy taxtga o‘tkazdi.
Boburning qizi Gulbadanbegim “Humoyunnoma” asarida quyidagi ma’lumotni keltiradi: Bobur Hindistonda Agra shahrini egallagach, xursandchilikdan bo‘lsa kerak, qal’a devoriga chiqib, ikki yigitni ikki qo‘ltig‘ida dast ko‘tarib, devor ustida yugurgan. Yigitlar, masalan: o‘rtacha 75 kilogrammdan bo‘lsa, demak, 150 kilogramm yukni ko‘tarib, devor ustida yugurish uncha – muncha polvonning qo‘lidan kelmasligi aniq.
Boburning o‘zi jismoniy tomondan baquvvat bo‘lgani uchun ham doimo bahodir yigitlarni xush ko‘rardi. Shuning uchun ham askarlarini jismoniy tayyorgarligiga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Askarlar o‘rtasida kurash tushish, kamondan o‘q otish, uloq, ot chopish, ot ustida kurashish mashqlari ko‘proq berilgan.
Sportning eng og‘ir va xatarli turlaridan bo‘lgan alpinizm ham O‘rta Osiyoliklarga qadimdan ma’lum. Kishidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni, epchillik, jasurlik, chidamlilikni, uddaburonlikni talab qiluvchi alpinizmning ko‘p shakllari O‘rta Osiyoda shakllangan. Jumladan O‘rta Osiyoning, Hindistonning, Afg‘onistonning ko‘plab past-baland tog‘laridan oshib o‘tgan Boburning mohir va mashhur alpinizm bo‘lganligi haqida uning “Boburnoma” asaridagi ma’lumotlar dalolat beradi. Bobur va uning askarlari Qobulga borish uchun yaqin yo‘l tashlamoqchi bo‘lib, Qosimbek degan odamni gapi bilan Hinduqush tog‘lari orqali yuradilar.
Kishidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni, epchillik, jasurlik, chidamlilikni, uddaburonlikni talab qiluvchi alpinizmning ko‘p shakllari O‘rta Osiyoda shakllangan. Jumladan O‘rta Osiyoning, Qushiy degan g‘orga etib kelishadi. Hamma, shu jumladan Bobur ham, qo‘liga kurak olib o‘ziga boshpana-g‘or qazishga kirishadi: “Qo‘limga kurak olib, qor kurab o‘zimga joynomoz miqdori er yasadim, qorni ko‘ksimgacha qazidim xanuz erga etmaydur edi. Xorin elga panoh bo‘ldi. O‘sha g‘orda o‘ltirdim, yigitlarim: katta g‘orga keling, deb har necha dedilarkim, bormadim. Ko‘ngilga keldi: barcha kishilarim qorda va buronda kosayu, men issiq uyda va istiroxatda yotamanmi, dalada barcha odamlar tashvish va mashaqqatda yursalaru, men katta g‘or ichida uyqu bilan farog‘atda yotamanmi? Bu nomardlik bo‘lar edi, bu hamjihatlikdan yiroq ishdir. Men har tashvish mashaqqat bo‘lsa ko‘rayin, har nechuk el toqat qilib tursa turayin, bir fors maqoli bor: do‘stlar bilan birga o‘lsang – to‘ydir. U shundoq bo‘ronda o‘zim qozib yasagan qor chuqurda ultirdim deb yozgandi.
Suvda suzish mashqlari ham har bir O‘rta Osiyolik jangchi uchun majburiy edi. Bu “Oynoma”, “Sayohatnoma” asarlarida qayd etib o‘tilgan. Bobur ham “Boburnoma” asarida o‘zining mohir suzuvchi bo‘lganligini shunday eslaydi: o‘sha kuni men Gang daryosini suzib o‘tdim va uning u chekkasidan bu chekkasigacha necha qadam ekanligini hisoblab chikdim. O‘ttiz qadam masofaga so‘zib borgan ekanman. Shu ondayoq dam o‘tmay YAna ketimga suzib, o‘z joyimga qaytib keldim. Men hamma daryolarni suzib o‘tgan edim, faqat Gang daryosi qolgan edi.”
Shunday qilib Bobur Mirzo 1526-yilning aprelida Hindistonni zabt etib, boburiylar saltanatiga asos soldi va shu tariqa temuriylar sulolasini Hindiston zaminida davom ettirdi.
Boburning sportga qiziqqanligi bir yorqin misol. To‘y tomoshalarda, sayllarda Bobur turli o‘yinlar uyushtirar edi va polvonlarning kurashlarini tashkil qilar edi. Bunday marosimlar Qobilda ham, Hindistonda ham tez-tez o‘tkazilgan.
Bobur Hindistonga borgach, 1528-1529-yillari mamlakat bo‘ylab sayohat-safarlar qilgani ma’lum. Ana shu safarlari chog‘ida o‘zi bilan ayrim polvonlarni ham olib yurgan va kechki dam olish paytlarida daryo bo‘ylarida ko‘ngil ochar marosimlar tashkil qilgan. (ungacha allaqachon chog‘ir ichishni man etish xaqida maxsus farmon elon qilgan edi). Bu tantanalar kurash tomoshalarisiz o‘tmasdi.
Boburning Sodiq polvon va Qo‘lol polvon degan kurashchilari bo‘lgan. Qayerda kurash musobaqasi uyushtirilsa Bobur ularni boshqa polvonlar bilan kurashga tushirgan. 1527-yil martida Ganga qo‘yiladigan Jo‘n daryosi bo‘ylab sayohat chog‘ida Bobur odamlari tushgan kemala xushhavo degan qishloqda to‘xtaydi. Qishloq daryo tomoniga chodirlar tiqilib, shu yerda bir kecha qolishadi. Shohona suhbatlar uyushtirib, yoyilganidan so‘ng polvonlar kurashi boshlanadi. Sodiq polvon va Quvlol polvonlar o‘zaro do‘st bo‘lib, hech qachon bir-biri bilan kurashga tushmagan edi. O‘sha kuni Bobur, hazil-mutoyiba qilibmi yoki boshqa polvonlar yo‘qligidanmi, ikkovini maydonga tushiradi.
Kurash Farg‘ona usulida: Chopon keyilgan va belbog‘ bog‘langan, ammo belbog‘lar ikki qavat uzilib ketmasligi kerak-da. Sodiq polvon astoydil olishadi, Qulol polvon esa faqat uning harakatiga qarshilik ko‘rsatadi, xolos. Odamlar esa undan “Hujum” kutib, “Ha-ha” deb qichqirmoqda. Olishuv anchagina davom etadi. Nihoyat Sodiq polvon raqibini dast ko‘tarib yonboshga tashladi. Atrofda esa qichqiriq ovozlari. Bobur o‘tirgan joyida tizzisiga urib, Sodiqni olqishlamokda edi. zavqlanganidan uni oldiga chaqirib, o‘n ming tanga pul, bir bir ot va bosh-oyoq sarpo mukofot beradi. Boburning odilligi shundaki, mag‘lubga ham uch ming tanga pul, bir chopon hadya qildi va yelkasiga qoqib qo‘ydi.
Xullas yuqorida bayon etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, Zahiriddin Muhammad Bobur jismoniy mashq mashg‘ulotlari va kurash orqali mardlik, jasurlik, botirlik, epchillik, chidamlilik sifatlarini o‘zida ham askarlarida ham birdek mukammal tarbiyalab borgan.



Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish