Fridrix Yan Germaniyani Napoleon armiyasidan ozod qilingandan keyin hamma yerda gimnastika maydonlarni jihozlashga chaqirdi-harbiy mashq o‘tkaziladigan maydon, katta yoshdagi aholi uchun pullik tir, qayiqlar bekati va fextovaniya zallari qurdilar. Fridrix Yan va E.Eyzlenlar “Nemislarni gimnastika san’ati” kitobida gimnastika asbob-anjomlarida harakatlarni o‘rgatish usullari va bir qator metodik tavsiyanomalarni yozadilar. Fridrix Yan fikri bo‘yicha musobaqani eng yuqori shakli, turnerlik harakati bu tabaqa bo‘yicha tashkil qilingan nemis quroli sharafiga bayramdir ya’ni zadagonlar, burjuaziya, dehqon va ishchi orasidagi bayramdir.
Fridrix Yanni harbiylashtirish jismoniy tarbiyasi harbiylashtirish toji (cho‘qqisi) – bu aholi o‘rtasida erkaklarni barcha harbiy xizmatga layoqatlarini jangovor tayyorgarligini namoyish qilishdan iborat. Taraqqiyparvar nemis pedagoglari va jamoat arboblari jisomniy tarbyaiga qarshi chiqdilar, ular F.Yanni josuslikda aybladilar.
Biroq Gemaniyani janubiy-g‘arbidagi yerda gimnastika tashkilotini ichki reaksiyasiga kurashish chog‘ida asta-sekin aylanabordi, buni tanasida Prusslarni yunkyerlar hukumatlari turardi. Karl Follen (1796-1840) turner-Respublikachilarni boshqardi, bu Germaniyani birlashtirishga jonbozlik ko‘rsatdi. Germaniyani ko‘pchilik turnyerlari feodal reaksiyani taqibi ostida chet elga ketishiga majbur bo‘ldilar va chet elda nemislarni gimnastikasini ommalashtirdi. 1842-yilga kelib gimnastika harakatlarini taqiqlashi bekor qilindi va har bir yoshdagi o‘quvchi yoshlar uchun metodik talabni taqdim qiladigan. G.Egerni jisomniy tarbiya tizimsini ommalashtirdi.
Gimnastika pedagogikasini rivojlanishiga hissa qo‘shgan Adolf Shpiss (1810-1858-yillar), bir necha-yil davomida Shveysariya maktablarida ishladi va o‘zining to‘rt qismdan iborat bo‘lgan. “Gimnastika san’ati to‘g‘risidagi ta’limot” nomli asarini nashrga tayyorladi. P.F.Lesgaftni tarifi bo‘yicha maktabdagi gimnastika mashqlarini o‘qitish qoidasini aniqlab berdi. Dars tartib nomeri, ya’ni sof va gimnastika qayta saflanishilar bilan boshlanadi, keyin esa erkin umumiy rivojlantiruvchi mashqlar o‘tkaziladi. Bu yerda Shpies ilgari Pestolassi va Fit tomonidan tavsiya etilgan elementlar mashqlardan foydalanadi va o‘zining ham huddi shunday tipdagi bir qancha mashqlarini ishlab chiqdi. Bu mashqlarni yo‘nalishi va maqsadi-shug‘ullanuvchilarning organizmini apparatlarda kombinatsiyani bajarishiga tayyorlaydi ya’ni gimnastika asbob-anjomda harakatini o‘rganishi uchun optimal imkoniyat yaratdi. Nemis tilida dars o‘tkazilayotgan F.Yan va E.Eyzelenni maktabida udaburonlik san’ati A.Shpisni “Turikdist” ini ommalashtirdi.
Nemis gimnastikasidagi jismoniy mashqlarni o‘quvchilar organizimga ta’sir etishi hisobga olinmagan, biroq ular murakkabligi bo‘yicha to‘rtinchi bosqichga ajratilgan bo‘ladi. Darsning oxirida, darsni boshlanishidagidek qayta saflanishilar o‘tkaziladi, u o‘sha vaqtda harbiy-taktik (chiziqlar) tayyorgarlikni bajrishiga to‘g‘ri keladi.Shpis barcha mashqlarni qiyinligi jihatidan uchta bosh yo‘nalishini aniqladi: F.Yan va E.Eyzelenni asbob-anjom kasbiy gimnastikasi; b) A.Shpissni ko‘r-ko‘rona qattiq intizomga asoslangan gimnastika; v) G. Egerni sport-amaliy gimnastikasidir.
Frans Naxtegal (1777-1847-yillar)
Fransuz burjua revolyusiyasidan oldin o‘tgan kishilarning g‘oyalari daniyalik Frans Naxtegal (1777-1847-yillar)ni jismoniy sohasida aktiv harakat qilishda rag‘batlantirdi. 1799-yilda u Daniyada “Jismoniy tarbiya rag‘batlantirish jamiyati” tashkil qildi, 1800-yilda esa gimnastika maktabini tuzdi. Napaleonning bostirib kirish xavfi Daniya hukumatini harbiy tayyorgarlikni kuchaytirishga da’vat etdi shuning uchun 1807-yili bu hukumat Yangi harbiy o‘quv yurtlari tashkil qildi va gimnastikani kadet korpuslariga kiritdi. Gimnastika o‘qituvchilari maktabini bitirib chiquvchilar armiyada va o‘quvchilarning havaskorlik to‘garaklarida gimnastikadan dars berdilar. Maktabning ommaviyligi oshib bordi, shuning uchun u qayta tashkil etilib, gimnastika institutiga aylantirildi.
Tayyor gimnastika o‘qituvchilarning borligi Daniyadagi fuqaro o‘quv yurtlarining hammasiga jismoniy tarbiyani majburiy fan sifatida kiritishda imkon berdi. Naxtegal va uning izdoshlari chorak asr davomida Guts-Muts gimnastikaga doir qo‘lanmani aniqladilar va shahar xalq maktablari uchun maxsus gimnastikaga doir kitob ham yaratdi. Biroq Naxtegal o‘zining bu kitoblarida gimnastikani o‘qitish nazariyasi yoki metodikasini ilgari surmadi, balki filantropinglarning metodik ko‘rsatmasini ommalashtirdi va Daniya sharoitlariga moslashtirdi. Daniya yoshlari maktab gimnastika o‘qituvchilari rahbarlik qilayotgan to‘garaklarda gimnastika mashqlari bilan shug‘ullandilar.
Frans Naxtegalning ish tajribasini chet tili, qilichbozlik o‘qituvchisi va Shvetsiyalik mifolog Per Ling (1776-1839-yillar) takomillashtirdi, u bir qator Yevropa davlatlarida jismoniy tarbiyaning tashkil qilinishi bilan tanishib chiqib, Shvetsiyada aqlga (maqsadga) muvofiq – gimnastika maktabini yaratadi. 1813-yili Ling Stokgolmda gimnastika institutini tashkil qildi, u hozirgi paytgacha Qirolga qarashli deb aytiladi. Bu yerda u gimnastikani o‘qita boshladi. Per Ling shuni ko‘rsatib o‘tdiki, harbiy gimnastikani tashkil qilish bo‘yicha qilingan ishlardan tashqari, pedagogika, tibbiyot va estetik aqlga (maqsadga) muvofiq gimnastika maktabi sohasida tadqiqot ishlarini olib borish juda zarur degan edi. Per Linni o‘quvchilari uni o‘g‘li Yalmar Ling (1820-1886-yillar) boshchiligida pedagogika gimnastikasini takomillashtirdilar. Pedagogika gimnastikasida gimnstika skameykasida, yakka cho‘pda, devorda, bajariladigan mashqlardan, shuningdek chang‘i, qonki, otda va qayiqda harakatli o‘ynilarda o‘quvchilarni mehnat harakatida musobaqalarda keng foydalanildi.
Gimnastika asbob-anjomlarida mashqlarni bajarishdagi zo‘riqishdan keyin shug‘ullanuvchilarni chalg‘itish maqsadida harakatli o‘yinlar va ko‘l mehnatini o‘tkazilardi. Shu bilan bog‘liq bo‘lgan shved gimnastika darsi 12-18 qismdan iborat bo‘lar edi. Darsning bunday murakkab sxemasi hech bir jihatdan oqlanmagan edi.
Dars jarayonida, ayniqsa harakatni boshlashdan oldin, hozirgi vaqtgacha o‘zini rolini yo‘qotmagan dastlabki holatga katta ahamiyat beriladi. Qo‘l va oyoqni qatiy simmetrik harakatini har bir harakatdan keyin pauza qilib tezda to‘pni to‘g‘ri chiziq va burchak bo‘ylab to‘xtash bilan (qo‘llar yon tomonga o‘zatilgan, qo‘llar ko‘krak oldida, oyoqlar elka kengligida va b.q) harakat har doim dastlabki holatdan bajarilishini tavsiya qilingan. Mushak guruhlari bo‘yicha jisomniy mashqlarni tasifi va gavdani barcha qismlarini har tamonlama rivojlanishida shved gimnastikasini yaxshi reklamani tashkil qiladi, bu esa dunyodagi ko‘pchilik mamlakatlarga tarqalgan edi.