2.Jismoniy tarbiya va sport sohasida nazariy bilimlarning rivojlanishi.
Yan Amos Komenskiy (1592-1670). Buyuk slavyan pedagog-demokrati u to‘g‘ridan-to‘g‘ri nemis feodallari va katolik cherkovlariga qarshi kurashda qatnashdi. Komenskiy «chex qardoshlari» jamoasi oilasida tug‘ildi va o‘sdi, keyin esa turli mamlakatlarda pedagog bo‘lib ishladi. Ya.A.Komenskiy darsliklar va qo‘llanmalar yozdi, bu darsliklar bo‘yicha jahondagi juda ko‘p davlat bolalari o‘qidilar. Komenskiy xalqlar o‘rtasida do‘stlik va to‘g‘ri munosabatlarni o‘rnatishida tarbiyaga birdan-bir muhim asos deb qaradi. Komenskiyning shaxsan o‘zi Angliya, Vengriya, Shvetsiya va Gollandiyada ta’limni, tarbiyani tashkil etishda qatnashdi. 1656-yili Polshaning Leshko shahrida «chex qardoshlari» jamiyati yo‘q qilingandan keyin o‘zining pedagogik faoliyatini u Amstyerdamda davom ettirdi.
Komenskiy to‘rtta yosh davrni aniqlab berdi.: yoshlik (tug‘ilgandan to 6 yoshgacha), o‘smirlik (6-12 yosh), o‘smirlik (12-18 yosh), balog‘atga yetganlik (18-24 yosh), maktabni maqsadi va bosqichi, o‘rab turgan dunyoni va o‘z-o‘zini boshqarish va xudoga intilishidir.
Komenskiy, tabiat har bir kishiga ma’naviy kamolot imkoniyatlarini bergan, deb ta’kidladi, shuning uchun ham u umumiy ta’limning zarurligi to‘g‘risidagi masalani o‘rtaga qo‘ydi. U ishonch bilan: “Faqat boylar yoki aslzodalarning bolalari uchungina emas, balki umuman hamma uchun: aslzodalar va aslzoda bo‘lmaganlar, boylar va kambag‘allar, o‘g‘il bolalar va qizlar uchun barcha shaharlar, katta qishloqlar va joylarda maktablar barpo qilish kerak”,-deb yozdi. Tarbiya masalalarida u demokrat sifatida, o‘z davrining chinakam gumanisti sifatida maydonga chiqdi. Komenskiy maktablarni tubdan isloh qilish masalasini o‘rtaga qo‘yib, ularni “insoniylik ustaxonalariga” aylantirish lozimligini ta’kidladi. U formal quruq ta’lim metodlarini tanqid qilibgina qolmadi, balki Yangi pedagogika asoslarini ham ishlab chiqdi.
Komenskiy ta’limda ko‘rgazmalilik masalasiga katta e’tibor berdi; mashg‘ulotlarning sinf-dars formasini taklif qildi. Uning didaktik prinsiplari hozir ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Komenskiy boshqa gumanistlar singari, jismoniy tarbiya masalalari bilan ko‘p shug‘ullandi. U inson sog‘lig‘ining mustahkamlanishi va jismoniy kuchining o‘sishi uning ma’naviy kamoloti uchun bevosita shart-sharoit yaratadi, deb hisobladi. U o‘yinlar va jismoniy mashqlarni bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vositalardan biri sifatida ham baholadi.
Komenskiy o‘z sistemasini qadimgi odamlarning obro‘yi va tajribasi asosida emas, balki bolalarni o‘qitish ishida tarbiyaga muvofiqlik va xalq tajribasi asosida ishlab chiqdi. U tanlab olingan alohida kishilar haqida emas, balki xalq ommasi haqida o`yladi va xalq ommasi uchun juda ko‘p ishlar qildi. Komenskiy fikricha, tabiat har bir kishiga ma’naviy kamolot imkoniyatlarini bo‘lgan, shu sababdan umumiy ta’lim hamma uchun zaruriydir. Demak, barcha joylarda maktab tashkil qilish va ularda barcha bolalar, jumladan, kambag‘allarning farzandlari ham o‘qitilish kerak, degan g‘oyani oldinga suradi.
Komenskiyning jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari faqat XIX asrning yarmidan boshlab Chexoslovakiya maktablarida amalga oshdi. Hozirgi vaqtda Chexoslovakiyada jismoniy tarbiya ishiga rahbarlik qiladigan pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Komenskiy nomi bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |