«Mahalla» jamg‘arma uyushmasi
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq aholining tinch-osoyishta yashashi, ularning o‘zaro ahil bo‘lishlari hamda salomatliklarini muhofaza qilish tadbirlari ko‘rildi. O‘zbekiston Prezident farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari asosida aholinnng o‘zini-o‘zi boshqarishini tashkil qilish borasidagi tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi «Mahalla» jamg‘armasi tuzildi va barcha viloyatlar, tuman-shahar hokimiyatlari tarkibida «Mahalla» jamg‘armalari ish boshladi. Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan «Mahalla» hamda aholining o‘zini-o‘zi boshqaruvchi boshlang‘ich tashkilotlari, ya’ni mahalla oqsoqollari kengashlari ta’sis etildi. Bu kengashlar tarkibiga mahallada yashovchi nuroniylar, masjid xodimlari, davlat idoralarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar, madaniyat, san’at, tibbiyot, tijorat, savdo xodimlari saylab qo‘yilmoqda. Ularning eng muhim vazifalariga, asosan, quyidagi muammolarni hal qilish kiradi:
O‘zbekiston Prezidenti, xukumati va o‘z xududlariga qarashli bo‘lgan /shahar-tuman/ hokimiyatlarining farmon, qaror va ko‘rsatmalarini aholiga tushuntirish, targ‘ib qilish.
«Navro‘z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va an’anaviy milliy bayram hamda marosimlarni /nikoh, to‘y, hayit, janoza va hokazo/ maqsadli o‘tkazish.
Oilalarning tinch, osoyishta yashashlariga hissa qo‘shish /mojaro va o‘zaro kelishmovchiliklarning oldini olish, ular sodir bo‘lganda yaxshilikka hal etish/.
Oilalarda xotin-qizlarning faoliyati va farzandlar tarbiyasini yaxshilash yo‘llari.
Turli ommaviy-sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlari, Xalq milliy o‘yinlarini o‘tkazishda yordamlashish.
Ma’lumki, yuqorida qayd etilgan muhim tadbirlar moddiy ta’minot masalalarini takrzo etadi. Ana shularni hisobga olgan holda Respublika «Mahalla» komissiyasi va uning quyi tarmoqlarida «Maxalla» xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Unga tushadigan jamg‘arma mablag‘lari, asosan, quyidagi sohalarga sarflanadi:
Nogiron bolalar, nuroniylarga bayram arafalarida moddiy yordam va sovg‘alar qilish.
Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga moddiy yordam berib borish.
An’anviy bayramlar va marosimlarda zaruriyat uchun moddiy ko‘maklashish.
Maxdlla oqsoqollari kengashining rasmiy faoliyatlari, ho‘jalik ishlari va boshqa sohalarga mablarlar ajratish.
Mahalla oqsoqollari kengashi va uning xayriya jamrarmasi hisobiga juma namoziga kelgan kishilar tomonidan hadya etilgan xayriyalar, homiylarning qo‘shgan hissalari, mahalla oqsoqollari kengashi tomonidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari, savdo, tijorat tizimlaridan olingan daromad va boshqa kirimlar tushadi. Shuningdek, sharoit va ehtiyojlarga qarab «Mahalla» xayriya jamg‘armasining yuqori tashkilotlari tomonidan ham moddiy yordam beriladi.
E’tirof etish kerakki, hnday ulugvor faoliyatlar Respublikada mehr-okibat, xayr-exson qilish kabi milliy qadriyatlarning chuqurlashib borishidan, O‘zbekiston Prezidenti va hukumatning aholini ijtimoiy-moddiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy jihatdanmuhofaza qilishlaridan dalolatdir.
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida «Mahalla» xayriya jamrarma uyushmasi “Navro‘z” «Mustaqillik kuni bayramlaridagi sport chiqishlari, mahallalarda o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari, spartakiadalar, halq milliy o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazishda faol ishtirok etgan mutaxassislar, sportsevarlar, sportchilar, xakamlar va boshqalarni munosib ravishda rag‘batlantirib bormokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |