Jizzax davlat pedagogioka institut



Download 5,81 Mb.
bet48/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

ROBERT OUEN (1771-1858-yillar). Ouen kapitalizmning haqiqiy ziddiyatlarini, sinfiy kurash qonunlarini va burjua jamiyatini ag‘darib tashlash yo‘llarini ochib bermadi. Ouen sotsial kulfatlarning va mehnatkashlar og‘ir ahvolini asosiy sabablarini xalq maorifining yetarli darajada taraqqiy yetmaganligida ko‘rdi. U sotsializmga o‘tilishini revolyusion bilan emas, balki insoniyat aqli taraqqiyoti bilan bog‘ladi; uning fikricha, insoniyat aqli taraqqiyoti erta kech bari bir jamiyatning “ratsional tashkilotini” tushunishiga olib keladi. U kelajakdagi jamiyatni 3 ming kishidan ziyodroq odamni o‘z ichiga oladigan o‘z- o‘zini boshqaruvchi kichikroq jamoalar shaklida tasavvur qili. Har bir jamoa qishloq xo‘jalik va sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilish kerak edi. Ouen bunday jamoada Yangi odamning tarkib topishiga ishonadi, chunki, uning fikricha, to‘g‘ri tarbiya va sog‘lom muhim odamni ratsional his qilishga va fikr yuritishga o‘rgatadi hamda undagi xudbinlikni yo‘q qildi.
Shotlandiya ip yigirish fabrikasining rahbari bo‘lgan (1800-yil) Ouen o‘zining mehnatkashlarini tarbiyalashning Yangi tizimini amalga tadbiq qilishga harakat qildi. Ouen bu fabrikada ishchilarning bolalari uchun maktab ochdi; bu maktabda bolalar unumli mehnat bilan qo‘shilgan aqliy mehnat bilan qo‘shilgan aqliy ta’lim va jismoniy tarbiya olar edilar. O‘yinlar, gimnastika mashqlari va harbiy mashqlar bilan shug‘ullanish uchun maxsus maydon qurilgan edi. Bolalarning maktabda ishlashi 10 yoshdan, fabrikada ishlashi 12 yoshidan boshlanar edi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar (5 yoshdan boshlab) bilan ham o‘yin va jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazilar edi. Kapitalistlar Ouenning tajribalariga xotirjamlik bilan qarab tura olmadilar va ularning fabrikasini iqtisodiy jihatdan bo‘g‘ib qo‘ydilar.
1825-yili Ouen AQSH egalikka asoslangan tajriba koloniyasini (“Yangi garmoniya” ni) tashkil qilishga harakat qildi, Ouen ishchilarining o‘zini bujuaziya jamiyati sharoitida sotsialistik jamoalar tuzishga jalb qilish uchun jiddiy harakat qilgan yagona utopist edi.
Angliya parlamenti 1838-yildan boshlab qisman bo‘lsa ham xalq ta’limini mablag‘ bilan ta’minlab turdi. Mablag‘ni asosan shaxsiy maktablarga berilardi, ularga o‘quv rejasi bilan mos keladigan ertalabki va kechqurungi darslar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishni tavsiya qilgan. Elementar maktabni bajarib chiquvchilari orasidan, universitet va kollejlarda ta’lim olishini davom ettirayotganlar rahbarligi ostida dengizdan tashqariga sayrga chiqishga trenirovka qilganlar orasidan otryad va komandalar tuzilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kembridji va Oksoford unversitetlarda xalq uchun ko‘rgazmali sport chiqishlari va ommaviy ravishda maruzalar o‘tkazilardi, bu esa 5-12 yoshli bolalarni o‘rgatishiga majburiy ravishda kiritishga imkon beradi, shu asosda jismoniy tarbiya elementlari amalga oshiriladi.
XIX asrning o‘rtalarida Buyuk Britaniya burjuaziya havasokrlik sport assosatsiyasi sport 18 ta turdan musobaqa o‘tkazila boshladi. Qo‘l jangi va kurash, masalan, bular ko‘pchilik xalqlar orasida keng tarqalgan edi, biroq sport turi sifatida angliyaliklar orasida ommalashdi. Ular 1719-yilni rasmiy ravishda boksni tarixining boshlanishi deb hisoblaydilar. 1741-yili mashhur bokschi Brouton o‘yin qoidalarni yozdi. Ana shu qoida bo‘yicha yuz-yildan oshiq vaqt ichida eng kuchli bokschilar orasida musobaqalar o‘tkazilib kelindi, 1866-yilga kelib Kuinsberg boks bo‘yicha xalqaro musobaqalarni qoidasini takomillashtiradi. Xuddi shunga o‘xshash xaraktyerdagi o‘zgarishilar boshqa sport turlari uchun ham bo‘ldi.

Shimoliy Amerikadagi elementar va o‘rta shaxsiy maktablarda jismoniy tarbiya 1775-1783-yillardagi mustaqillik urushida kolonistlarning g‘alabasiga qadar kiritilgan edi. 1852-yili Massachusets shtatida boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha umumiy majburiy qonun qabul qilindi, bunga qarshi grajdanlar urushi-yilarida janubiy – irqchilar jon-jahdi bilan kurashdilar. Siyosiy-ijtimoiy jihatdan qayta qurilishlarning cho‘zilib ketishiga imkon beradi va negrlar, indeyslar va meksikaliklardan kelib chiqqan amerikaliklarning ochiqdan-ochiq kamsitishlari hozirgi vaqtgacha saqlanib kelmoqda. Umumiy majburiy ta’lim to‘g‘risida Qonunning barcha shtatlarda qabul qilinganiga yuz-yildan oshib ketganiga qaramasdan, 1975-yilda negrlarni o‘g‘il va qizlaridan faqatgina 30 % o‘rta maktabni tugatdilar.
1860-yilda Amxersta universitetida jismoniy tarbiya va gigiyena kafedrasiga asos solindi. Keyinchalik shunga o‘xshash kafedralar qariyb jahonning barcha oliy o‘quv yurtlarida tashkil qilindi. AQSH – basketbol, voleybol va boshqa sport turlarining vatani hisoblanadi. Biroq AQSH federal davlati tamonidan bolalar va o‘smirlarning o‘rtasida jismoniy tarbiya sporti rivojlantirishga 1959-yilgachan harajat qilinmadi. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish, xavaskorlik assotsiatsiyalari tashabbusi bilan amalga oshirib kelindi.



Germaniya, Daniya, Shvetsiya, Fransiya va boshqa Yevropa kontenital davlatlarida tarbiyaga gimnastika katta rol ajratilgan va o‘sha davrda jismoniy tarbiya va sportni barcha arsenal vositasi gimnastika deb aytilgan. Napolen armiyasi tomonidan Germaniyani bosib olgan davrda fransiyaliklarni hukmronligi davrida ularga qarshi qurollanganlarni tashkil qilish uchun sirli uyushma va sport gimnastika jamiyatidan tashkil qilinadi. 1810-yilning yozida Karl Frizen tamonidan chet elliklarni hukmronligiga qarshilik ko‘rsatadigan qonuniy shaklda birlashgan kuchni tashkil etadi bu xavaskorlik gimnastika to‘garagi. K.Fizen Nakolenga qarshi ozadlik uchun kurashda halok bo‘ldi, biroq Germaniyani Yangi shakldagi vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan kuch birlashmasini milliy ozodlik harakatini qatnashchisi F.Yan tamonidan foydalanilgan.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish